Tarbiya, 11-sinf
Mangulikka daxldor
Mahmud Mirzayev yoshligidan ko‘chatlar-
ni payvand qilishga, yangi navlarni yaratishga,
bog‘dorchilikka juda qiziqardi. Bu qiziqishi uni
Toshkent qishloq xo‘jalik instituti tomon yetakla-
di. Institutni tamomlagach, bog‘dorchilik-uzum-
chilikka ixtisoslashtirilgan “Qibray” xo‘jaligida bosh
agronom bo‘lib ish boshladi. Endi u diplomli mutaxassis. Uning zimmasida katta
mas’uliyat bor.
Yosh agronom ilmiy faoliyat bilan ham shug‘ullandi. Bog‘dorchilik-uzum-
chilikka oid tadqiqotlari natijasini 300 dan ortiq ilmiy asarlariga joyladi.
Agronomlikdan akademiklik darajasigacha bo‘lgan mashaqqatli va sharafli
yo‘lni bosib o‘tdi.
Mahmud Mirzayev Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining bog‘dorchilik
va sabzavotchilik bo‘limini uzoq yillar boshqargan. Uning rahbarligida tayanch
ilmiy ishlar – “O‘zbekiston mevashunosligi (pomologiya)” va “O‘zbekiston
ampelografiyasi” (uzumning turlari va navlari haqida) tayyorlandi. 2013-yili
ilmiy tadqiqot instituti akademik Mahmud Mirzayev sharafiga nomlandi.
1. Moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligini akademik Mahmud Mirzayevning
hayoti misolida tushuntiring. Unda moddiylik va ma’naviylik uyg‘unlashgan-
mi? Nima uchun? Mahmud Mirzayev faoliyatining jamiyat farovonligiga qanday
ta’siri bor?
2. Siz tanlagan yo‘l tinchlik va farovonlikni mustahkamlashga qay darajada
hissa qo‘shadi deb o‘ylaysiz?
3.
“Mangulikka daxldor”
matnini
farovonlik, tinchlik, ma’naviyat
kabi
atamalarning mohiyati bilan bog‘lab tushuntiring.
?
Dostları ilə paylaş: