Tarbiya, 11-sinf
Oqibat
Mehribonlik uyiga bola asrab olish uchun bir oila keldi. Ularning nazari
ota-onasi avtohalokatga uchragan 7 yoshli bolaga tushdi. Bolakay: “Men sizlar
bilan keta olmayman”, – dedi. Undan buning sababini so‘rashdi.
“Bu yerda mening kichkina singlim bor, men – akaman, uni tashlab keta
olmayman. Ota-onamga va’da berganman”, – deb javob berdi bola.
Bunday oqibatni ko‘rgan insonlarning ko‘zlariga yosh qalqidi va aka-singilni
birga farzandlikka olishga qaror qilishdi.
1. Yuqoridagi rasmlarni qanday nomlagan bo‘lar edingiz?
2. Rasmlarda aks etgan opa-singil, aka-uka munosabatlarida qanday qadri-
yatlar yashiringan? Fikringizni bildiring.
3. 1-rasmdagi qizchaga: “О‘zing kichkina ekansan, bo‘yningdagi yuk og‘ir
-
lik qilmayaptimi?” deb savol berdilar. Qizchaning javobi qanday bo‘lgan deb
o‘ylaysiz?
4. Rasmlarni quyidagi “Oqibat” hikoyasi bilan bog‘lashga harakat qiling.
Ularning mas’uliyat va daxldorlik mohiyati bilan qanday bog‘liqligi bor? Rasm-
dagi bolalar kimning oldida mas’ul? Sizning oila a’zolaringiz oldida qanday
mas’uliyatingiz bor? Oila oldidagi mas’uliyat bilan Vatan oldidagi mas’uliyatni
bir-biri bilan bog‘lab tushuntiring.
Taniqlig-u sharafing otangdandir, mehri-
bonlik, mushfiqlik onangdandir.
Mahmud Zamaxshariy
?
Dostları ilə paylaş: