53-§. YUSUF XOS HOJIB 3 10 6. «Qutadg‘u bilig»da lashkarboshiga nisbatan ishlatilgan qaysi obraz
lashkarboshining kuchliligi, yovga dahshat solishiga ishora?
A) arslon B) bo‘ri
C) lochin D) to‘ng‘iz
107. «Qutadg‘u bilig» asarida davlat va boylikning abadiy emasligi qaysi
obraz tomonidan tushuntirilgan?
A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish
108. «Qutadg‘u bilig» asarida qaysi qahramonlarning savol-javoblari ba’zan
keskin munozara darajasiga yetadi?
A) O‘gdulmish va O‘zg‘urmishning B) Kuntug‘di va Oyto‘ldining
C) Oyto‘ldi va O‘zg‘urmishning D) O‘zg‘urmish va Kuntug‘dining
109. «Qutadg‘u bilig»da lashkarboshining qasoskorligi nimaga o‘xshatiladi?
A) lochin va quzg‘unga B) ayiq va tulkiga
C) qo‘tos va tuya erkagiga D) ukki va burgutga
.
III BOB. O‘ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI 4-§. NOSIRUDDIN RABG‘UZIY «QISASI RABG‘UZIY». «QISASI RABG‘UZIY» ASARI HAQIDA. «KUN HAMALGA KIRDI...». RABG‘UZIY SHE’RLARI HAQIDA (Darslikda 100–116-betlar) 1. Rabg‘uziyning asl ismini toping.
A) Rabg‘uziy B) Burhoniddin
C) Nosiruddin D) Shamsiddin
2. Rabg‘uziy qayerda tug‘ilgan?
A) Xorazmning Raboti O‘g‘uz degan joyida
B) Turkmanistonning Raboti O‘g‘uz degan joyida
C) Farg‘onaning Raboti O‘g‘uz degan joyida
D) Samarqandning Raboti O‘g‘uz degan joyida
3. «Qisasi Rabg‘uziy» qachon yozilgan?
A) hijriy 710, milodiy 1309–1310-yillarda
B) hijriy 610, milodiy 1209–1210-yillarda
C) hijriy 710, milodiy 1319–1320-yillarda
D) hijriy 610, milodiy 1219–1220-yillarda
4. «Qisasi Rabg‘uziy» asarida adibning otasi haqida qanday ma’lumot bor?
A) Otasi Burhoniddinning O‘g‘uz Rabotining qozisi bo‘lganligi aytib
o‘tiladi.
B) Otasi Nosiruddinning O‘g‘uz Rabotining hokimi bo‘lganligi aytib o‘tiladi.
C) Otasi Nosiruddinning O‘g‘uz Rabotining qozisi bo‘lganligi aytib o‘tiladi.
D) Otasi Burhoniddinning O‘g‘uz Rabotining hokimi bo‘lganligi aytib
o‘tiladi.
5. «Qisasi Rabg‘uziy» asarining qaysi qismida adibning otasi haqida
ma’lumot keltiriladi?
A) she’riy madhiyada B) hikoyat ichida
C) xotimada D) muqaddimada
6. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Uzum hikoyati»da: «Uzumg‘a uch marta suv
quymoqni manga bersangiz topib beray», – deb kim aytadi?
A) tulki B) shayton
C) sher D) to‘ng‘iz
7. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Uzum hikoyati»dan olingan quyidagi parchada
qo‘llanilgan nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘ying.
«Andin so‘ng, Nuh alayhissalom ikki marta suv berdilar, biri behishti zanjabildin erdi, andin ... paydo bo‘ldi. Biri salsabildin, andin ... paydo bo‘ldi». A) shinni, sirka B) sirka, shinni
C) chog‘ir, sirka D) shinni, sag‘roq
8. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da suv kirib yotgan
kemaning teshigini qaysi obraz berkitadi?
A) ilon B) qarlug‘och
C) toshbaqa D) fil
9. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da oru (ari) gung
bo‘lib g‘ingshib qolganida, uning ahvolini qaysi jonzot tushuntiradi?
A) qo‘ng‘iz B) sichqon
C) qaldirg‘och D) baqa
10. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»ning so‘nggida
qaysi jonzotning odamga yaxshilik qilib, odam farzandi bilan bir uyda
yashashi aytiladi?
A) sichqonning B) arining
C) mushukning D) qaldirg‘ochning
11. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani»
hikoyatida mo‘rcha qaysi voqeadan keyin Sulaymon payg‘ambarga: «Baxil
ekansiz», – deydi?
A) Sulaymon payg‘ambarning Ollohdan hech kimga berilmagan bir ilm
tilaganini eshitganidan keyin
B) Sulaymon payg‘ambarning Ollohdan hech kimga berilmagan bir baxt
tilaganini eshitganidan keyin
C) Sulaymon payg‘ambarning Ollohdan hech kimga berilmagan bir mulk
tilaganini eshitganidan keyin
D) Sulaymon payg‘ambarning Ollohdan hech kimga berilmagan bir hunar
tilaganini eshitganidan keyin
12. «Qisasi Rabg‘uziy» o‘zbek nasrining eng qadimiy namunalaridan biri
bo‘lib, unda nechanchi asrlardagi o‘zbek adabiyotining bir qator o‘ziga xos
xususiyatlari juda yorqin namoyon bo‘lgan?
A) XIII asr oxiri XIV asr boshlaridagi
B) XII asr oxiri XIII asr boshlaridagi
C) XI asr oxiri XII asr boshlaridagi
D) XIV asr oxiri XV asr boshlaridagi
13. «Qisasi Rabg‘uziy»dan olingan quyidagi parchada kim ta’riflangan?