Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
116
oshqozon yarasi va zarda bo`lish.............316-321 betlar
appenditsit,
ichak tutilishi, “o`tkir qorin”
(bu hollarda umuman ovqat yemang)......196-197
qand kasalligi (diabet)..............................248
yurak kasalliklari.......................................580
o`t pufagi muammolari .............................586
Ba`zi kasalliklar maxsus parhez talab qiladi. Ular quyidagi betlarda ko`r-
satilgan:
JUDA OG`IR KASALNI PARVARISH QILISH
SUYUQLIKLAR
Og`ir kasalning ko`p suyuqlik ich-
ishi muhimdir. Agar u ko`p icha olmasa,
unga tez-tez kichik ho`plamlarda
suyuq-
lik berib turing. Agar u zo`rg`a yutina
olsa, unga har 5-10 min.da og`ziga
tomchilab suyuqlik tomizib turing.
OVQAT
Bemor quyuq ovqatlarni iste`mol qila olmasa, unga sho`rva, sut,
sharbat va boshqa suyuq ovqatlardan ichiring (11-bob). Don, suli yoki
guruchdan tayorlangan bo`tqa
ham yaxshi, lekin ular “tana o`stiruvchi”
ovqatlar bilan birgalikda berilishi kerak. Sho`rvalarga tuxum, loviya yoki
yaxshi qiymalangan go`sht, baliq yoki tovuq go`shti solinishi mumkin.
Agar bemor birdaniga ko`p yeya olmasa, tez-tez oz-ozdan ovqat yeb turi-
shi kerak.
TOZALIK VA BEMOR HOLATINI O’ZGARTIRISH
Og`ir yotgan kasal uchun shaxsiy tozalikka e`tibor
berish muhim-
dir. U har kuni iliq suvda cho`miltirilishi kerak.
Choyshablarini tez-tez, har kuni almashtirib turing. Agar ular kir
bo`lsa, tezroq almashtirish kerak. Infeksion kasallik bilan og`rigan be-
morning kir yoki qon tegib qolgan choyshablari, ust-boshlari va sochiqlari
ehtiyotkorlik bilan yig`ishtirilishi kerak. Ulardagi
virus yoki mikroblarni
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
Dostları ilə paylaş: