9
Tarbiya, 11-sinf
1. Tadbirkor sharbat ishlab chiqaradi. U mas’uliyatni his qilgan hol-
da odamlarning sog‘lig‘iga ziyon yetkazmaydigan eng sara masalliqlardan
foydalanadi. Har bir masalliqni saralaydi va ekspertizadan o‘tkazadi.
2. Shifokor bemorga muolaja yozishdan oldin uni yaxshilab ko‘rikdan o‘tka-
zadi, qon va boshqa tahlillarni topshirishga buyuradi.
3. Chegarada turgan zobit diqqat bilan atrofni kuzatadi. Doim sergak turadi.
4. Samolyot Toshkent aeroportiga kelib qo‘ndi.
Pasport nazoratida turgan
xizmatchi har bir yo‘lovchining pasportini diqqat bilan tekshirib, erinmasdan
kompyuter orqali nazoratdan o‘tkazadi.
5. Samolyotlarning uchishi va qo‘nishini
tartibga soladigan dis-
petcher navbatchilik paytida nigohini monitordan uzmaydi. Zarurat bo‘lganida
uchuvchilarga yo‘l ko‘rsatadi.
6. Tasavvur qilib ko‘ring-chi, yuqoridagi kasb egalari o‘z vazifalariga nis-
batan mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ysalar, oqibati nima bo‘ladi?
7. Sharbatni texnologik ekspertizadan o‘tkazmaslik, shifokorning tahlillar
natijasisiz muolaja yozishi, chegarachining hushyorlikni yo‘qotishi, pasport
nazoratidagi e’tiborsizlik, dispetcherning o‘z vazifasiga sovuqqon munosabati-
ning oqibatlari sizning ham hayotingizga daxldormi?
8. Osmonda uchib ketayotgan samolyotning o‘z manziliga
muvaffaqiyatli
yetib borishida texnik xodimning daxldorlik darajasini tahlil qiling. Sizning-chi,
bunga daxlingiz bormi? Fikringizni asoslang.
?
Darsdan ijobiy saboq chiqarib
(7-bet 3-savoldagi qizchaning javobi: “Bu – yuk emas, mening ukam!”)
2-MAVZU: ERKIN VA FAROVON HAYOT MAZMUNI
Inson faoliyatida ikki muhim omil – moddiy va ma’naviy olam o‘za-
ro uyg‘unlashib, qo‘sh qanotga aylangan taqdirda, inson,
davlat va jamiyat
hayotida o‘sish-o‘zgarish, yuksalish jarayonlari sodir bo‘ladi. Shu bilan birga
bilim
va tajribasi, aql-idroki, kasb malakasi yetarli bo‘lgan, qonunlarni, o‘z haq-
huquqlari va majburiyatlarini yaxshi bilgan odamgina barcha sohada
ijobiy nati-
jalarga erisha oladi. Bu ma’naviyatning ishlab chiqarish, iqtisodiy rivojlanish
bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Aks holda, jamiyatda ma’naviy-axloqiy mu-
nosabatlar tanazzulga uchraydi, insonning sha’ni, qadr-qimmati poymol etiladi.
Dostları ilə paylaş: