2-MAVZU: ERKIN VA FAROVON HAYOT MAZMUNI
Inson faoliyatida ikki muhim omil – moddiy va ma’naviy olam o‘za-
ro uyg‘unlashib, qo‘sh qanotga aylangan taqdirda, inson, davlat va jamiyat
hayotida o‘sish-o‘zgarish, yuksalish jarayonlari sodir bo‘ladi. Shu bilan birga
bilim va tajribasi, aql-idroki, kasb malakasi yetarli bo‘lgan, qonunlarni, o‘z haq-
huquqlari va majburiyatlarini yaxshi bilgan odamgina barcha sohada ijobiy nati-
jalarga erisha oladi. Bu ma’naviyatning ishlab chiqarish, iqtisodiy rivojlanish
bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi. Aks holda, jamiyatda ma’naviy-axloqiy mu-
nosabatlar tanazzulga uchraydi, insonning sha’ni, qadr-qimmati poymol etiladi.
Dostları ilə paylaş: