Yuqoridagi topshiriq asosida so`zdagi ma’no nozikliklarining namoyon bo`lishida nutqning aniqligi yuzasidan bahs-munozara o`tkazish.
2 -topshiriq. Atoqli adib Asqad Muxtorning ≪Chinor≫ romanidan olingan parchani o'qing. Matnning gap qurilishiga e'tiborbering, yozuvchi nutqning boyligini ta’minlashda qandaygap qoliplaridan foydalanganini aniqlang. Topshiriq FSMU texnologiyasi asosida tahlil qilinadi.
FSMU texnologiyasi
F – fikringizni bayon eting
S – fikringiz bayoniga sabab ko`rsating M - fikringiz sababiga misol keltiring
U- fikringizni umumlashtiring IV Mustahkamlash. Mavzu savollar asosida mustahkamlanadi. Mavzu yuzasidan testlar bilan ishlanadi.
3-topshiriq. Matnlarni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan iboralarni ma’nodoshso‘zlar bilan almashtirib ko‘ring, shundan kelib chiqibiboralarning nutq boyligini ta’minlashdagi o‘rnini tavsiflang.
1. Bir soat nari-berisida yetti uxlab tushiga kirmaydigan voqeaning sodirbo‘lishi uni esankiratib qo‘ygandi. Umrida birinchi marta samolyotgatushgan odam osmon-u falakning havosini olib, quloqni qomatga keltiradiganmotor tovushiga ko‘nikib olguncha es-hushini yig‘olmadi, nimabo'lganining tagiga yetolmadi. 2. Keyingi paytlarda Mehriniso o‘g‘lining
xoli paytini qanchalik poylasa, Botir bu uchrashuvdan shunchalik qochardi.Qattiq gapirib, cho‘rt kessa,ranjitib qo‘yishini o‘ylardi. Ko‘ngligaqarab rozilik berishni o‘ylasa vahm bosardi. 3. Mehrinisoning yuragigag‘ulg‘ula tushgan edi. O‘g‘lining sadoqati, vafosi bilan ich-ichidan faxrlansa, sevganidan judo bo‘lib ezilayotganiga rahmi kelardi. Qay yo'sindatasalli berib, yo`lga solishni bilmasdi. (Rahmat Fayziy) Sh. Rahmatullayevning ≪O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati≫dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting. Ularishtirokida gaplar tuzing.