Word oynasi tuzilishi, undagi elemntlar Word muharriri ishga tushgandan keyin ekranda muharrir oynasi hosil bo’ladi. Oynaning ayrim elementlari Winodws sistemasida ishlaydigan barcha dasturlarda uchraydi, ayrimlari esa faqat Word muharririga tegishlidir.
Sarlavha va menyu satri.Word oynasi yuqori qismida sarlavha satri joylashadi. Unda sistemali menyu tugmasi, hujjat nomi, kichraytirish va kattalashtirish tugmalari joylashgan. Word ishga tushganda faylga «Документ 1» nomi beriladi. Bir necha hujjat bilan ishlaganda nomning raqami o’zgaradi, ya’ni masalan, «Документ 2» va hokazo. Yangi matnga «Документ» nomi beriladi. Bu nom hujjatning nomi o’zgartirilgandan so’ng o’zgaradi. Sarlavha satridan so’ng menyu satri joylashadi. Menyudan zarur buyruqlar tanlanadi.
Kursor. Matnda kursor vertikal o'chib-yonib turuvchi chiziqcha ko'rinishda bo'ladi. Kursorning o'rni matn yozilish, rasm yoki jadvalni qo'yilish joyini ko'rsatadi. Kursorning joyini o'zgartirish uchun kursorni boshqarish tugmalaridan yoki sichqonchadan foydalaniladi. Sichqonchaning tugmasini kerakli joyda bir marta bosilishi natijasida kursorning joyi o'zgaradi.
Asboblar paneli. Menyu satridan so'ng turli asboblar panellari joylashadi. Bu panellar turli tugmalardan tashkil topgan, har bir tugma Word muharririning biror buyrug'ini anglatadi. Buyruq bajarilishi uchun panelning mos tugmasi ustida sichqoncha tugmasini bosish yetarli bo'ladi. Agar oynada kerakli asboblar paneli bo'lmasa, Видmenyusining Панели инструментов qism menyusidagi mos buyruqni tanlash kerak. Asboblar panelini Word oynasiga yo'lakcha yoki oyna shaklida o'rnatish mumkin.
Chizg’ichlar. Chizg'ichlar ish maydonining yuqori yoki chap qismida joylashishi mumkin. Chizg'ich yordamida matn abzasini, kengligini, jadval kataklari o'lchamlarini o'zgartirish mumkin. Chizg'ichni o'rnatish yoki o'chirish uchun Вид menyusining Линейка buyrug'idan foydalaniladi.