114 Bemorni Qanday Parvarishlash Kerak 4



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix06.08.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#63032
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
uz la wtnd 2015 04



Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
114
Bemorni Qanday 
Parvarishlash Kerak
4
BOB
Kasallik organizmni kuchsizlantiradi. Bemor kuch-quvvat to`plash 
va tezroq davo topishi uchun uni maxsus parvarish qilish lozim.
Bemorni parvarishlash odatda davolashning eng muhim qismidir.
Dorilar hamisha ham zarur bo`lavermaydi. Lekin yaxshi parvarish 
doim muhimdir. Quyida bemorni yaxshi parvarishlash asoslari ko`rsatib 
o`tiladi:
Bemor tinch, qulay, 
toza havoli va yorug` joyda 
dam olishi kerak. Uni juda 
sovqotish yoki isib ketishdan 
saqlang.
Agar havo sovuq 
bo`lsa yoki kasal sovqotsa, uning ustiga choyshab yoki ko`rpa tashlab 
qo`ying. Agar havo issiq bo`lsa va kasalning isitmasi bo`lsa, uning ustini 
ochib qo`ying (167-bet).
SUYUQLIKLAR
Deyarli barcha kasalliklarda, 
ayniqsa, isitma yoki ichketar payt-
larda, kasal ko`proq suyuqlik ichishi 
kerak: suv, choy, sharbat, sho`rva va 
boshqalar.
BEMORGA QULAYLIKLAR 
YARATISH
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
115
SHAXSIY TOZALIK
Bemorni toza tutish muhim.U 
har kuni cho`miltirilishi kerak. Agar 
u yotgan joyidan tura olmaydigan 
darajada kasal bo`lsa, badanini iliq 
suvda namlangan yumshoq sochiq 
bilan arting. Uning ust-boshlari, 
choyshablari va ustiga yopiladigan 
narsalari ham toza tutilishi kerak. 
Bemor yotgan joyga ovqat bo`lak-
lari va ushoqlar tushib qolmaganiga 
e`tibor bering.
BEMORNI HAR KUNI 
CHO`MILTIRING
iliq
suv
YAXSHI OVQATLANISH
Agar bemorning qorni ochsa, unga ovqat 
bering.
Ko`p kasalliklarda maxsus parhez talab 
qilinmaydi.
Bemor ko`p suyuqlik ichishi va foydali mod-
dalarga boy ovqatlardan ko`proq iste`mol 
qilishi kerak (11-Bob).
Agar bemor juda quvvatsiz bo`lsa, unga iloji 
boricha tez-tez to`yimli ovqatlardan berib 
turing. Kerak bo`lsa ovqatlarni ezib yoki 
sho`rva, sharbatlarga qo`shib bering.
Guruch, bug`doy, suli, kartoshkani ezib, yumshoq bo`tqa (pyure) 
holida berilsa, ancha quvvat bo`ladi. Unga shakar va o`simlik yog`idan 
qo`shish ozuqa quvvatini oshiradi. Bemor ovqat yemasa uni shirin ichim-
liklar ichishga undang.


Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin