3.
SHartnoma asosida VMTning uch informatsion tipi imtiyoz huquqiga ega
bo‘lganlarning tashkilotidir. Imtiyozlar egasi deb nomlanadigan a’zo ishlab chiqarish va
taqsimot jarayonlarining qator ketma - ket bosqichlarini o‘z qo‘lida to‘plashi mumkin. O‘z
navbatida bunday tashkilotlarning uch ko‘rinishi bor.
Birinchisi - ishlab chiqaruvchi homiyligida chakana imtiyoz egalari tizimi. Masalan,
Amerikada «Ford» firmasi mustaqil dilerlarga o‘z avtomillari bilan savdo qilish huquqi
uchun litsenziya beradi, ular esa sotishda muayyan shartlarga rioya qilish va xizmat
ko‘rsatishni tashkil etish ishlariga rozi bo‘ladilar.
Ikkinchisi - ishlab chiqaruvchi homiylarning ulgurji imtiyoz egalari tizimi. Masalan,
«Koka - kola» firmasi ichimlik qo‘yish zavodlari egalariga (ulgurjilarga) turli bozorlarda
savdo qilish huquqi uchun litsenziyalar beradi. Bu zavodlar firmadan ichimlik konsentrati
sotib oladi, so‘ngra unga gaz bilan qo‘shimcha ishlov beradi, ichimlikni shishalarga quyadi
va mahalliy chakana sotuvchilarga sotadi.
Uchinchi - xizmat ko‘rsatadigan firma homiyligida chakana imtiyoz egalari tizimi.
Bu holda xizmat ko‘rsatish firmalari iste’molchilarga xizmatini
eng samarali usullarda
etkazib berish maqsadida kompleks tizim tashkil etadi. Masalan, «Makdonalds»
firmasining faoliyati.
Vertikal marketing tizimining gorizontal ko‘rinishi mahsulotning bir necha
vositachilar o‘rtasida taqsimlanishi bilan ajralib turadi. Firmalar moliyaviy mablag‘, ishlab
chiqarish quvvatini tejash, texnikaviy bilim yoki marketing resurslarini jamlash maqsadida
yangi ochilayotgan bozorlarni hamkorlikda o‘zlashtirish yo‘lida harakatlarni birlashtirishni
ustunroq ko‘radi. Firmalar birgina yoki har xil sotish bozorlarini egallash uchun ko‘p yo‘lli
marketing tizimlaridan foydalanadilar. Aslida esa, har bir mahsulot taqsimotining turli
yo‘llari mavjud. Masalan, firma o‘z mahsulotini bir vaqtning o‘zida firma do‘koni, chakana
sotuvchilar, boshqa vositachilar orqali sotishi mumkin. SHu sababli taqsimot kanalini
tanlashda vositachi tipni, savdo - vositachilik amallari va vositachi firmalarni tashkil etish
shaklini belgilash nihoyatda muhim masala hisoblanadi.
Tovarlarning to‘g‘ridan - to‘g‘ri ishlab chiqaruvchi tomonidan
sotishining yaxshi
tomonlari va kamchiliklari ham bor. Firma o‘z mahsuloti savdosini to‘la nazorat qiladi.
Bunday usul bilan oddiy assortimentli tovarlardan ko‘mir, o‘tin, neft mahsulotlari, tez
buziluvchi non, sut, go‘sht va hokazolar sotilishi ustunroq hisoblanadi. Ammo qolgan
tovarlarni sotishda mustaqil ulgurji va chakana savdo firmalarining qatnashishi jahon
tajribasida sinalgan samarali yo‘ldir.
Firma tovar harakatini «Marketing miks» jarayonida rejalashtirishda quyidagilarga
ahamiyat beradi:
• sotish siyosatini tovar harakatiga bog‘langan holda aniqlash;
• tovar harakati usullaridan va turlaridan barcha tovarlar
va bozor segmentlariga
mosini tanlash;
• tovar harakati bo‘g‘inlari va umumiy masofani topish;
• tovar harakati zanjirida qatnashuvchilar - mustaqil vositachilarni aniqlash;
• tovar harakati rahbarlik tizimini yaratish;
• tovar harakatini tashkil etuvchi bosh bo‘g‘inni topish;
• tovar harakati turlaridan eng samaralisini tanlashda turli xilini bog‘lab, bir - birini
to‘ldirishni ko‘zda tutish.
Mahsulotning yuk sifatida ishlab chiqarish jarayonida iste’molchiga etib kelishigacha
- tashish, saqlash va qo‘shimcha (qadoqlash, o‘rash, tamg‘alash kabi) ishlarini bajarish
bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon tovar harakati deyiladi. Uni tashkil etishda firmaning asosiy
maqsadi, birinchidan, mahsulotni tezda, yaqin masofa orqali va samarali usul bilan o‘z
xaridoriga etkazish; ikkinchidan, tovarning xaridori bilan»uchrashishga eng qulay sharoit
yaratishdan iborat bo‘lishi shart». Tovar harakatini rejalashtirishda, korxona tanlagan tovar
sotish uslublariga asoslaniladi. Ular quyidagi uch uslubdan biri bo‘lishi mumkin:
• tovar ishlab chiqaruvchi vositachilarsiz, to‘g‘ridan - to‘g‘ri o‘zining iste’molchisi
bilan bog‘lanishi;
• tovarlarni mustaqil vositachi(firmalar) orqali sotish;
• aralash usul, ishlab chiqaruvchi firma va vositachi savdo
tashkiloti sarmoyalari
qatnashishi orqali.
Tovar harakatini qatnashuvchilari quyidagi vazifalarni bajaradi. Ishlab chiqarilgan
mahsulotni taqsimlash va sotish; ishlab chiqarishga kerakli xom ashyo va materiallar
tayyorlash; marketing tadqiqotlari o‘tkazish; tovarlar iste’molchilari bilan to‘g‘ridan -
to‘g‘ri aloqa o‘rnatish; oldi - sotdi qilish uchun shartnomalar tuzish jarayonini tayyorlash;
tovarning iste’molchiga etib borishini rag‘batlantiruvchi siyosat yurg‘izish; tovar
assortimentini rejalashtirishda
qatnashish va yordamlashish, tovar harakatini moliyaviy
ta’minlash; sotilgan tovarlarga qo‘shimcha xizmat uyushtirish; tovarlarni tashish;
tovarlarni omborlarga joylash va saqlash; tovarlarni navlarga ajratish, kichik o‘ramlarda
qadoqlash, o‘z savdo bitimini tuzatishga tavakkal qilish, sotilgan tovar bahosini aniqlashda
qatnashishva boshqalar. Ana shu ko‘p qirrali vazifalarni maxsus savdo firmalarining
bajarishi, tovar harakatidagi sarf - xarajatlarining ancha
yuqori samara berishini
ta’minlaydi.