11-sinf adabiyot fani darsligi mavzulari bo‘yicha testlar to‘plami 11-sinf adabiyot 1-qism I bob. Xalq og‘zaki ijodi 1-§. Kirish. «GO‘RO‘G‘lining tug‘ilishi»



Yüklə 95,72 Kb.
səhifə25/29
tarix23.06.2023
ölçüsü95,72 Kb.
#134732
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
11-SINF ADABIYOTI MAVZULASHTIRILGAN TEST

kichigiga zug‘um o‘tkaza boshlaydi. Shu payt osmondan bir burgut
sho‘ng‘ib keladi-da, katta kaklikka chang soladi. Uni changalida olib
ketadi. ... bunday yakundan nihoyatda xursand bo‘ladi».
A) Ravshanak B) Faylaqus
C) Iskandar D) Naqumohis
30. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar Doroga boj to‘lashdan voz
kechgach, Doro o‘z elchilari orqali Iskandarga nimani berib yuborish bilan
o‘zining askarlarini shu narsa singari behisobligini bildirib qo‘ymoqchi
bo‘ladi?
A) bir idish to‘la zirani B) bir idish to‘la arpani
C) bir idish to‘la kunjutni D) bir idish to‘la tariqni
31. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar taxtga o‘tirgan davrda jahonning
katta qismi kimga qarar edi?
A) Doroga B) Faylaqusga
C) Malluga D) Naqumohisga
32. «Saddi Iskandariy» dostonidan olingan quyidagi qaysi misralarda
Iskandarning yoshlikdan bilim egallashga ishtiyoqi alohida ta’kidlanadi?
1) Agar bir qatla ko‘rdi har sabaqni,
Yana ochmoq yo‘q erdi ul varaqni.
2) Bori ishda bir yerga yetdi ishi
Ki, mumkin emas andoq o‘lmoq kishi...
3) Bilik kasbini qildi to joni bor,
Hunar bildi onchaki imkoni bor.
4) Qayu ishni ta’lim qilg‘on zamon,
Eshitmak hamon erdi – bilmak hamon...
A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 4
C) 1, 3, 4 D) 2, 3, 4
33. «Saddi Iskandariy» dostonida nechanchi boblar asosiy qismni tashkil
etadi?
A) 15–87-boblar B) 16–78-boblar
C) 12–83-boblar D) 18–74-boblar
34. «Saddi Iskandariy» dostonida keltirilgan Vatan va vatanparvarlik
haqidagi hikmatli so‘zlarni toping.
1) Ayol-u vatan uzra to joni bor,
Kishi harb etar toki imkoni bor.
2) Vatan tarkini bir nafas aylama,
Yana ranji g‘urbat havas aylama.
3) Taomeki, ul mujibi komdur,
Gar o‘t ranjini tortmas – xomdur.
4) Musofir bo‘l, ammo vatan ichra bo‘l,
Tila xilvat-u anjuman ichra bo‘l.
A) 1, 2, 4 B) 1, 4
C) 2, 3, 4 D) 1, 3, 4
35. «Saddi Iskandariy» dostonida uchraydigan «mumtoz» so‘zining
ma’nosini toping.
A) saralangan, imtiyozli B) mukammal, qadimiy
C) ato, baxshish, ehson D) ko‘ngilga yoqadigan, yoqimli
36. «Saddi Iskandariy» dostonining nechanchi bobida: «Yoshlikda qilingan
hamma gunohlar kechiriladi, keyincha mehnat va ibodat qiladigan vaqt ham
keladi, o‘shanda qilamiz», – deya yoshligini behuda o‘tkazuvchi yigit obrazi
uchraydi?
A) XL bobida B) XXXIX bobida
C) XLI bobida D) XXIX bobida
3 7. «Saddi Iskandariy» dostonining XXXIX bobida qaysi obraz shoh va
uning yonidagi xaloyiqqa (tasalli berib) jo‘natgach, o‘zi turadigan va asbobanjomlarini
qo‘yadigan boshpanasini chohning yaqiniga olib borib qo‘ndiradi?
A) Feruz B) Mallu
C) Aflotun D) Iskandar
38. Quyidagi bayt «Saddi Iskandariy» dostonining nechanchi bobidan
olingan?
Yigitlik erur qulluq etmak chog‘i,
Qariliq erur chunki ketmak chog‘i.
A) XL bobidan B) XXXIX bobidan
C) XLI bobidan D) XXIX bobidan
39. «Makorim ul-axloq» asarida keltirilgan «Hikoyat»da qaysi tarixiy
shaxsning tahorat olgan joyida yelkasiga ilashib kelgan chumolini namozdan
keyin uyasiga eltib qo‘ygani hikoya qilinadi?
A) Alisher Navoiyning B) Nizomiy Ganjaviyning
C) Xusrav Dehlaviyning D) Mavlono Lutfiyning
40. «Saddi Iskandariy» dostonining XXXIX bobida vafot etgan obraz qaysi?
A) Bahrom B) Feruz
C) Aflotun D) Mallu
41. «Saddi Iskandariy» dostonining XXXIX bobida jodu natijasida
Kashmirning «o‘lik jismdek nafasi»ni o‘chirgan kim edi?
A) Mallu B) Feruz
C) Aflotun D) Bahrom
42. «Saddi Iskandariy» dostonining XXXIX bobida qaysi obraz afsonada
ko‘rsatilgan belgini topish uchun uch kun sinchkovlik bilan mo‘ljaldagi joylarni
axtaradi va chohning boshini topadi?
A) Feruz B) Mallu
C) Aflotun D) Iskandar
43. «Saddi Iskandariy» dostonida «Hayotining har bir holatidan voqif bo‘lgan
tajribali keksa nasihatining qadrini bilmagan, fursat o‘tgandan so‘ng esa
behuda pushaymon bo‘lgan g‘ofil yigit haqida»gi hikoyatda quyidagi so‘zlar
qaysi qahramon tilidan aytilgan?

Yüklə 95,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin