11-sinf adabiyot fani darsligi mavzulari bo‘yicha testlar to‘plami 11-sinf adabiyot 1-qism I bob. Xalq og‘zaki ijodi 1-§. Kirish. «GO‘RO‘G‘lining tug‘ilishi»



Yüklə 95,72 Kb.
səhifə22/29
tarix23.06.2023
ölçüsü95,72 Kb.
#134732
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
11-SINF ADABIYOTI MAVZULASHTIRILGAN TEST

64-§. NOSIRUDDIN RABG‘UZIY 3
D) Kun hamalga kirdi ersa keldi olam navro‘zi,
Kechdi bahman zamharir qish, qolmadi qori, buzi.
57. Rabg‘uziyning «Kun hamalg‘a kirdi...» g‘azalining ruknlar taqte’si
qanday?
A) - V - - / - V - - / - V - - / - V - B) - V / V - - V / V - - V / V - -
C) V - - / V - - / V - - / V- D) - V - - / - V - - / - V -
58. «Qisasi Rabg‘uziy» asarida kimlar haqidagi qissalar Rabg‘uziyning olam
va odam haqidagi qarashlarini badiiy jihatdan ifodalash uchun vosita
bo‘lgan?
A) payg‘ambarlar B) siddiqlar
C) tobeinlar D) sahobalar
59. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani»
hikoyatida Rabg‘uziy shaxs kamoloti faqat jismoniy sifatlar bilan
belgilanmasligini buning uchun undagi aqliy-ma’naviy fazilatlar ustun bo‘lishi
lozimligini qaysi obraz misolida ta’kidlaydi?
A) Sulaymon payg‘ambar B) chumolilar podshosi
C) Ya’qub payg‘ambar D) Nuh payg‘ambar
60. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani»
hikoyatidan olingan quyidagi parchada Sulaymon payg‘ambar taxtida
lashkari bilan havoda uchib borayotganlarida qaysi jonzotning yerda
quyidagi so‘zlarni aytayotganini eshitadi?
«…Qochg‘il, yerning tagiga kir, nobud bo‘lursan, charoki, Hazrat
Sulaymonning lashkarlari o‘tadir. Poymol bo‘lmag‘il».
A) ilonning B) qarinchg‘aning
C) chigirtkaning D) ipak qurtining
61. «Qisasi Rabg‘uziy»da adib qaysi payg‘ambar bilan bog‘liq hikoyatlarda
adolat va zulm, hunar egalari, ota-ona va farzandlar munosabati singari
mavzularga asosiy e’tiborni qaratgan?
A) Yusuf payg‘ambar B) Dovud payg‘ambar
C) Nuh payg‘ambar D) Sulaymon payg‘ambar
62. «Qisasi Rabg‘uziy»da qissalar tarkibida uchraydigan hikoyatlar haqidagi
to‘g‘ri fikrlarni toping.
1) Hikoyatlar qissalardagi muayyan voqea-hodisalar yoki alohida
qahramonlarning tegishli xususiyatlarini izohlash vazifasini
bajaradi;
2) Hikoyatlar ham nasrda, ham nazmda bitilgan;
3) Hikoyatlarning hajmi ancha keng, shunga ko‘ra ularning sujeti ham
anchayin murakkab hisoblanadi;.
4) Hikoyatlarda og‘zaki ijodning kuchli ta’siri seziladi, xatto latifa janriga
xos tasvir usullari ham ko‘zga tashlanadi;
5) Hikoyatlarda hikoyatchilikning keyingi davrlarida ko‘zga tashlanadigan
batafsil tasvir kurtak holidagina uchraydi.
A) 1, 2, 4, 5 B) 1, 3, 4
C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3
63. Ramal vaznining rukni foilotun ohanglariga tayanadi va bir baytda bu
rukn sakkiz marta qo‘llangani uchun qaysi nomni oladi?
A) muashshar B) musabba
C) musaddas D) musamman
64. «Qisasi Rabg‘uziy»da qo‘llanilgan «yalavoch» so‘zining ma’nosini toping.
