Ta`limiy:o`quvchilarning olgan bilimlarini mustahkamlash va sinash
Tarbiyaviy: o`zaro hurmat ko`nikmalarini rivojlantirish
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni mustaqil ishlashga, nazariy xulosalarni amaliy dalillashga o`rgatish
O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Usul:sinov
Tur: taqdimot
Shakl: yozma nazorat
Vosita: darslik yoki elektron darslik, diktant matni
Nazorat: o`quvchilarning darsdagi faoliyati kuzatiladi.
Baholash: 5 balli tizim asosida.
Shakllantiriladigan kompetensiyalar
Fanga oid kompetensiya elementlari. Lingvistik kompetensiya elementlari. Nazariy bilimlarni amalda qo`llay oladi.
II. O`tilgan mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar bilan ishlash Uyga vazifalar nazorati.
Qisqa savol-javob asosida o`tilganlarni takrorlash.
III. Yangi mavzu bayoni O`quvchilarga diktant matni tanishtiriladi, matn asosida qisqa savol-javob o`tkaziladi va diktant yozdiriladi.
Ona mehri Ona. Mehri quyoshga teng ona. O'z shafqati. nuri bilan bolaga qalb bergan, sevgi baxsh eigan - ona! Uning inoyat qilgan yuragi va muhabbati eng avval, o’ziga qaratilib, bola uni sevib, ardoqlaydi...
Tunlari bedor: shirin uyqusini buzib, bolasiga halovat beradigan yoqimli allasi bilan ona farzandiga ruhiy lazzat butog'ini ochadi. Bola she'riyat va qo'shiqqa umrbod maftun bo'ladi. Bolasini ko'zimning nuri, dilimning sururi. deydi. Uni yeru ko'kka ishonmay, ko'proq uxlab qolsa. xavotirlanadi, qattiqroq yig'lasa, vahimaga tushadi. Parvona bo'ladi. Buni qay so'z bilan tasvirlasa bo'ladi!
Agar menda ozgina bo'lsa-da olijanoblik. axloqiy poklik, yaxshilik tuyg'usi shakllangan bo'lsa, bularning hammasi Onamdan. Ha, bola eng yaxshi fazilatlami onadan o'rganadi. Inson baxtidek ko'rkamlik, tabiatan ulug'lik. sog'lomlik, xushnudlik - hammasi Onadan.
Ona kishilik dahosi yaraigan ilmni ham. tajnbalami ham ishga soladi. Bolani mehnatga o'rgaiadi. Aqlini pcshlab, bolaga qurol ushlashdan to nozu ne'matlar yaratishgacha, shirin so'zlab, o'zgalar hurmatini topishgacha yo'l - usullar bilan tanishtiradj. Toymasin, qoqilmasin. deb to'g'ri odimlashgacha saboq bcradi. Ona - murabbiya. Ular kclajakka zo'r ishonch bilan qaraydilar. Onalar - po'lat iroda sohiblari: bolasi yo'lida hamma qiyinchiliklami yengadi. Ularning madhi hamisha kuylarda.
Ona- endi tili chiqa boshlagan norasida go`takning ilkbor aytadigan so`zi. Bu so`z umrbod uning tilidan tushmaydi, dilidan ketmaydi.
Boshida shafoatli kunlar mavj urganda ham yoki og`ur kunlar tushib, nochor ahvolda qolgan chog`larida ham lablarining beihtiyor: “Ona!”- deya shivirlashini kim bilmaydi deysiz!
Qani ko`raylikchi, ona so`zi nimani anglatar ekan? Ona so`zi uchta xarfdan iborat bo`lib, u o`zidan oriyat, nafosat, andisha so`zlarinng ma`nolarini to`liq mujjasamlashtirgandir.
Bular pokizalik, ma`naviyat, go`zallik uyg`unlashib Ona so`zi bunyod bo`ladi.
Ona – u fozila, oqila, komila. U etiqod, mehr-muhabbat va nafosat gulashanining sohibasi. Bu so`z yashash umidi, hayotga tashnalik, dunyoning anglashning boshlanishi demakdir.
Go`tak qalbini isituvchi ilk nur onaning mer-muhabbatga to`la ko`zidan tushadi. Onaning jo`shqin va so`ngmas mehri hamisha va hamma erda bolasi bilan, bu mehr samodek cheksiz, musaffo havodek zarur va sahiydir.