11-sinf tarbiy



Yüklə 82,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/96
tarix22.09.2023
ölçüsü82,8 Mb.
#146827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
Tarbiya 11-sinf UZ

4


5
Tarbiya, 11-sinf
“Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga 
majburdirlar”. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasidan 
1. Mazkur qoidani daxldorlik tushunchasi bilan bog‘lab tushuntiring.
Fikringizni misollar bilan asoslang.
2. Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamaslik mamlakat rivojiga qanday ta’sir ko‘rsa-
tadi?
3. “Iqtisodiy bilim asoslari” fanidan olgan bilimlaringizga tayangan holda 
quyidagi savollarga javob bering:
– Soliqlar nima uchun yig‘iladi?
– Soliqlardan tushgan daromad qanday maqsadlarga sarflanadi?
Davlat va jamiyatning rivoji, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, ijtimoiy 
muhofazani amalga oshirishga soliqlarning qanday daxli bor? Bu jarayonlarning 
ta’minlanishi sizning hayotingizga ta’sir ko‘rsatadimi? 
Munosib hissa
“Biz tom ma’noda yangi O‘zbekiston-
ning farzandimiz, – deydi Qorako‘l tu-
manidagi matematikaga ixtisoslashgan 
maktabning 9-sinf o‘quvchisi Anvarbek 
Rahmatov. – Respublika va xalqaro olim- 
piadalarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga 
kiritdim. Janubiy Afrikada o‘tkazil-
gan fan olimpiadasida oltin va bronza, 
Ozarbayjonda o‘tkazilgan fan olimpia-
dasida esa kumush, Jautikov nomidagi Xalqaro olim- 
piadada bronza medaliga ega bo‘ldim. Bu yutuqla- 
rim asosida mamlakatimizda biz yoshlarga berilayot-
gan imkoniyatlardan oqilona foydalanishim yotadi
deb o‘ylayman. 
Niyatlarim juda katta. Maqsadim bizga beri- 
layotgan barcha imkoniyatlarga oltin medallar 
bilan javob berish orqali Vatanim dovrug‘ini dun-
yoga tanitishdir”. 
?
Ijodiy faoliyat
?
Mulohaza uchun
O‘zbekiston Respub
-
likasi Prezidentining
2021-yil 28-iyundagi 
Qarori bilan Anvarbek 
Rahmatov “Mard o‘g‘lon” 
davlat mukofoti bilan 
taqdirlandi.


1. Jamiyat ravnaqi uchun o‘zingizni qanchalik mas’ul deb hisoblaysiz?
2. Mulohaza uchun berilgan matnlarning bir-biri bilan qanday aloqadorligi 
bor?
3. Qurbaqaning harakatiga baho bering. Bu ish quyida berilgan “Muhimi – 
zanjirning uzilishiga sen sababchi bo‘lib qolmasligingdir” degan hikmat bilan 
qay darajada bog‘liq? Fikringizni asoslang.
4. O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning “Intellektual salohiyat Vatan 
sevgisi bilan uyg‘un bo‘lgandagina yuksak natijalar beradi” degan fikrini izoh
-
lang.
Bilingki, to‘qilgan matoda har bir ipning o‘z o‘rni bor. Matoning qaysi
yerida ip chirigan bo‘lsa, mato shu yerdan boshlab yirtiladi. Hayot zanjirida ham 
xuddi shunday: har bir odamning o‘z o‘rni va vazifasi bor. Muhimi – zanjirning 
uzilishiga sen sababchi bo‘lib qolmasligingdir.
?

Yüklə 82,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin