Bo‘dum erdi o‘qteg, ko‘ngul erdi ya,
Ko‘ngul qilg‘u o‘qteg, bo‘dum bo‘ldi ya.
Mazmuni:
Qaddim o‘qteg (to‘g‘ri), ko‘nglim esa yoy (dek shay) edi,
Ko‘ngil orzulari hanuz o‘qdek, (lekin) qaddim yoy bo‘ldi.
1) Birinchi misrada shoir yoshlikni, kuch-shijoatli davrni qad misolida
o‘qqa, ko‘ngilni esa yozga tashbeh beradi;
2) Ikkinchi misrada yigitlik qarilik bilan o‘rin almashgach, keksa dil
orzulari hamon ilgarigiday jo‘shqinligini, biroq bu orzu-istaklarni
amalga oshirish mushkullashganini obrazli tarzda ifodalaydi;
3) Ikkinchi misrada qadning yoyga o‘xshatilishi zamirida qahramonning
mashaqqatli hayot girdobida qolganiga ishora yotadi;
4) Adib qo‘llagan yuqoridagi tashbeh keyinchalik turkiy adabiyotda,
jumladan, o‘zbek adabiyotida ham an’anaviy obrazga aylanib qoldi.
A) 1, 3, 4 B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 3
65. «Qutadg‘u bilig» asaridan olingan quyidagi parchani kim kimga qarata
aytgan va o‘z g‘oyalariga ishontira olgan?
Xudo berdi qulga ikki ko‘z, quloq,
Ular bilan dunyo, oxiratga boq.
Ushlash uchun berdi yana ikki qo‘l,
Biri dunyo, biri oxiratga yo‘l.
Ikki oyoq berdi yana yurishga,
Biri u yon, biri bunda turishga.
A) O‘gdulmish O‘zg‘urmishga qarata
B) Kuntug‘di Oyto‘ldiga qarata
C) Oyto‘ldi O‘zg‘urmishga qarata
D) O‘zg‘urmish Kuntug‘diga qarata
6 6. Yusuf Xos Hojib tasvirida «Qutadg‘u bilig» asaridagi qaysi qahramon
«qilmishlari to‘g‘ri, fe’l-u raftori rost, tili chin, yetuk, ko‘zi va ko‘ngli boy, bilimli,
zakovatli, hushyor, yomonlarga misli bir olov» edi?
A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish
67. Qadimgi turklarda vatan tushunchasi shu vatanga mansub xalq bilan
birga tasavvur etilgan bo‘lib, jumladan, «el» so‘zi qanday ma’nolarni
ifodalagan?
1) xalq; 2) mamlakat; 3) o‘lka;
4) davlat (saltanat); 5) yurt; 6) nodonlar ahli.
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4, 6
C) 2, 3, 5, 6 D) 1, 4, 5, 6
68. «Qutadg‘u bilig» asarining «Kuntug‘di elig Oyto‘ldiga adl sifatlarini
aytadi» qismida elig Oyto‘ldiga shakarni kim yeyishini aytadi?
A) ilm-ma’rifatli olim
B) oldin zulm ko‘rib, eligdan haq – adolat topgan odam
C) ota-onani rozi qilgan adam
D) eligning onasi
69. «Qutadg‘u bilig»da «el» so‘zining «kun» so‘zi bilan birga kelishi qaysi
tushunchalarga teng keladi?
A) «el-u xalq», «yurt», «mamlakat», «vatan»
B) «xalq», «o‘lka», «quyosh», «vatan»
C) «quyosh», «yurt», «mamlakat», «osmon»
D) «el-u xalq», «vatan», «yaxshilik», «ezgulik»
70. «Qutadg‘u bilig»da nechta yetakchi qahramon bor?
A) beshta B) ikkita
C) uchta D) to‘rtta
71. «Qutadg‘u bilig» asarining «Kuntug‘di elig Oyto‘ldiga adl sifatlarini
aytadi» qismida eligning so‘l tomonida nima bor edi?
A) urog‘un (dori) B) shakar (sharbat)
C) pichoq D) kursi
72. «Qutadg‘u bilig» asari qancha muddatda yozib tugatilgan?
A) 12 oyda B) 19 oyda
C) 15 oyda D) 18 oyda
73. «Qutadg‘u bilig» asarining umumiy hajmi qancha?
A) olti ming olti yuz bayt B) besh ming besh yuz bayt
C) to‘rt ming to‘rt yuz bayt D) uch ming uch yuz bayt
74 . «Qutadg‘u bilig» asarida qonun ustuvorligi, yurt osoyishtaligi va
farovonligini ta’minlagani bilan shuhrat qozongan podshoh kim?
A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish
75. «Qutadg‘u bilig» asari qahramoni Kuntug‘di kim va nimaning ramzi?
A) elig – adolat ramzi B) elig – davlat ramzi
C) vazir – aql ramzi D) vazir – aql ramzi
76. «Qutadg‘u bilig» asaridagi eng faol qahramon qaysi?
A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish
77. O‘zg‘urmish so‘zining ma’nosini toping.
A) hushyor qiluvchi, sergaklantiruvchi
B) aql bilan ziynatlangan
C) qanoat, ofiyat
D) zohid, sergak
78. «Qutadg‘u bilig» asaridan olingan quyidagi parcha qaysi qahramonga
tegishli?
Dostları ilə paylaş: |