A) payg‘ambar B) yalang‘och
C) kambag‘al D) bayroq
65. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da ilon (yilon)
xizmati uchun nimani so‘raydi?
A) qurbaqa go‘shtini B) hamma undan qo‘rqishini
C) go‘shti shirin bo‘lgan jonzotni D) odamlar unga egilishini
66. «Qisasi Rabg‘uziy»da kimga bag‘ishlangan she’riy madhiyada uning
«ortug‘ yaroqlig‘ siyrati», «arslon mengizlik savlati», «ko‘rklug sifatlig‘ surati»,
«tuz so‘zlayur so‘zni uqa» singari sifatlari keltiriladi?
A) Nosiriddin To‘qbo‘g‘aga B) Tabg‘ach Bug‘raxonga
C) Muhammad Xo‘jabekka D) Burhoniddinga
67. Rabg‘uziy yirik shoir va adib bo‘lishiga qaramasdan, uning «Qisasi
Rabg‘uziy»dan boshqa asarlari haqida ma’lumotlar mavjud emas, ushbu
asarning kimning topshirig‘i asosida yozilganligi ma’lum?
A) Dod Ispahsalarning B) Tabg‘ach Bug‘raxonning
C) Nosiruddin To‘qbo‘g‘aning D) Muhammad Xo‘jabekning
68. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da qaysi jonzot
kemani teshib qo‘yadi va suv kira boshlaydi?
A) to‘ng‘iz B) turna
C) sichqon D) yo‘lbars
69. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da mushuk
qayerdan paydo bo‘ladi?
A) Yo‘lbarsning peshonasidan silaganda, qulog‘idan tushadi.
B) Yo‘lbarsning peshonasidan silaganda, og‘zidan tushadi.
C) Yo‘lbarsning peshonasidan silaganda, tuklaridan paydo bo‘ladi.
D) Yo‘lbarsning peshonasidan silaganda, burnidan tushadi.
70 . «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani»
hikoyatidan olingan quyidagi parcha qaysi qahramon tilidan aytilgan?
«Ey Sulaymon, aning ma’nisi olam yeldek o‘tar. Aning borcha ishi
behudadur. Yelning vujudi bo‘lmas, hamma ishlari foniydur. Ani
minguncha ma’rifat markabini minganingizda erdi, ko‘z yumub
ochg‘uncha Arshi a’loga borur erdingiz».
A) Sulaymon payg‘ambar B) mo‘rcha
C) uzuk D) shamol
71. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani»
hikoyatida quyidagi so‘zlar qaysi obraz tilidan aytiladi?
«Man bu zaif holim birla har kecha uxlamay hamma lashkarlarimning
atrofini aylanib, agar ag‘riqi bo‘lsa, borib ko‘rub sihatligiga muhojot
qilurman...»
A) Sulaymon payg‘ambar B) Manzara
C) Nuh payg‘ambar D) Muhammad payg‘ambar
72. «Qisasi Rabg‘uziy»da qaysi hikoyatlardagi voqealar Nuh payg‘ambarning
kemasi ichida bo‘lib o‘tadi?
A) «Luqmon va uning xojasi» hikoyati, «Yilon va qarlug‘och» hikoyati
B) «Uzum hikoyati», «Luqmon va uning xojasi» hikoyati
C) «Uzum hikoyati», «Yilon va qarlug‘och» hikoyati
D) «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyati, «Uzum
hikoyati»
73. O‘zbek adabiyotidagi ilk g‘azal muallifi kim?
A) Alisher Navoiy B) Nosiruddin Rabg‘uziy
C) Yusuf Xos Hojib D) Mahmud Koshg‘ariy
74. «Qisasi Rabg‘uziy»dan olingan quyidagi parchada qaysi tarixiy shaxs
ulug‘langan?
«...yigitlar arig‘i (poki), ulug‘ otlig‘, qutlug‘ zotlig‘, ezgu xulqlig‘, islom
yorig‘liq, mo‘g‘ul sanilig‘, musulmon dinlig‘, odamiylar inonchi, mo‘minlar
quvonchi, himmati adiz (yuksak), aqli tengiz beg».
A) Tabg‘ach Bug‘raxon B) Nosiruddin To‘qbo‘g‘a
C) Abulqosim al-Muqtado D) Muhammad Shayboniy
75. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Uzum hikoyati»da uzumning urug‘ini kim
o‘g‘irlaydi?
A) ilon B) tulki
C) to‘ng‘iz D) shaytoni mal’un
76. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Uzum hikoyati»da keltirilishicha, chog‘ir (may,
sharob, kishini sarxush qiladigan ichimlik) ichgan odam qanday fe’lli bo‘lishini
toping.
1) «...tulki bo‘lib notanish kishi bilan do‘stluq og‘oz qilur»;
2) «...bo‘ridek yuraklik bo‘lub, hech ishdin qo‘rqmas, har qism yomon
ishlar sodir bo‘lur»;
3) «...yo‘lbarsdek bo‘lib, himmati jo‘sh bo‘lub, har kimga bir narsa berur»;
4) «...ayiqdek bo‘lib, himmati jo‘sh bo‘lub, har kimga bir narsa berur»;
5) «...to‘ng‘izdek yuraklik bo‘lub, hech ishdin qo‘rqmas, har qism yomon
ishlar sodir bo‘lur».
A) 2, 3, 4 B) 1, 3, 5
C) 1, 4, 5 D) 1, 2, 3
77. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da Nuh
alayhissalom ilonga qaysi maxluqotning go‘shtini buyuradi?
A) baliqning B) baqaning
C) laylakning D) turnanining
78. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi til odobi va qalb pokligi alohida o‘rin tutuvchi
hikoyat qaysi?
A) «Luqmon va uning xojasi» hikoyati
B) «Uzum hikoyati»
C) «Yilon va qarlug‘och» hikoyati
D) «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyati
79. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»ning so‘nggida ilon
bildiki, qaysi jonzot odamga yaxshilik qildi?
A) qaldirg‘och B) ari
C) mushuk D) arslon
80. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Uzum hikoyati»da shayton uzumning ikkinchi
suvini nima bilan sug‘oradi?
A) tulkining qoni bilan B) to‘ng‘izning qoni bilan
C) sherning qoni bilan D) ilonning qoni bilan
81. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da: «Baqani
go‘shtidan totlig‘ nimarsa yo‘q ekan?» – deb qaysi jonzot aytadi?
A) ari B) qaldirg‘och
C) sichqon D) mushuk
82. O‘zbek prozasida ilk marotaba dialoglar kim tomonidan keng qo‘llangan
bo‘lib, ular vositasida asosiy g‘oyaviy maqsad yorqin va ta’sirchan ifodaga
ega bo‘lgan?
A) Yusuf Xos Hojib B) Nosiruddin Rabg‘uziy
C) Mahmud Koshg‘ariy D) Alisher Navoiy
83. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi qaysi hikoyatda chog‘ir – ichkilikning paydo
bo‘lishi shaytonning nomi bilan aloqalantiriladi?
A) «Luqmon va uning xojasi» hikoyatida
B) «Uzum hikoyati»da
C) «Yilon va qarlug‘och» hikoyatida
D) «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatida
84. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Uzum hikoyati»da shinni va sirkaning paydo
bo‘lishi bevosita qaysi payg‘ambar bilan bog‘langan?
A) Yusuf payg‘ambar B) Dovud payg‘ambar
C) Nuh payg‘ambar D) Sulaymon payg‘ambar
85. O‘zbek adabiyotida maqta’da taxallusni qo‘llash ilk bor kimning ijodida
uchraydi?
A) Navoiy B) Xorazmiy
C) Rabg‘uziy D) Lutfiy
86. Rabg‘uziyning «Kun hamalg‘a kirdi...» g‘azali uchun turkiy adabiyotda
keyinchalik eng ko‘p qo‘llangan qaysi vazn tanlab olingan?
A) mutaqoribi musammani mahzuf
B) ramali musammani mahzuf
C) ramali musaddasi mahzuf
D) hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf

Yüklə 95,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin