«Men turkcha so‘zlarni ... ... ... singari deb bildim, shunga qaramay, ularni
avaylab-asrab qo‘lga o‘rgatdim».
A) ko‘ldagi oppoq oqqush B) yovvoyi tog‘ kiyigi
C) yirtqich bo‘z bo‘ri D) yovvoyi o‘rmon arsloni
49. «Qutadg‘u bilig» asari haqidagi to‘g‘ri fikrlarni toping.
1) Adib asarda: «Davlat Adolat va Aql bilan boshqarilmog‘i kerak», –
degan fikrni ramziy shaklda ifodalagan;
2) Asar so‘ngida ilova qilingan qit’alardan birida adib o‘z ismini ham
keltirib o‘tadi: «E Yusuf, kerak so‘zni so‘zla ko‘ni», ya’ni «Ey Yusuf,
kerak so‘zni ro‘yi rost so‘zla».
3) Adib asarda turkiy xalqning badiiy-estetik tafakkurining kuchi va
qudratini ko‘rsatib bera olgan;
4) Asar qahramonlari ramziylik kasb etadi;
5) Masnaviylar tarkibida to‘rtliklar ham uchraydi;
6) Asar qahramonlarning o‘zaro suhbati asosiga qurilgan;
7) «Qutadg‘u bilig» badiiyatning yuksak namunasi hisoblanib, unda shoir
fikri go‘zal obrazlar, hayotiy o‘xshatish va lo‘nda istioralar,
ta’sirchan tamsillar hamda mo‘jaz ramzlar bilan ziynatlangan;
8) Adib haqidagi ma’lumotlar, asosan, dostonning o‘zidagina saqlangan.
A) 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 B) 1, 2, 4, 6, 8
C) 1, 2, 3, 5, 7 D) 1, 3, 4, 5, 6, 7, 8
50. «Qutadg‘u bilig» asarida adl sifatlari kim tomonidan kimga qarata
aytilgan?
A) elig tomonidan O‘gdulmishga qarata
B) Oyto‘ldi tomonidan eligga qarata
C) elig tomonidan Oyto‘ldiga qarata
D) Oyto‘ldi tomonidan O‘gdulmishga qarata
51. Hozirgi Qirg‘izistonning To‘qmoq shahri yaqinida qaysi shaharning
xarobalari saqlanib qolgan?
A) O‘tror B) Qashqar
C) Yettisuv D) Quz O‘rdu
52. «Qutadg‘u bilig» asarining tabdilidan olingan quyidagi ta’rif qaysi
qahramonga tegishli?
Tili chin, yetuk hamda ko‘zi va ko‘ngli boy edi.
Bilimli, zakovatli, hushyor edi.
A) O‘gdulmishga B) Kuntug‘diga
C) Oyto‘ldiga D) O‘zg‘urmishga
53. «Qutadg‘u bilig» asarida nima: «...ishonchsiz, bevafo, qo‘nimsiz narsa...
Yurib ketayotib to‘satdan uchadi, uning oyog‘i tayg‘anchiqdir», – deya
ta’riflanadi?
A) baxt-davlat B) visol
C) toj-u taxt D) hayot
54. «Qutadg‘u bilig»da mamlakat boshlig‘i nima deb ataladi?
A) «hukmdor» yoki «amir» B) «amir» yoki «bek»
C) «elig» yoki «bek» D) «xon» yoki «elig»
55. «Qutadg‘u bilig» asarida vazir vafot etgach, uning o‘rniga kim vazir
bo‘ladi?
A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish
56. «Qutadg‘u bilig» asarida elig bilan savol-javoblarda qaysi obraz turlituman
kasb-hunar, amal-martaba egalari (bek, vazir, elchi, kotib,
xazinachi)ning fazilatlari haqida gapiradi?
A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish
57. «Qutadg‘u bilig» asarida qaysi qahramon taqvodor kishi bo‘lib, u din va
diyonatni hamma narsadan ustun ko‘radi? Uning uchun yaxshi kiyim, tansiq
taom, har xil o‘yin-kulgilar ketidan borish umrni shamolga berish bilan
barobardir. Uning fikricha, inson o‘z qalbini boyitishi, vujudini har xil
illatlardan forig‘ qilishi kerak. Buning yo‘li esa ma’rifatdir.
A) Kuntug‘di B) O‘zg‘urmish
C) Oyto‘ldi D) O‘gdulmish
58. Yusuf Xos Hojibning quyidagi misralarida nuqtalar o‘rniga adibning bekni
qaysi vahshiy va yovuz obrazga o‘xshatganligini topib, qo‘ying.
«Beklar – bu jur’atli ... ga o‘xshaydi.
G‘azabga kirsa bosh kesadi, ey ravshan fikrli».
A) arslon B) lochin
C) jallod D) bo‘ri
59. «Qutadg‘u bilig»da or-nomussiz kishining yuzi nimaga o‘xshatiladiki, bu
bilan shoir uning hech kimga keraksizligi, tashlandiq narsa barobaridagi
shaxs ekanini uqtiradi?
A) bo‘zga B) arg‘uvonga
C) suyakka D) oshga
60. «Qutadg‘u bilig»da lashkarboshiga nisbatan ishlatilgan qaysi obraz
lashkarboshining baquvvatligiga ishora?
A) qoplon B) arslon
C) lochin D) fil
61 . «Qutadg‘u bilig»ning matn namunalari kimning nashridan olingan?
A) Q. Karimovning B) K. Usmonovaning
C) B. To‘xliyevning D) H. Norimovning
62. Yusuf Xos Hojib ijodida bo‘ri o‘xshatishi qanday obrazlarni yoritishga
xizmat qilgan?
1) lashkarboshi; 2) ochko‘z odam; 3) mard; 4) er; 5) o‘lim; 6) dushman.
A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 2, 3, 4, 6
C) 2, 3, 4, 5, 6 D) 1, 3, 4, 5, 6
63. «Qutadg‘u bilig»da yuzga nisbatan ishlatilgan qaysi obraz qizil yuz
timsoli bo‘lib, qizil yuz go‘zallikning o‘ziga xos «o‘lchov birligi»dir?
A) arg‘uvon B) oy
C) osh D) gul
64. «Qutadg‘u bilig» asaridan olingan quyidagi bayt haqidagi to‘g‘ri izohlarni
toping.
Dostları ilə paylaş: |