Nutqiy kompetensiya elementlari
Badiiy nutqifodaliligini yuzaga chiqara oladi.
Lingvistik kompetensiya elementlari:
Epitet, metafora,o‘xshatishlar,metonimiya,mubolag‘a va kichraytirish,kinoya haqida ma’lumotga ega bo`ladi.
|
DARS JARAYONI VA TEXNOLOGIYASI
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Usul
|
Vaqt
|
I bosqich. Tashkiliy qism
|
O`quvchilar davomati aniqlanadi. Sinf o`quvchilarining darsga tayyorgarligi tekshiriladi
|
Suhbat
|
2 daqiqa
|
II bosqich . Ehtiyoj (refleksiyalarni aniqlash)
|
Kun hikmati: Bo`lar elning bolalari bir-birin der,
Bo`lmas elning bolalari bir-birin yer. (M.Yusuf)
Darsning oltin qoidalari belgilanadi.
|
Suhbat
|
1 daqiqa
|
|
O`tilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar bilan ishlash.
|
“Klaster”
|
5 daqiqa
|
IV Yangi mavzu bayoni
|
Yangi mavzuni o`rganish
Topshiriq,80-, 81-mashqlar bajariladi
|
Izohli frazeologik lug`at bilan ishlash
|
16 daqiqa
|
V bosqich.
Mustahkamlash
|
1.82-, 83-mashqlar bajariladi.
2.Izohlilug`atbilanishlash
|
Izlanish
Izlanish
|
10 daqiqa
5 daqiqa
|
VIbosqich. Darsyakunivabaholash
|
O`quvchilarning baholarini e’lon qilish
|
Suhbat
|
4 daqiqa
|
VII bosqich. Uyga vazifa berish
|
Darslikdagi 84-mashq.
|
Tushuntirish
|
3 daqiqa
|
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
1. Sinf davomatini aniqlash.
2. Qisqa nazorat (test sinovi).
II. O`tilgan mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar bilan ishlash
1. She’riy nutqdagi vazn tushunchasiga izoh bering.
2. Qofiya nima?
3. Radif qaysi she’riy janrlarda qo`llanadi?
4. Turoq haqida ma’lumot bering.
III. Yangi mavzu bayoni
l-topshiriq. Quyidagi she’rni o‘qing, undagi q tovushining takrori natijasida yuzagakelayotgan ifodalilikni izohlashga harakat qiling.
Qaro qoshing, qalam qoshing, Qafasda qalb qushin qiynab,
Qiyiq qayrilma qoshing, qiz, Qanot qoqmoqqa qo'ymaysan.
Qilur qatlima qasd qayrab — Qarab qo‘ygil qiyo,
Qilich qotil qaroshing, qiz.Qalbim qizdirsin quyoshing, qiz.
(E. Vohidov)
2-topshiriq. Berilgan so‘z juftliklarini qiyoslang. Bu so‘zlarning ifodalilik imkoniyatlaridagi farqni izohlashga harakat qiling.
Izn bermoq — ruxsat bermoq;
raqam qilmoq — qayd qilmoq.
Nutq tinglovchi yoki o‘quvchiga jiddiy ta’sir qilishi uchun u ham shaklan, ham mazmunan diqqatni o‘ziga jalb qila oladigan bo‘lishi lozim. Ifodalilik sifatiga sohib bo‘lgan nutq bunday vazifani bajarishimumkin. Bu kommunikativ sifat til vositalarini ifoda maqsadiga to‘la muvofiq tarzda tanlash asosida yuzaga keladi.
Nutqning turli uslublari bu kommunikativ sifatga turli darajada ehtiyoj sezadi. Masalan, rasmiy ish qog'ozlarida ifodalilikka nisbatan kamroq e’tibor qilinsa, ilmiy uslubda o‘rni bilan bir qadar bu sifatkerak bo`ladi.
Ifodalilik, ayniqsa, badiiy nutqning zaruriy sifatlaridandir.Tilda ifodalilikni ta’minlashga xizmat qiladigan imkoniyatlar juda ko‘p va xilma-xil. Bunday imkoniyat tilning barcha birliklaridamavjud. Tilning tovush qurilishi, so‘z xazinasi, morfologik shakllari, sintaktik birliklari, intonatsiya kabilarning har biri nutq ifodaliligining bitmas-tuganmas manbalaridir. Nutq tuzuvchi bulardan yetarli xabardor bo‘lsa, nutqning ifodalilik sifatini ta’minlashga qiynalmaydi.
|
80-mashq. Muhammad Yusuf qalamiga mansub she’riy parchalarni o‘qing. Ulardagi nutqiy ifodalilikni ta’minlayotgan leksik va fonetik vositalarni aniqlang.
Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim,
Qumlar bosib qurimasin daryolarim.
Bo‘lar elning bolalari bir-birin der,
Bo‘lmas elning bolalari bir-birin yer.
Kapalakday kelib, qoshingga qo'nib,
Ko‘zingga termulib umrim o‘tsaydi...
81-mashq.Matnni o‘qing. So‘zlami ko‘chma ma’noda qo‘llash orqali nutq ifodaliligining ta’minlanishiga diqqat qiling.
Zebi yuragida tugilib yotgan zo‘r tugunni yechib yuborgan edi.
Dostları ilə paylaş: |