11-sinf ona tili (34 soat, B1+: 34 soat) O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi



Yüklə 477,74 Kb.
səhifə74/116
tarix07.01.2024
ölçüsü477,74 Kb.
#207986
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   116
11-sinf ona tili (34 soat, B1 34 soat) O‘quvchilarda shakllant-fayllar.org

Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
1. Sinf davomatini aniqlash.
2. Kun yangiliklari haqida suhbat.


II. O`tilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar bilan ishlash.
Uy vazifasi nazorati o`tkaziladi.
Aqliy hujum: JO`YALILIK deganda nimani tushunasiz?
Savol yuzasidan o`quvchilar fikri tinglanadi va umumlashtiriladi.


III.Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzu bayoni darslikdagi topshiriq asosida tushumtiriladi.
Topshiriq. Berilgan parchadagi jamg‘armoq so‘zining ma’nosi va uningko‘proq rasmiy uslubga xoslanganligi haqida mulohazalaringizniayting. Keltirilgan gapda bu so'zning o‘z o‘rninitopgan-topmaganligini izohlashga harakat qiling.
Ramazon aytuvchilar ko‘payib ketgan edi... Mabodo ulardan oldinroqbiror eshikka borib qolsak, jamg'argan narsalarimizni zo‘ravonlik bilantortib olishardi. (S. Ravshanov)

Nutq uslublarining har biri uchun xoslangan til vositalari borligini siz yaxshi bilasiz. Bir uslubga xoslangan so‘z, ibora, sintaktik qurilma yoki shu kabi birlikning boshqasiga o‘tkazilishi nojoiz, o‘rinsiz hisoblanadi. Bunday holatlarda ham nutqning jo‘yaliligi buzilishi mumkin. Bu o'rinda aytish kerakki, jo‘yalilik sifatini o‘rganishda nutqning yozma va og‘zaki shakllarini farqlash lozim, chunki bu nutq shakllarida jo‘yalilik o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, yozma va og'zaki nutqning voqe bo‘lish sharoitlari bir xil emas, shunga ko‘ra bu ikki nutq shaklining o‘ziga xoslangan birliklari, grammatik shakllari, sintaktik qolipiari bor. Bu holatni hisobga olmaslik natijasida ham nutqning jo‘yaliligiga putur yetadi. Albatta, badiiy nutqda jo‘yalilik o‘ziga xos namoyon bo‘ladi.

Nutq uslublari


76-mashq. Berilgan badiiy parchani o‘qing. Unda qahramon tilidao'lmoq so‘zining jo‘yasiz qo'llanishi uning madaniy saviyasinita’kidlashga xizmat qilayotganini izohlang.
Mashq mustaqil ish sifatida bajariladi.
77-mashq. Parchani o‘qing. Diniy va’z uslubini so'zlashuv uslubigako‘chirish natijasida yuzaga kelayotgan yumoristik kulginiizohlashga harakat qiling.
Mashq guruhlarda ishlanadi.



Yüklə 477,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin