11-sinf adabiyot fani darsligi mavzulari bo‘yicha testlar to‘plami 11-sinf adabiyot 1-qism I bob. Xalq og‘zaki ijodi 1-§. Kirish. «GO‘RO‘G‘lining tug‘ilishi»



Yüklə 95,72 Kb.
səhifə23/29
tarix23.06.2023
ölçüsü95,72 Kb.
#134732
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
11-SINF ADABIYOTI MAVZULASHTIRILGAN TEST

5-§. ALISHER NAVOIY
«MAKORIM UL-AXLOQ»DAN PARCHALAR.
«SADDI ISKANDARIY». «SADDI ISKANDARIY» HIKMATLARI.
«SADDI ISKANDARIY» DOSTONI HAQIDA.
(Darslikda 117–157-betlar)
1. «Makorim ul-axloq» asaridan olingan quyidagi misralar kim haqida
ekanligini toping.
«Bolalik chog‘laridayoq ul hazratning muborak tillaridan o‘ta ajoyib va
kutilmagan so‘zlar chiqar va eshitganlar hayrat dengiziga g‘arq
bo‘lardilar».
A) Z.M. Bobur B) A. Navoiy
C) H. Boyqaro D) S. G‘iyosiddin Mansur
2. «Makorim ul-axloq» asarida «Xusraviya» madrasasining ilk g‘ishtini kim
qo‘yib berganligi yoziladi?
A) Husayn Boyqaro B) G‘iyosiddin Kichkina
C) Badiuzzamon D) Kichik Mirzo
3. Hirotlik o‘zbek shoiri, orif va mutafakkir, o‘z zamonasining «malik ulkalom
»i darajasiga erishgan ijodkor qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Jomiy B) Lutfiy
C) Atoyi D) Sakkokiy
4. «Makorim ul-axloq» asarida keltirilishicha, Lutfiy Alisher Navoiyning go‘zal
misralarini eshitgach, o‘zining necha ming misradan iborat bo‘lgan barcha
g‘azallarini shu birgina g‘azalga almashishga rozi ekanligini aytadi?
A) o‘n yetti-o‘n sakkiz ming baytdan iborat bo‘lgan
B) o‘n uch-o‘n besh ming baytdan iborat bo‘lgan
C) o‘n-o‘n ikki ming baytdan iborat bo‘lgan
D) o‘n besh-o‘n to‘qqiz ming baytdan iborat bo‘lgan
5. «Saddi Iskandariy» dostonining XXXIX bobida tilsimni kim ochadi?
A) Suqrot B) Iskandar
C) Aflotun D) Bahrom
6. «Saddi Iskandariy» dostonida o‘z jonini saqlash umidida tilsim qo‘rg‘onga
qochgan kim?
A) Bahrom B) Mallu
C) Feruz D) Suhayl
7. «Saddi Iskandariy» dostonining XXXIX bobida qaysi obraz: «Shioring lutfehson
bo‘lishi, adolat yo‘lini tutishing zarur», – deya Feruzga nasihat qiladi?
A) Feruz B) Suqrot
C) Aflotun D) Iskandar
8. «Saddi Iskandariy» dostonining nechanchi bobida hayotining har bir
holatidan voqif bo‘lgan tajribali keksa nasihatining qadrini bilmagan, fursat
o‘tgandan so‘ng esa behuda pushaymon bo‘lgan g‘ofil yigit haqida hikoyat
keltiriladi?
A) XL bobida B) XXXIX bobida
C) XLI bobida D) XXIX bobida
9. «Saddi Iskandariy» dostonida «Hayotining har bir holatidan voqif bo‘lgan
tajribali keksa nasihatining qadrini bilmagan, fursat o‘tgandan so‘ng esa
behuda pushaymon bo‘lgan g‘ofil yigit haqida»gi hikoyatda keltirilgan ibratli
fikrni toping.
A) Kimgaki, Tangridan rahm-shafqat yetar ekan, u o‘zgalarning ahvolidan
tajriba va ibrat oladi.
B) Agar qilmadi el himoyat sanga, O‘zungdin keraktur shikoyat sanga.
C) Birovkim erur rostliqdin yiroq, Aningdek kishi bo‘lmag‘on yaxshiroq.
D) Vatan tarkini bir nafas aylama, Yana ranji g‘urbat havas aylama.
10. Quyidagi bayt «Saddi Iskandariy» dostonining qaysi bobida keltirilgan?
Shabob o‘tti-yu quvvati qolmadi,
Dedi: «Toat aylay», qila olmadi.
(Bu yigitning «ha» demay yoshligi o‘tib, kuch-quvvatdan qoldi. Toatibodat
qilay deganida esa qila olmadi).
A) «Iskandarning Kashmir shahriga yetgandan so‘ngra Malluning
Kashmirdagi tilsim qo‘rg‘onidan...»
B) «Iskandarning Arastudan: «Kishi tabiati yigitlikda nechun mehnatdan
nafratlanadi va qarilikda miyada aql kamayadi?» – deb so‘ragani.
Hakimning qarilik donoligi bilan juvonbaxt shohga yo‘l ko‘rsatgani»
C) «Hayotining har bir holatidan voqif bo‘lgan tajribali keksa nasihatining
qadrini bilmagan, fursat o‘tgandan so‘ng esa behuda pushaymon
bo‘lgan g‘ofil yigit haqida»
D) «Yoshlik yelining sabohati – go‘zalligi va yigitlik gulzorining tozaligi...»
11. «Saddi Iskandariy» dostonidan olingan quyidagi baytning nasriy
bayondagi muqobilini toping.
Tufuliyat o‘tgachki, bo‘ldi shabob
Xirad nuri soldi dimog‘ ichra tob.
A) Yoshlik o‘tib, o‘rta yosh davri boshlangach, miyaga aql nuri harorat
bera boshlaydi.
B) Yigitlik o‘tib, qarilik davri boshlangach, miyaga aql nuri harorat bera
boshlaydi.
C) Bolalik o‘tib, o‘spirinlik davri boshlangach, miyaga aql nuri harorat bera
boshlaydi.
D) Qarilik o‘tib, umr oxirlab borgani sari miyaga aql nuri harorat bera
boshlaydi.
12. «Saddi Iskandariy» dostonida keltirilgan himmat haqidagi hikmatli
so‘zlarni toping.
1) Ani angla mufliski, yo‘q himmati,
Chu yo‘q himmati, yo‘q aning hurmati.
2) Ayol-u vatan uzra to joni bor,
Kishi harb etar toki imkoni bor.
3) Kishi naqdi gar bir qaro mis emas,
Agar himmati bo‘lsa muflis emas.
4) Agar qilmadi el himoyat sanga,
O‘zungdin keraktur shikoyat sanga.
A) 1, 2, 4 B) 2, 4
C) 1, 3 D) 1, 2, 3
13. «Saddi Iskandariy» dostonining asosiy qismi himmat, adolat, qish, bahor,
to‘g‘rilik, mehmondorchilik, yoshlik, safar qilish, o‘lim va aza singari mavzular
yoritilgan hamda o‘zaro yaxlitlikni tashkil etadigan necha mavzuni qamrab
olgan?
A) 18 ta mavzuni B) 19 ta mavzuni
C) 20 ta mavzuni D) 22 ta mavzuni
14. «Saddi Iskandariy» dostoni qahramoni Arastuning otasi kim?
A) Jomasp B) Naqumohis
C) Faylaqus D) Suqrot
15. «Saddi Iskandariy» dostonidan olingan quyidagi parcha qaysi qahramon
tilidan aytilgan?

Yüklə 95,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin