Beshinchidan, kredit o„z muassasalari orqali iqtisodiy sub‟ektlar faoliyati
ustidan
nazorat qilish vazifasini bajaradi.
Nihoyat, kreditning o„ziga xos vazifasi
iqtisodiyotni tartibga solish
hisoblanadi. Bunda kredit uchun foiz stavkalarini tabaqalashtirish,
davlat
tomonidan kafolatlar va imtiyozlar berish kabi usullardan foydalaniladi. Kredit bir
qator turlarda amalga oshiriladi.
Tarixiy taraqqiyot davomida kreditning ikki – pul va tovar shakllaridan
foydalanib kelingan. Hozirgi vaqtda mamlakat ichki aylanmasida pul kreditidan
kengroq foydalanib, u bank, tijorat, davlat, iste‟mol va
xalqaro kredit shakllarini
oladi.
Bank krediti – kreditning asosiy va yetakchi shakli sifatida chiqadi. U pul
egalari – banklar va maxsus kredit muassasalari tomonidan qarz oluvchilarga
(tadbirkorlar, davlat, uy xo„jaligi sektori) pul ssudalari shaklida beriladi.
Xo„jaliklararo kredit bir korxona (muassasa) tomonidan ikkinchisiga
beriladi va ularning kapital qurilish, qishloq xo„jalik sohalaridagi munosabatlariga,
shuningdek, ichki xo„jalik hisobi bo„g„inlari bilan munosabatlariga xizmat qiladi.
Tijorat krediti –
bu korxonalar, birlashmalar va boshqa xo„jalik yurituvchi
sub‟ektlarning bir-biriga beradigan kreditlaridir. Tijorat krediti, avvalo, to„lovni
kechiktirish yo„li bilan tovar shaklida beriladi.
Iste‟mol krediti – xususiy shaxslarga,
hammadan avvalo, uzoq muddat
foydalanadigan iste‟mol tovarlari (mebel, avtomobil, televizor va boshqalar) sotib
olish uchun ma‟lum muddatga beriladi. U chakana savdo magazinlari orqali
tovarlarning haqini kechiktirib to„lash bilan sotish shaklida yoki iste‟mol
maqsadlarida bank ssudalari berish shaklida amalga oshiriladi. Iste‟mol kreditidan
foydalanganlik uchun ancha yuqori foiz undiriladi.
Ipoteka krediti – ko„chmas mulklar (yer, bino) hisobiga uzoq muddatli
ssudalar shaklida beriladi. Bunday ssudalar berish vositasi, banklar va korxonalar
tomonidan chiqariladigan ipoteka obligatsiyalari hisoblanadi.
Davlat krediti – kredit munosabatlarining o„ziga xos shakli bo„lib,
bunda
davlat pul mablag„lari qarzdori, aholi va xususiy biznes esa kreditorlari bo„lib
chiqadi. Davlat krediti mablag„lari manbai bo„lib, davlat qarz obligatsiyalari
xizmat qiladi. Davlat kreditning bunday shaklida, avvalo,
davlat budjeti
kamomadini qoplash uchun foydalanadi.
Xalqaro kredit – ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar
sohasidagi harakatini namoyish qiladi. Xalqaro kredit tovar yoki pul (valyuta)
shaklida beriladi. Kreditor va qarz oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat,
xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hisoblanadi.
So„nggi vaqtlarda
kreditlashning lizing, faktoring, farfeyting, trast kabi
shakllari keng rivojlanib bormoqda.
Lizing – bu kreditning pulsiz shakli bo„lib, odatda ishlab chiqarish vositalari
va boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan muntazam
ravishda haq to„lab borib, sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berishdan
iborat.
Dostları ilə paylaş: