11-mavzu. Sotish siyosati


 Savdo qilishning yangi turlari va usullari



Yüklə 57,89 Kb.
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü57,89 Kb.
#210730
1   2   3   4   5   6
11-mavzu. Sotish siyosati-fayllar.org

1. 3. Savdo qilishning yangi turlari va usullari 
Savdo qilishning yangi turlariga internet, elektron pochta, to‘g‘ridan-to‘g‘ri
marketing, franchayzing va boshqalarni kiritish mumkin.
Internet orqali savdo qilish hozirgi paytda zamonaviy savdo qilish turi hisoblanadi.
Juda ko‘p firmalar internetda mahsulotlarini taklif qiladilar. Iste’molchilar o‘zlariga kerakli
mahsulotni o‘zlarining kompyuteri orqali buyurtma berib sotib olishlari mumkin. Internet
orqali savdoning ustunlik tomonlari bu birinchidan, vaqt tejaladi, ikkinchidan
vositachilarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchidan olish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Do‘kondan tashqari savdo turlariga quyidagilar kiradi (11.4-rasm).





4-rasm. CHakana savdoni do‘kondan tashqari shakllari 
To‘g‘ridan -to‘g‘ri marketingning quyidagi shaklllari mavjud:
-to‘g‘ridan – to‘g‘ri pochtali marketing (directmail);
-katalog bo‘yicha marketing;
-telefon orqali marketing;
-televizion marketing;
-elektron marketing.
Elektron marketing internet-reklama, internet-do‘kon va boshqalar orqali tovar va
xizmatlarni xaridorlarga sotishni tashkil qiladi.
To‘g‘ridan -to‘g‘ri marketing – bu xaridor bilan turli vositalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
muloqot bo‘lib, xaridorni mahsulotni sotib olishga ishontirishdan iboratdir.
Franchayzing – bu savdo qilish usulining zamonaviy shakllaridan biri bo‘lib
hisoblanadi. Bunda franchayzing firmasi franchayzer firmasining tovar markasi,
nomlanishi va reklamasidan foydalanib, tovarni ishlab chiqarish, taqsimlanishi, sotish va
taklif etilishida bevosita qatnashadi. AQSHda chakana savdoning 50 % qismi franchayzing
tizimi orqali amalga oshiriladi.
Hozirgi vaqtda chakana savdoda tovar sotishning quyidagi usullari qo‘llaniladi:
• tovarni peshtaxta orqali sotish;
• tovarni xaridor o‘ziga-o‘zi xizmat qiladigan usulda sotish;
• tovarni ochiq yoyib qo‘yib sotish;
• tovar na’munalarini ko‘rsatib sotish;
• tovarni aholining buyurtmasiga muvofiq sotish.
Tovarni peshtaxta orqali sotish – tovar sotishning odatdagi usuli bo‘lib, unda
xaridorlarga xizmat qilish jarayonining deyarli hamma asosiy elementlari, chunonchi:
tovarlarni ko‘rsatish va uning assortimenti bilan tanishtirish, hisob-kitob qilish va haqi
to‘langan tovarni topshirish ishlarini peshtaxta yonida turgan sotuvchi bajaradi.
Xaridorlar o‘ziga-o‘zi xizmat qilishi asosida tovar sotish usulida savdo maydoni
devorlari yoniga yoki o‘rtasiga terib qo‘yilgan hamma tovarlar yoniga xaridorlar bemalol
borib, mustaqil tanlab olib, inventar korzinalar yoki aravachalarga o‘zlari solishlari
mumkin, tovarning haqi do‘kondan chiqaverishdagi yagona hisob-kitob joyida to‘lanadi.
Tovarni ochiq yoyib qo‘yib sotishda xaridorlar sotuvchining ish joyiga bemalol borib
mustaqil tanishishlari, sotuvchining maslahati va yordami bilan o‘zlariga kerakli tovarni
tanlab olishlari mumkin.
Дўкондан
ташқари
савдо
тўғридан-
тўғри
маркетинг
тўғридан-
тўғри сотиш
савдо
автоматлари
орқали сотиш



Xaridorlar o‘ziga-o‘zi xizmat qiladigan usulda bo‘lgani kabi tovarlarni ochiq yoyib


qo‘yib sotishda ham tovarlar savdo zaliga sotish uchun to‘la tayyor holda chiqariladi.
Tovarlarning namunalarini ko‘rsatib sotish usuli sharoitida xaridor savdo maydoniga
qo‘yilgan namunalarga qarab o‘ziga kerakli tovarlarni mustaqil ravishda yoki sotuvchi
yordamida tanlaydi, uning haqini to‘lagandan keyin tegishli tovarni bevosita do‘kondan
oladi yoki qo‘shimcha xaq evaziga uyiga eltib berishga buyurtma beradi. Ana shu usulni
katta hajmdagi – mebel, sovutgich, kir yuvish mashinasi, tikuv mashinasi, elektr yoritkich,
gazlamalar sotishda tashkil etish mumkin.
Tovarni aholining buyurtmasiga muvofiq sotish usulida xaridor o‘ziga kerakli
tovarga do‘konning buyurtma bo‘limida yoki sanoat korxonasi, qurilish, muassasa, dala
shiyponi, istiqomat joyida tashkil etilgan buyurtma qabul qilish joyida oldindan buyurtma
beradi. Bu tovar do‘kondan olinadi yoki buyurtmachining uyiga yoxud buyurtmada
ko‘rsatilgan boshqa joyga eltib beriladi. Barcha oziq-ovqat mahsulotlarini sotishda hamda
murakkab assortimentdagi tovarlarni ichkarilikdagi qishloq aholi punktlarida joylashgan
va kundalik talab qilinadigan tovarlar bilan savdo qiladigan do‘konlar orqali sotishda ana
shu usulni qo‘llash mumkin.
Savdoning ilg‘or usullaridan biri savdo avtomatlari orqali savdo qilish hisoblanadi.
Savdo avtomatlari savdoning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini ta’minlashda muhim o‘rin
tutadi, ya’ni savdoda iste’mol xarajatlarini kamaytirish iste’molchi xukmron bo‘lgan
sharoitda muhim ahamiyatga egadir. Hozirgi sharoitda zamonaviy dizaynga ega bo‘lgan
savdo avtomatlaridan foydalanish muhim masala hisoblanadi.
Savdoning zamonaviy usullaridan biri bo‘lib Treyd marketing hisoblanadi.
Treyd-marketingda bir nechta asosiy vosita ajratib ko‘rsatiladi:

sotuvni rag‘batlantirish,

maxsus hodisalar,

merchandayzing.

Yüklə 57,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin