2016-yil o‘zbek palovi YuNESKOning nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritildi. 2016-yil O‘zbekistonda “Sog‘lom ona va sog‘lom bola yili” deb e’lon qilindi. 2016-yil Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Jizzax tumaniga Sharof Rashidov nomi berildi. 2016-yilda“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. 2016-yilda ilk bor mamlakat aholisi va hukumatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti yo‘lga qo‘yildi. 2016-yilda O’zbekistonga yangi avlod samolyotlari Boeing–787 Dreamliner keltirildi. 2016-yilga kelib, Xalqaro kurash Assotsiatsiyasining jahonning barcha qitalarida 120 dan ortiq kurash federatsiyalari tashkil etildi. 2016-yilgi Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiada mamlakatimiz tarixidagi eng sermahsul musobaqa bo‘ldi.
2017–2018-o‘quvyilidan boshlab O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida ta’limning sirtqi bo‘limi tashkil etildi. 2017-yil 11–13-may kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi O‘zbekiston – Xitoy munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tardi. 2017-yil 15-dekabrdagiPrezidentning farmoni asosida O‘zbekiston Islom akademiyasi tashkil etildi. 2017-yil 19-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi. 2017-yil 21-fevralda“O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon qabul qilindi.