shahobchalariga boradi. Vositachilar iloji boricha ko‘proq tanlanadi va ularning marketing
- bozor dasturlariga ahamiyat beriladi.
Mahsulot ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilardan huquqiy hamda xo‘jalik
jihatlaridan mustaqil bo‘lgan firmalar vositachilar jumlasiga kiradi (sanoat korxonalarining
sho‘‘ba savdo firmalari va filiallari vositachilarga kirmaydi).
Vositachilarni harakatga
keltiradigan narsa foydadir. Ularning foydasi xarid narxlari bilan sotish narxlari o‘rtasidagi
farqdan yoki bozorda tovar harakatini amalga oshirishdagi xizmatlari evaziga oladigan
mukofotdan tashkil topadi.
Hozirgi sharoitda vositachilar bajaradigan vazifalar va ko‘rsatadigan xizmat turlari
g‘oyat ko‘p. Ular quyidagilardan iborat:
• sotishni tashkil etish ishlarini bajarish - kontragentlarni izlash, sotuvchi nomidan
xaridni rasmiylashtirish, tovar haqi uchun pul to‘lanishini xaridor nomidan kafolatlash,
reklama kompaniyalarini o‘tkazish va bozorni tadqiq qilish;
• transport - tashish ishlari, yukni sug‘urtalashni amalga oshirish, savdo harakatlarini
moliyalash;
• texnikaviy xizmat, sotishdan keyingi texnikaviy xizmat ko‘rsatish;
• bozor to‘g‘risidagi axborot to‘plash va uni taqdim etish.
Aksariyat jami savdo - vositachilik ishlarining oz sonli eng yirik savdo
monopoliyalari qo‘lida to‘planishi vositachilik bo‘g‘inida sifat o‘zgarishlariga olib keladi.
Ularning o‘z moliya kompaniyalari bor, banklar bilan aloqaga ega, o‘z sug‘urta
kompaniyalari, o‘z floti,
ehtiyot qism omborxonalari, boshqa tarmoqlarda mahsulotni
qayta ishlash sanoat korxonalari, dilerlik firmalari tarmog‘i va chet ellarda filiallari
mavjud.
Xalqaro tovar muomalasida umumiy hajmning yarmidan to uchdan ikki qismiga
savdo vositachilari to‘g‘ri keladi. AQSH, Angliya, Gollandiya, YAponiya, Skandinaviya
mamlakatlarining tashqi savdosida savdo vositachilari xizmatidan keng foydalaniladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida savdo vositachilaridan foydalanish sanoat firmalari
uchunmuayyan afzalliklar yaratadi.
Savdo vositachilaridan foydalanishning muhim ustunligi shundaki,
sanoat firmasi
mahsulot eksporti bilan shug‘ullanganda importyor mamlakat hududida savdo
shahobchalarini tashkil etish xarajatlarini tejaydi, chunki vositachi firmalar odatda o‘z
moddiy - texnika bazalariga omborxonalar, namoyish zallari, ta’mirlash ustaxonalari va
boshqalarga ega bo‘ladi.
YAna bir afzallik shundan iboratki, vositachilar ishlab
chiqaruvchilarni tovar
harakati, tovarni sotish bilan bog‘liq juda ko‘p tashvishlar (mahsulotni etkazib berish,
saralash, joylash, turli xillarga ajratish, eksport qilinganda mahallik esa bozorga
moslashish va boshqalar) dan ozod qiladi.
Uchinchi bir afzallik - qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlash asosida
bitishuvlarni moliyalash vositachi kapitalidan foydalanish. Bu holda vositachilarning
banklar, transport hamda sug‘urta kompaniyalari bilan barqaror ishbilarmonlik aloqalari
katta ahamiyatga ega.
Nihoyat, savdo vositachilari ayrim bozorlarga to‘la xokimlik qilib olgan hollarda ham
uchraydi. (Masalan, Angliya brokerlari tomonidan) va bu bozorlarga iste’molchilar bilan
bevosita aloqa qilish foydalanish zaruriyatiga aylanadi.
Ishlab chiqaruvchi bilan vositachi o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlar mazmuni va
vositachi bajaradigan vazifalarga qarab savdo - tijorat amallarining bir qancha turlarini
ta’kidlab ko‘rsatish mumkin: olib - sotish ishlari, komission savdo ishlari, agentlik va
brokerlik ishlari.
Savdo vositachisi olib - sotish ishlarini o‘z nomidan va o‘z hisobidan olib boradi.
Olib - sotish harakatlarining ikki turi bor: birinchi holda vositachi ishlab chiqaruvchiga
nisbatan tovarlarni oldi. Vositachi bu holda tovar egasi bo‘lib qoladi va uni har qanday
bozorda xohlagan narxda o‘zi bilganicha sotishi mumkin. Tomonlar oldi - sotdi bo‘lgach,
vositachi bilan ishlab chiqaruvchi o‘rtasidagi munosabatlar to‘xtatiladi.
Uning ikkinchi turida ishlab chiqaruvchi vositachiga
tovarni muayyan hududlarida
va kelishilgan muddat davomida sotish huquqini beradi.
Olib - sotish harakatlari mazmuniga qarab, bu ish bilan savdo uylari, eksport, import,
ulgurji, chakana firmalar, distribyuterlar, stokistlar shug‘ullanadilar. Savdo uylari bunday
ishlarni asosan o‘z hisobiga amalga oshiradi.
Savdo - vositachilik ishlarining navbatdagi turi - komission faoliyat komissioner deb
ataladigan, bir tomonning komitent deb ataladigan ikkinchi tomon topshirig‘i bilan
ikkinchi tomon hisobidan, ammo o‘z nomidan bitishuvlarni amalga oshirishdan iborat.
Komitent bilan komissioner o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar komissiya shartnomasi bilan
tartibga solinadi.
Komission ishlarining yana bir ko‘rinishi - konsignatsiya xarakteridir. Konsignator -
eksporterdan o‘z omboriga tovar konsignatsiya shartnomasi belgilangan muayyan
shartlarda sotadi. SHartnomada jo‘natilgan tovar nomi, narxi, sotish muddati va boshqalar
ko‘rsatilgan bo‘ladi. Konsignator tashqi savdo ishlaridagi komissionerlarning
ko‘rinishlaridan biri, lekin u tovarlar savdosini konsignat belgilagan narxlarda, uning
hisobiga, ammo o‘z nomidan olib boradi.
Sanoat agenti muayyan joylarda o‘zaro raqobatda bo‘lmagan bir qancha sanoatchilar
tovarlarni sotish bilan shug‘ullanadilar. Aksariyat
hollarda savdo agentlari
kommivoyajerlar deb yuritiladi.
Kommivoyajer - savdo firmasining tayyor agenti namunalari,
Brokerlik savdo - vositachilik ishlari vositachi - broker orqali sotuvchi va xaridor
(sug‘urtachi bilan sug‘urta qildiruvchi, kema egasi bilan kemani ijaraga oluvchi) o‘rtasida
aloqa o‘rnatishdan iborat. Brokerning qaysi yo‘nalishida faoliyat olib borishidan va u
kimning nomidan ish qo‘rishdan qat’iy nazar, u hamisha faqat tor yuridik ma’nodagi
vositachi tarzida ish olib boradi. Broker hech qachon shartnomadagi tomonlardan biribo‘la
olmaydi, faqat tomonlarni o‘zaro uchrashtirish, shartnoma tuzishga yordamlashish
vazifasini bajaradi.
Dostları ilə paylaş: