«Bu dunyo bilan xayrlashsam, mening o‘rnimga o‘tirsang-da, mening nomus-orim, shon-shuhratim yellarga uchmasa, degan umidda seni topgan edim». A) Naqumohis B) Faylaqus
C) Mallu D) Iskandar
16. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar taxtga o‘tirgan davrda Rum ahli
kimning qo‘l ostida edi?
A) Doroning B) Faylaqusning
C) Malluning D) Naqumohisning
17. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar Doroga boj to‘lashdan voz
kechgach, Doro o‘z elchilari orqali Iskandarga nimalarni berib yuborib, uning
yosh bolaligini bildirib qo‘ymoqchi bo‘ladi?
A) chavgon, to‘p – koptok B) oshiq, egar
C) chavgon, egar D) oshiq, to‘p – koptok
18. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar jang paytida o‘ng yonida kimlar
bilan tasvirlangan?
A) yosh bolalar bilan B) harbiy rahbarlar bilan
C) go‘zallar bilan D) ilm – kamolot egalari bilan
19. «Saddi Iskandariy» dostonida o‘limi oldidan Doro Iskandardan iltimos
qilgan narsalarni toping.
1) suiqasd qilganlarni jazolash;
2) unga suiqasd qilganlarga bosh bo‘lgan xotinidan qizini uzoqlashtirish;
3) qizi Ravshanakning kayoniylar podsholigining merosxo‘ri ekanligini
inobatga olish;
4) Ravshanakni o‘z xonadonining munavvar shamiga aylantirish;
5) qavm-qarindoshlariga zulm qilmaslik.
A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 2, 4, 5
C) 1, 2, 4 D) 2, 3, 5
20. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar Kashmirga yo‘l olganida unga
kimlar yo‘ldosh bo‘ladi?
A) 500 olim B) 400 vazir
C) 300 olim D) 200 vazir
21. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskardar bilan kimning o‘rtasida sulh va
omonlik paydo bo‘ladi?
A) Kashmir shohi B) Hind royi
C) Chin xoqoni D) Xuroson shohi
22. «Saddi Iskandariy» dostonida tadbirkor va adolatli podshoh, mohir
sarkarda, yetuk olim va katta qalb egasi sifatida namoyon bo‘ladigan obraz
qaysi?
A) Ravshanak B) Faylaqus
C) Iskandar D) Naqumohis
23. «Saddi Iskandariy» dostoni necha bob, necha baytdan iborat?
A) 85 bob, 5009 bayt B) 89 bob, 7215 bayt
C) 86 bob, 5782 bayt D) 88 bob, 7716 bayt
24. «Sab’ai sayyor» dostoni qaysi vaznda yozilgan?
A) hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf
B) hazaji musaddasi mahzuf
C) sariyi musaddasi matviyi makshuf
D) hafifi musaddasi maxbuni mahzuf
2 5. «Xamsa» dostonlarining taqte’ belgilarini toping.
1) «Hayrat ul-abror»; 2) «Farhod va Shirin»; 3) «Layli va Majnun»;
4) «Sab’ai sayyor»; 5) «Saddi Iskandariy».
a) V - - - V - - - V - - b) - V V - - V V - - V -
s) - - V V - V - V - - d) - V - - V - V - V V -
e) V - - V - - V - - V -
A) 1-b, 2-e, 3-s, 4-a, 5-d B) 1-b, 2-a, 3-s, 4-d, 5-e
C) 1-e, 2-b, 3-d, 4-s, 5-a D) 1-s, 2-e, 3-a, 4-b, 5-d
26. «Saddi Iskandariy» dostonida sehrli oynani ko‘rgach, Iskandarda ham
shunday kashfiyot qilish istagi paydo bo‘ladi va uning topshirig‘iga ko‘ra
olimlar nimalarni yasaydilar?
A) suturlob, ko‘zgu va halqani B) suturlob va ko‘zguni
C) ko‘zgu va halqani D) ko‘zgu va niginni
27. «Saddi Iskandariy» dostonida qayerning shohi ancha dono va tajribali
bo‘lib, o‘zi Iskardar huzuriga elchi qiyofasida keladi?
A) Kashmir shohi B) Hind royi
C) Chin xoqoni D) Xuroson shohi
28. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar kayoniylar an’anasiga muvofiq
taxtga o‘tirgach, qish fasli boshlangani uchun qayerda qoladi?
A) Arron (qadimgi Qozog‘iston) mamlakatining Yakkabog‘ degan joyida
B) Kashmir (qadimgi Ozarbayjon) mamlakatining Yakkabog‘ degan joyida
C) Kashmir (qadimgi Qozog‘iston) mamlakatining Qorabog‘ degan joyida
D) Arron (qadimgi Ozarbayjon) mamlakatining Qorabog‘ degan joyida
29. «Saddi Iskandariy» dostonida quyidagi voqeaga kim guvoh bo‘lib qoladi?
«Shunda u bir hodisani tasodifan kuzatib qoladi: biri katta va kuchli, ikkinchisi kichik va nozikroq kakliklar talashib qolishadi. Katta kaklik