«Sen tansiq taomlarni, men esa oddiy arpa oshini yeymiz. Uxlab tursak ikkimiz ham och qolamiz. Shunday ekan bunday ovqatlarga ruju qo‘yishdan naf yo‘q. Sen kimxoblarga o‘ralab yurasan, men esa dag‘al yungdan to‘qilgan to‘n bilan kifoyalanaman. Ertaga o‘lim kelsa ikkimiz ham yalang‘och ketamiz-ku!» A) Kuntug‘di B) O‘zg‘urmish
C) Oyto‘ldi D) O‘gdulmish
79. «Qutadg‘u bilig»da kishining yuzi nimalarga o‘xshatiladi?
1) suyak; 2) oy; 3) osh; 4) anor; 5) bo‘z; 6) arg‘uvon.
A) 1, 2, 3, 4, 6 B) 2, 1, 4, 5, 6
C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 2, 3, 5, 6
80. «Qutadg‘u bilig»da yuzga nisbatan ishlatilgan qaysi obraz Sharq
adabiyotida yuz go‘zalligining (umuman, go‘zallikning ham) ramzi
hisoblanadi?
A) arg‘uvon B) oy
C) osh D) gul
81. Yusuf Xos Hojib «Qutadg‘u bilig» asarini kimga taqdim qiladi?
A) Muhammad Xo‘jabekka B) Ibrohim Bo‘riteginga
C) Tavg‘ach Bo‘g‘roxonga D) Abusaid Mirzoga
8 2. «Qutadg‘u bilig» asaridan olingan quyidagi parcha qaysi qahramon
tilidan aytilgan?
Mening o‘zim ham shu (oy) sifatlidirman, Goho paydo bo‘laman, goho mahv bo‘laman. A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish
83. «Qutadg‘u bilig» asari qahramoni O‘zg‘urmish kim va nimaning ramzi?
A) elig – adolat ramzi
B) elig – davlat ramzi
C) vazirning o‘g‘li – aql ramzi
D) vazirning uzoq qarindoshi – qanoat (ofiyat) ramzi
84. «Qutadg‘u bilig» asarida zohid kim?
A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish
85. «Qutadg‘u bilig» asarida elig yuzini o‘girgan Oyto‘ldiga qarata qaysi
xislatning kishi uchun «yaramas»ligini aytadi?
A) shoshqaloqlikning B) yolg‘onchilikning
C) badnafslilikning D) ochko‘zlikning
86. Yusuf Xos Hojib adolatni nimaga o‘xshatadi?
A) hayot uchun zarur kimyoga
B) ko‘ngillarni yorituvchi mash’alga
C) oqib turgan suvga
D) hammani go‘zalligi ila bahramand etuvchi oyga
87. «Qutadg‘u bilig»da lashkarboshining tunlari hushyor va bedorligi qaysi
obraz(lar)ga o‘xshatiladi?
A) zag‘izg‘onga B) lochin va ukkiga
C) tulkiga D) ukki – boyo‘g‘liga
88. «Qutadg‘u bilig»da qo‘llanilgan quyoshning istioraviy ifodasini toping.
A) rumiy qizi B) sevuglar qizi
C) arg‘uvon qizi D) sart qiz yuzi
89. «Qutadg‘u bilig» asarida qaysi qahramon o‘z maqsadi yo‘lida og‘ishmay
harakat qiladigan, sabot va matonatli inson hisoblanib, o‘z ishini chala
qoldirib, yarim yo‘ldan qaytadiganlar toifasidan emas?
A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish
90. Yusuf Xos Hojib ijodidagi qaysi o‘xshatishlar bir necha obrazlarni
yoritishga xizmat qiladi?
A) yilqi, qo‘y B) mash’al, arslon
C) yilqi, bo‘ri D) qo‘y, quyosh
91. «Qutadg‘u bilig» asarida «Bekka yaqin bo‘lsang, o‘zingga juda ehtiyot
bo‘l» jumlasi qaysi qahramon tilidan aytiladi?
A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish
92. «Qutadg‘u bilig» asarining «Kuntug‘di elig Oyto‘ldiga adl sifatlarini
aytadi» qismida Oyto‘ldi eligdan nega pichoq olib o‘tirganligini so‘raganda,
elig qanday javob beradi?
A) «Qirquvchi va kesuvchi bir narsadir, ey unib-o‘suvchi. Ishni adolat
yuzasidan hal qilaman».
B) «Ishni adolat yuzasidan hal qilaman, Beg (sifat) yoki qul (sifat)
kishilarni ajratib, farqlab o‘tirmayman».
C) «Pichoqdek kesaman, ishlarni bichib tashlayman, Da’vo-tuhmat
qiluvchi kishi (ishini) uzatib, cho‘zib o‘tirmayman».
D) «Va dargohimga kelib mendan haq-adolat topsa, Sevinchga to‘ladi va
xursand bo‘ladi».
93. Quyidagilar ichidan qadimgi Yettisuvning markazi – Bolasog‘unning
ko‘plab nomlaridan birini toping.
A) Qashqar B) Quz O‘rdu
C) Xo‘tan D) Tibet
94. Yusuf Xos Hojib «Qutadg‘u bilig» dostonini qayerda tugatgan?
A) Bolasog‘unda B) O‘trorda
C) Mashhadda D) Qashqarda
95. «Qutadg‘u bilig» asaridagi qaysi qahramonning fe’l-atvorida barcha ezgu
xislatlar mujassam, shunga qaramay, alohida e’tiborni ham talab qiladi?
A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish
96. O‘gdulmish (o‘g) so‘zining ma’nosini toping.
A) qanoat, ilm B) adl, adolatli inson
C) aql bilan ziyraklangan D) ofiyat, sog‘lomlik
97. «Qutadg‘u bilig»da lashkarboshining mardonavorligi qaysi obrazga
o‘xshatiladi?
A) qoplonga B) arslonga
C) bo‘riga D) to‘ng‘izga
98. «Qutadg‘u bilig» asarida elig iltifot bilan boqib, kulib gapirganida unga
yuzini o‘girib, javob bermagan qahramon kim?
A) O‘gdo‘lmish B) Oyto‘ldi
C) vazirning qarindoshi D) vazirning o‘g‘li
99. «Qutadg‘u bilig» asarining «Kuntug‘di elig Oyto‘ldiga adl sifatlarini
aytadi» qismida eligning o‘ng tomonida nima bor edi?
A) urog‘un (dori) B) shakar (sharbat)
C) pichoq D) kursi
100. «Qutadg‘u bilig»da lashkarboshining shiddati nimaga o‘xshatiladi?
A) lochinga B) ayiqqa
C) bo‘riga D) qo‘tosga
101. Yusuf Xos Hojib qo‘llagan o‘xshatishlar yozma adabiyotda an’anaga
aylanib ketgan bo‘lib, adib bekni nimaga o‘xshatgan?
A) bo‘riga B) yo‘lbarsga
C) qo‘ychivonga D) dengizga
102. Yusuf Xos Hojib ijodida yilqi (hayvon) o‘xshatishi qanday obrazlarni
yoritishga xizmat qiladi?
1) nodon odam; 2) bilimsiz kishi; 3) zakovatsiz shaxs;
4) ochko‘z inson; 5) yomon xulqli kishi; 6) yaramas odatli kishi.
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6
C) 2, 3, 5, 6 D) 1, 3, 5, 6
103. Yusuf Xos Hojib «Qutadg‘u bilig» asari uchun qanday lavozim bilan
taqdirlanadi?
A) lashkarboshilik lavozimi B) xos hojiblik lavozimi
C) mirzalik lavozimi D) miroblik lavozimi
104. «Qutadg‘u bilig» asarining «Kuntug‘di elig Oyto‘ldiga adl sifatlarini
aytadi» qismida elig Oyto‘ldiga urog‘unni kim ichishini aytadi?
A) o‘zi zo‘ravon-zolim va to‘g‘rilikdan qochadigan odam
B) o‘zi behayo va or-nomussiz odam
C) o‘zi baxil va hasadgo‘y odam
D) o‘zi takabbur va boshqalarni mensimaydigan odam
105. Quyidagi qaysi asarlarda arab alifbosidagi «yo» harfi qadimgi yozma
manbalardagi, shuningdek, xalq og‘zaki ijodidagi kamon bilan bog‘lanib
ketadi?
A) «Qutadg‘u bilig» va «Devonu lug‘ot at-turk» asarlarida
B) «Qutadg‘u bilig» va «Qisasi Rabg‘uziy» asarlarida
C) «Muhabbatnoma» va «Hibat ul-haqoyiq» asarlarida
D) «Muhabbatnoma» va «Devonu lug‘ot at-turk» asarlarida