11-mavzu. Sotish siyosati


 CHakana savdo, ulgurji savdo, vositachini tanlash va sotish tarmog‘ini



Yüklə 57,89 Kb.
səhifə3/6
tarix07.01.2024
ölçüsü57,89 Kb.
#210730
1   2   3   4   5   6
11-mavzu. Sotish siyosati-fayllar.org

2. CHakana savdo, ulgurji savdo, vositachini tanlash va sotish tarmog‘ini 
shakllantiruvchi omillar 
CHakana savdo aholiga to‘g‘ridan - to‘g‘ri tovar sotish va xizmat qilish bilan bog‘liq
bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatini o‘z ichiga oladi. CHakana savdo tovarlar assortimentining
shakllanishida qatnashadi. Xaridorlarga tovarlar sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risida axborotlar
beradi. Tovarlarni saqlash, qo‘shimcha ishlash, narxlarni o‘rnatish va boshqa vazifalarini
bajaradi. Natijada tovarlarning oxirgi iste’molchilari bilan oldi - sotdi shartnomasini
bajaradi. CHakana savdo mulkchilik shakli, usuli va xizmat ko‘rsatishlari bilan turlanadi.
CHakana savdoning moddiy - texnika asosini do‘konlar, univermaglar,
maxsuslashgan do‘konlar, supermarketlar, oshxonalar va ko‘pchilik mayda shahobchalar
tashkil etadi.
CHakana savdo do‘konlarining turlari quyidagi rasmda keltirilgan (11.1-jadval).
1-jadval 
CHakana savdo do‘konlarining turlari 
№ Do‘kon turi
Assortiment
Narx darajasi
Izoh
1.
Maxsus
Maxsuslashtirish
doirasida chuqur bo‘ladi
Turli - tuman
Turlari:
-cheklangan
assortiment bo‘yicha;
-tor maxsus;
-juda yuqori
maxsuslashtirilgan.
2.
Universam
Keng (oziq – ovqatlar
va uy uchun tovarlar)
Uncha yuqori
bo‘lmagan savdo
ustamalari
O‘z-o‘ziga xizmat
ko‘rsatish tamoyili
3.
Univermag
Keng (kiyim va
poyafzal, maishiy
Turli - tuman



texnika, uy ro‘zg‘or


buyumlari)
4.
Supermarket
Juda keng (oziq – ovqat
va nooziq-ovqat
tovarlari)
Asosan uncha
yuqori emas
5.
Gipermarket(sav
do kompleksi)
Juda keng
YUqori emas
Supermarketlarni,
do‘kon-omborlarini
va past narxli
do‘konlarni
xususiyatlarini
birlashtiradi.
6.
Past narxli
do‘kon
(diskaunter)
Turli – tuman (standarti
tovarlar yig‘indisi)
Past

CHakana savdo firmalarining turlari 4 ta mezon bilan farq qiladi:


1. do‘konning jihozlari
2. mijozga xizmat ko‘rsatish darajasi
3. tovar assortimenti
4. savdoda xizmat ko‘rsatish xarakteriga ko‘ra farqlanadi.
Xizmat ko‘rsatish darajasi sotayotgan tovar turiga bog‘liq. Kundalik talabdagi
tovarlar uchun o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish; avvaldagi tanlov tovarlari uchun
chegaralangan xizmat ko‘rsatish; yuqori tovarlarga to‘liq xizmat ko‘rsatiladi, bu o‘z ichiga
xaridorga yordam sifatida axtarish, solishtirishni, tanlashni, turli savollar bilan maslahat
berishni oladi.
Tovar harakatining umumiy yagona zanjirida chakana savdoning texnologiya
jarayonlari muhim xalqa hisoblanadi. CHunki xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish
korxonasidan iste’molchilarga etkazib berish jarayonida tovarlarni tanlash va aholining shu
tovarlarga o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun eng zarur shart-sharoitlar xuddi
ana shu chakana savdo korxonalarida yaratilishi lozim. Aholiga savdo xizmati
ko‘rsatishning sifati, ya’ni savdo madaniyati chakana savdodagi texnologiya jarayonlarini,
ayniqsa, tovar sotishni tashkil etish darajasiga bog‘liqdir, shu sababli chakana savdo
korxonalarining butun savdo operativ faoliyati shu vazifaga bo‘ysundiriladi.
Ulgurji savdo umumlashgan vositachi hisoblanadi va ko‘pchilik vazifalarni bajaradi.
Ulgurji savdodan sanoat korxonalari, tijorat firmalari va davlat muassasalari ulgurjisiga
tovar sotib olishlari mumkin.
Ulgurjisiga faoliyat ko‘rsatish tovar ishlab chiqaruvchilar, tijoratchi firmalar, agent
va brokerlar orqali amalga oshirilishi mumkin.
Ishlab chiqaruvchi korxonalar ulgurji savdo faoliyatini maxsus bo‘lim yoki firmalar
tashkil etish orqali amalga oshiriladi.
Ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi maxsus tijorat firmalari - ulgurji savdo bazalari,
omborlari va tovar birjalari shaklida, xususiy, aksiyadorlik, qo‘shma va davlat mulkiga
asoslangan bo‘lishi mumkin.
Ulgurji savdogarlarning turlari quyidagi rasmda berilgan(11.3-rasm).






Yüklə 57,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin