11-sinf adabiyot fani darsligi mavzulari bo‘yicha testlar to‘plami 11-sinf adabiyot 1-qism I bob. Xalq og‘zaki ijodi 1-§. Kirish. «GO‘RO‘G‘lining tug‘ilishi»



Yüklə 95,72 Kb.
səhifə28/29
tarix23.06.2023
ölçüsü95,72 Kb.
#134732
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
11-SINF ADABIYOTI MAVZULASHTIRILGAN TEST

«Xudoga qasam ichib aytamanki, agar iloji bo‘lganida edi, o‘zimning...
turkiy va forsiy g‘azallarimni birgina ushbu g‘azalga almashtirgan va
ushbu ayirboshlash natijasini katta muvaffaqiyat deb hisoblagan
bo‘lardim».
A) Qaro ko‘zum, kel-u, mardumliq emdi fan qilg‘il,
Ko‘zum qarosida mardum kibi vatan qilg‘il.
B) Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin,
Ko‘ngluma har birining dard-u balosinmu deyin?!
C) Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig‘,
Yor o‘lung bir-biringizgaki, erur yorlig‘ ish.
D) Orazin yopqoch ko‘zumdin sochilur har lahza yosh,
Bo‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz nihon bo‘lg‘och quyosh.
83. «Saddi Iskandariy» dostonida Kashmir eliga Iskandar kimni shoh qilib
ko‘taradi?
A) Bahromni B) Muqbilni
C) Mudbirni D) Feruzni
84. «Saddi Iskandariy» dostonining nechanchi bobida keltirilgan hikoyatda
nosih (nasihat qiluvchi, o‘git beruvchi) obrazi uchraydi?
A) XL bobida B) XXXIX bobida
C) XLI bobida D) XXIX bobida
85. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar taxtga o‘tirgach, 3 yil davomida
uning boyliklari otasining davridagidan necha marta ko‘proq bo‘ladi?
A) uch marta B) o‘n marta
C) yigirma marta D) besh marta
86. «Saddi Iskandariy» dostonidan olingan quyidagi baytda qo‘llanilgan
nuqtalar o‘rniga mos davlat nomini qo‘ying.
«Ki Xoqon chu bo‘ldi Skandarparast,
Skandarga ... ichra bo‘ldi nishast».
A) Kashmir B) Hind
C) Chin D) Xuroson
87. «Layli va Majnun» qaysi vaznda yozilgan?
A) hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf
B) hazaji musaddasi mahzuf
C) sariyi musaddasi matviyi makshuf
D) hafifi musaddasi maxbuni mahzuf
88. «Saddi Iskandariy» dostonining XXXIX bobida qaysi obraz Tangriga
sig‘inib turib, (Jomosb kitobida yozilganiday) ikki lavhani shunday kuch bilan
tepadiki, ularning ikkisi ham qulab tushadi va o‘zi tezda tashqariga qochadi?
A) Feruz B) Suqrot
C) Aflotun D) Iskandar
89. Alisher Navoiyning «Xamsa» asari necha baytdan iborat?
A) yigirma uch ming baytdan B) yigirma yetti ming baytdan
C) yigirma to‘qqiz ming baytdan D) yigirma besh ming baytdan
90. «Makorim ul-axloq» asarining muallifi kim?
A) Xondamir B) Mirxond
C) Jomiy D) Navoiy
9 1. Ilhom so‘ziga berilgan to‘g‘ri izohlarni toping.
1) Fors tilidan o‘zlashgan;
2) Kutilmagan yangilik, ko‘zni ochuvchi yangilik, kashf, kashfiyot
ma’nolariga ega;
3) Ijodiy zavq holatini anglatadi;
4) Islomiy ilmlarda Xudoning bandalariga farishtalar tomonidan
tushiriladigan, yuboriladigan o‘y, fikr, xayol, tushuncha
ko‘rinishidagi yangilik, kashfiyot;
5) Xudo tomonidan bandaning ko‘ngliga solingan, Yaratganning amri
bilan bandaning ko‘nglidan o‘tadigan narsa.
A) 2, 3, 4, 5 B) 1, 3, 4
C) 1, 2, 4, 5 D) 1, 2, 3
92. «Saddi Iskandariy» dostonida uchraydigan «raiyat» so‘zining ma’nosini
toping.
A) rahm-shafqat B) to‘da, poda
C) xalq, el D) mehr-muhabbat
93. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandarning elchisiga tilsim qo‘rg‘on
haqida kim gapirib bergan edi?
A) Feruz B) Mallu
C) Aflotun D) Iskandar
94. «Saddi Iskandariy» dostonining darslikdagi tabdilining muallifi kim?
A) A. Rashidov B) N. Fozilov
C) K. Rahimov D) A. Hayimetov
95. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar Doro elchilari orqali berib
yuborgan qaysi narsaga qushlarining ozuqasi sifatida qaraydi?
A) oshiqqa B) ziraga
C) kunjutga D) tariqqa
96. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar kayoniylar an’anasiga muvofiq
taxtga o‘tirgach, kimlar unga bo‘ysunmaydi?
1) Kashmir shohi; 2) Hind royi; 3) Arron podshosi; 4) Chin xoqoni.
A) 1, 2, 3 B) 1, 3, 4
C) 1, 2, 4 D) 2, 4
97. «Farhod va Shirin» dostoni necha bob va necha baytdan iborat?
A) 54 bob, 5782 bayt B) 55 bob, 5009 bayt
C) 63 bob, 3623 bayt D) 89 bob, 7215 bayt
98. «Hayrat ul-abror» dostoni qaysi vaznda yozilgan?
A) hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf
B) hazaji musaddasi mahzuf
C) sariyi musaddasi matviyi makshuf
D) hafifi musaddasi maxbuni mahzuf
99. «Saddi Iskandariy» dostonining XXXIX bobida qaysi obrazning «olamga
nur sochuvchi oydek qizi» bor edi?
A) Feruzning B) Malluning
C) Aflotunning D) Iskandarning
100. «Makorim ul-axloq» asarida keltirilgan «Hikoyat»dan olingan quyidagi
parcha kimning tilidan aytilgan?

Yüklə 95,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin