KURS ISHI Mavzu: Izoxinolin olinishi, fizik-kimyoviy xossalari va ishlatilishi
Mavzu: Izoxinolin olinishi, fizik-kimyoviy xossalari va ishlatilishi.
Mundarija : Kirish……………………………………………………………………….1-3
I Bob. Izoxinolin olinishi, fizik-kimyoviy xossalari………………………………………4-8
1.1 Izoxinolin gruppasiga kiradigan alkaloidlar………………………………………..9-12 1.2 Izoxinolin tuzilishi, olinishi va xossalari……………………………………………...13-16 II Bob Izoxinolining fizik-kimyoviy ishlatilishi…………………………………………..17-19 2.1 Izoxinolin sintezi va uning xossalari…………………………………………………….20-24 2.2 Izoxinolin tuzlari va ularning ishlatilishi……………………………………………..25-29 Xulosa………………………………………………………………………………………………………31 Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………………………….30
Kirish Bu gruppaga Izoxinolin va uning preparatlari kiradi, ular bezgak kasalligini qo‘zg‘atadigan mikroblarni o‘ldirish yoki o‘sishdan to‘xtatish xossasiga ega.
Hozirgi vaqtda xin daraxti po’slog’ida 25 xil alkaloid borligi aniqlangan, ulardan eng ahamiyatligi Izoxinolin, xinidin, sinxonin, sinxonindin alkaloidlaridir.
Izoxinolin birinchi marta 1814 yilda Xarkov universitetining professori F.I. Gize topgan va unga sinxonin deb noto‘g‘ri nom berilgan edi. Sinxoninni esa fransuz farmatsevtlari Pellete va Kaventular 1820 yilda kashf etdilar.
Shtrekker 1854 yilda Izoxinolin formulasini to‘la o‘rgandi, sintez usuli esa 1944 yilda yo‘lga qo‘yildi.
Izoxinolin Janubiy Amerikada, Yava orolida va Yaponiyada o‘sadigan xin daraxti po‘stlog‘idan olinadi. Po‘stloqda 3% gacha xinin, 2,5% xonin va boshqalar uchraydi. Xin daraxti po‘stlog‘idan olinadigan modda XVII asrdan boshlab dori sifatida ishlatilib kelingan.
Izoxinolin xin daraxti po‘slog‘idagi boshqa alkaloidlardan ajratib olish uchun po‘stloqni maydalab natriy ishqori yoki kalsiy gidroksid bilan ishlanadi. Bunda po‘stloq tarkibidagi barcha alkaloidlar asos holiga o‘tadi va ularni benzol yordamida ajratib olinadi. Benzolli ekstraktni suyultirilgan sulfat kislota bilan aralashtirilsa, suv va benzolda yomon eriydigan xinin sulfat cho‘kmaga tushadi. Benzol qatlamida esa boshqa alkaloidlar qoladi. Xinin sulfatni ajratib olib ishqorlar yordamida xinin-asosga o‘tkaziladi va undan xinining turli tuzlari olinadi.
Izoxinolin molekulasidagi turli funksional gruppa va geterotsiklik yadrolarni oksidlash, qaytarish reaksiyalari va sintez yordamida anilangan.
Izoxinolin molekulasi xinolin (I), xinuklidin (II) yadrolari, metoksil, gidroksil gruppalari va vinil (III) radikallaridan tashkil topgan.
Izoxinolin molekulasidagi metoksil gruppasini aniqlash uchun xininni xlorid va yodid kislotalari bilan qaynattilsa,metil xlorid yoki metil yodid hosil bo‘ladi.
Birinchi marta A.M. Butlerov bilan A.N. Vishnegradskaya Izoxinolinga natriy ishqorini ta’sir ettirib, sof holdagi xinolinni oldilar.
Agar Izoxinolinga kislotali sharoitda kaliy permanganat ta’sir ettirilsa, xinin molekulasidagi bir atom ullerod ajralib chiqib, vinal gruppasini isbotlovchi chumoli kislota hosil bo‘ladi.
Izoxinolin xrom kislota bilan oksidlansa, Izoxinolin yadrosini isbotlovchi xinin kislota va meroxinen hosil bo‘ladi.
Izoxinolin 1000 va undan yuqori temperaturada kislorod bor kislotalar bilan qaynatilsa, spirt gruppasi ketonga aylanib, xinuklidin yadrosi esa buziladi. Natijada Izoxinolin zaharli moddaga aylanib qoladi. Shuning uchun Izoxinolining kislorodsiz kislotalar bilan bergan tuzlari eritmasini avtoklavda 1200 dan yuqori temperaturada sterillash tavsiya etilmaydi.
Izoxinolin meditsinada bezgak kasalligiga qarshi modda sifatida ishlatiladi. Hozir bezgakka qarshi qo‘llaniladigan preparatlar soni juda ko‘p. Plazmoxin, plazmotsid, akrixin, bigumal, xloridin, xinotsid shular jumlasidandir.
Meditsinada xininning turli tuzlari ishlatiladi.