117 o`ldirish uchun ularni sovunli suvga yoki biroz xlorli ohak qo`shilgan issiq
suvga solib yuving.
Bemor Holatini O`zgartirish Joyidan siljiy olmaydigan bemorlar kuniga bir necha mahal yotish
holatlarini o`zgartirishlariga siz yordam berishingiz kerak. Bu esa yotoq
yaralarning oldini olishga yordam beradi (400-bet).
Uzoq vaqtdan beri kasal bolaning onasi uni tez-tez ko`tarib turishi kerak.
Holatning tez-tez o`zgartirilishi uzoq vaqt o`rnida yotishga majbur
odamlar uchun katta xavf bo`lgan zotiljam(pnevmoniya)dan ham saqlay-
di. Agar bemor isitmasi ko`tarilib, yo`talayotgan va hansirab tez-tez nafas
olayotgan bo`lsa, unda o`pka shamollashi (pnevmoniya) boshlangan
bo`lishi mumkin (315-bet).
BEMORDAGI O`ZGARISHLARNI KUZATIB BORISH
Siz bemorning ahvolidagi har qanday o`zgarishlarga katta e`tibor
berishingiz kerak. Bu o`zgarishlar bemorning ahvolini yaxshilanayotgan
yoki yomonlashayotganini sizga bildirib turadi. Uning „hayot belgilari” jad-
valini tuting. Quyidagi o`zgarishlarni kuniga 4 mahal yozib boring:
tana harorati
minutdagi pulslar soni nafas olishi
(necha gradus) (minutiga necha marta)
Shuningdek, u kuniga qancha suyuqlik ichgani va ichagi bilan
qovug`i necha marta bo`shaganini ham yozib yuring. Ushbu ma`lumotlar-
ni tibbiyot xodimi uchun saqlang.
Bemorning kasali jiddiylashib yoki og`irlashib borayotganini bildiru-
vchi belgilarni kuzating. “Xavfli Kasalliklar belgilari” jadvali keyingi betda
berilgan. Agar bemorda ushbu belgilardan birortasi bo`lsa, tezda tibbiy yordamga murojaat qiling.
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
118 XAVFLI KASALLIKLAR BELGILARI
Quyidagi belgilardan biri yoki bir nechtasi bor
kasallar uyda davolanishi mumkin emas, ularga mal-
akali tibbiy yordam kerakdir. Bemor hayoti xavf ostida
bo`lishi mumkin. Iloji boricha tezroq tibbiy yordam-