AHDarslikda keltirilgan misollarni o‘quvchilar bilan birga tahlil qilish yahshi samara beradi. Mavzuni mustahkamlash va yakunlash: SJ Darslikdagi yoki qo’shimcha savol va topshiriqlar.
MY Darslikdagi 1-2-mashqlar.
Uyga vazifa: 1. Darslikdagi 3-mashq.
2. Test tuzish (5 ta va undan ortiq).
3*. Chiziqli dastur tuzish uchun masalalar yozib kelish.
28 – dars. Chiziqli dasturlar tuzish mavzusini takrorlash
Darsning blok-chizmasi: D jadval
O’tilganlarni takrorlash avvalgi mavzular materiallari va darslikning shu mavzusida berilgan vazifalar yordamida amalga oshiriladi.
Uyga vazifa: 1. Darslikdagi ishlanmay qolgan yoki qo’shimcha misollar.
2. O’quvchi o’zi yozgan masalaga mos chiziqli dastur tuzishi.
Ba’zi masalalarni yechimlari: 1. Birinchi shakl uchun model: S=ab–r2. Ikkinchi shakl uchun model: S=a2–r2. Uchinchi shakl uchun model: S=R2–r2.
4. Muntazam ko’pburchakning tomoni 4 ta, demak, u kvadrat. Kvadrat diagonali aylana diametri bo’lgani uchun Pifagor teoremasidan: (2R)2=a2+a2. Ya’ni, masala modeli: a= R.
29 – dars. O‘tish va tarmoqlanish operatorlari
Darsning texnologik xaritasi
Mavzu
O‘tish va tarmoqlanish operatorlari
Maqsad va vazifalar
Darsningmaqsadi: o‘quvchilarga Paskal dasturlash tilida o‘tish va tarmoqlanish operatorlari yordamida dastur tuzishni o‘rgatish.
Darsning ta’limiy vazifasi: o‘quvchilarga o‘tish va tarmoqlanish operatorlari yordamida masalalarni hal etish haqida bilim va ko’nikma berish.