114
1. Rivoyat nima uchun “Niyating – yo‘ldoshing” deb nomlangan?
2. “Har bir inson o‘z imkoniyatini to‘g‘ri baholashi zarur” deganda nimani
tushunasiz? Misol keltiring.
3. “Insonning yaxshi niyati – muvaffaqiyatlarining boshlanishi va tayanch
nuqtasi” degan tushunchani rivoyat bilan bog‘lab o‘z fikringizni bildiring.
1. Hasad hasadchining psixo-fiziologik rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Birovning yutug‘ini ko‘ra olmaslik, o‘sha odamga yomonlik yetkazishni o‘ylash
muntazam asabiylashishga olib keladi. Bu jarayonda inson o‘zidan salbiy (ne-
gativ) energiya chiqaradi. Organizm o‘zini o‘zi zaharlay boshlaydi. Bunday ruhiy
og‘irlik qandli diabet, bronxial astma, infarkt va yana qator kasalliklarni keltirib
chiqarishi mumkin.
2. Hasadning davosi: shukur qilish, sabr, kechirimli bo‘lish, kek saqlamaslik,
kamtarlik, havas va yaxshilik bilan oldinga intilish. Yaxshilikni eshitganda yax-
shilik egasiga xayrixohlik bildirib qo‘yish. Iloji bo‘lsa, “Siz uchun juda xursand
bo‘ldim, omadingizni bersin”, deyish kerak.
?
Dostları ilə paylaş: