munosabatlariga asoslanadi.Bu munosabatlarning tahliliga ko‘ra xulosa chin bo‘lgan quyidagi
holatlarni ko‘rsatish mumkin.
1.Asos mulohaza va xulosa chin bo‘lgan : A→I, Ye→0.
2.Asos mulohaza xato va xulosa chin bo‘lgan:I→O, O→I
Masalan: A. Hamma mustaqil davlatlar BMT ga a’zo.
I.Ba’zi mustaqil davlatlar BMT ga a’zo.
Bevosita xulosa chiqarish usullari bilish jarayonida mavjud fikrni aniqlab olish, uning
mohiyatini to‘g‘ri tushunish, shuningdek, bir fikrni turli xil ko‘rinishda bayon qilish, yangi
bilimlar hosil qilishga imkon beradi.
Induktiv xulosa chiqarishning mohiyati, tuzilishi va turlari
Deduktiv xulosa chiqarish zaruriy xulosa chiqarish bo‘lib, mantiq fanida ehtimoliy xulosa
chiqarish ya’ni induktiv xulosa chiqarish ham o‘rganiladi.
Ehtimoliy xulosa chiqarish induksiya (lot. “inductio” – yagona asosga keltirish) - juz’iy
bilimdan umumiy bilimga mantiqan o‘tish shaklida sodir bo‘ladi.
Induktiv xulosa chiqarishda birorta belgining ma’lum bir sinfga mansub predmetlarda
takrorlanishini kuzatish asosida, shu belgining mazkur sinfga tegishli barcha predmetlarga
xosligi haqida xulosa chiqariladi.
Induktiv xulosa chiqarish asoslari ikkita va undan ortiq mulohazalardan tashkil topgan
bo‘ladi. Ular, odatda, yakka predmet yoki predmetlar sinfining bir qismini ifoda qiladi. Xulosada
esa, bir mantiqiy sinfga mansub predmetlarning barchasiga nisbatan umumiy hukm tarzidagi fikr
hosil qilinadi.
Induktiv xulosa chiqarishning ikkita turi mavjud: to‘liq va to‘liqsiz induksiya.
Dostları ilə paylaş: