14
3–4-MAVZU: DADIL QADAMLAR BILAN KATTA HAYOT SARI
1. Rasmlardan foydalangan holda mamlakatimiz-
da yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida
gapirib bering.
2. “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan
ajratib bo‘lmaydi”, deganda siz nimani tushunasiz?
3. Komil inson bo‘lish uchun qanday sifatlarga
ega bo‘lish kerak? Javobingizni asoslang.
4. Bugun Ravshan uchun ajoyib kun. Matematika
fanidan o‘tkazilgan respublika olimpiadasida birin-
chi o‘rinni egallab, xalqaro olimpiadaga yo‘llanma
oldi. U haqida televideniyeda ko‘rsatuv berilganida
ota-onasi, sinfdosh va mahalladoshlari ham xursand
bo‘ldilar.
Ravshanning bunday muvaffaqiyatga erishishi-
da kimlarning xizmati bor? Uning bu yutug‘i jami-
yatimizga qanday foyda keltiradi?
5. Yurtdoshlarimiz xalqaro musobaqalarda
g‘olib bo‘lib, ularning yutuqlari sharafiga mam
-
lakatimizning madhiyasi ijro etilganida nimani his
qilasiz?
Abu Nasr Forobiy: “Insonning barcha mavjudot-
lardan farqi uning aql-idrokliligida”, deydi.
Abu Rayhon Beruniy esa, insonni Xudo yarat-
ganini aytib, odamning butun hayoti va jismoniy tu-
zilishi geografik omillarga bog‘liq ekanini ko‘rsatib
o‘tadi.
G‘azzoliyning fikriga ko‘ra, inson buyuk
xilqat va uning oldida mudom xavf-xatar mavjud.
Muammolarni, xavf-xatarlarni bartaraf etgan
shaxsgina baxtlidir.
Dostları ilə paylaş: