8
Yo‘l chetida chamasi 60 yoshlar atrofidagi bir
kishi yuragini ushlab yer
-
da yotardi. Yonidan odamlar beparvo o‘tib borar, hech kimning bu kishi bilan
ishi yo‘q edi. Ikki yigit
esa chetroqda turib, yerda yotgan odamni telefoniga
suratga olar edi...
1. Siz shunday vaziyatda qanday yo‘l tutgan bo‘lar edingiz?
a) bu odamning
oldiga borib, undan yordam kerakmi yoki yo‘qligini so‘ragan
bo‘lardim;
b) vaqtimga qarardim, bemalol bo‘lsam, yordam berardim.
O‘z takliflaringizni bildiring.
...Zebo maktabdan qaytayotgan edi. Yo‘l
chetida yot-
gan odamni ko‘rib: “Bu kishining mazasi yo‘qmikan?
Biron yordam kerakdir?” deya ko‘makka shoshildi. U
odamning holatidan yuragi bezovta qilayotgani ko‘rinib
turardi.
Zebo bekatda turgan odamlar tomonga yugurib
borib, vaziyatni tushuntirdi.
Kimdir qo‘l telefonidan “Tez yordam”ga qo‘ng‘iroq
qilgan bo‘lsa, yana kimdir o‘sha
odamning oldiga kelib,
uni qulayroq yotqizdi. Yoshi 40 lardan oshgan bir
ayol uning kaftini uqaladi. Kimdir esa ro‘molcha
bilan yelpidi.
Ikki yigit esa jarayonni qo‘l
telefoniga suratga
olardi. Ularning bu ishi Zeboga yoqmadi, shekilli,
norozi bo‘lib qaradi.
Yigitlar nari ketishdi, lekin
o‘z ishlarini davom ettiraverdilar.
Ko‘p o‘tmay “Tez yordam” mashinasida
shifokorlar ham yetib keldi.
?
Ijodiy faoliyat
?
Ijodiy faoliyat
?
Mulohaza uchun
1. Voqea ishtirokchilarining harakatiga munosabat bildiring. Suratkash
bolalarning maqsadi nima? Siz
ham shunday maqsadda surat
olasizmi?
2. Matnning “Yaxshilikni har kim, har kuni
qilishi kerak” degan hikmat bilan bog‘liqligini
asoslang.
Dostları ilə paylaş: