12-1 Mad 19 guruhi talabasi G’aybullayev Ruslan Asliddinovichning


Ma’muriy hukuk sub’ektlari tushunchasi



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə3/6
tarix01.05.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#105366
1   2   3   4   5   6
huquq

Ma’muriy hukuk sub’ektlari tushunchasi.
Prezident ma’muriy-huquqiy munosabat sub’ekti sifatida.
YUridik faktlar (xatti-harakat, hodisa) tufayli ma’muriy-huquqiy munosabatlar o‘zgarilishi yoki to‘xtatilishi, ushbu munosabatlar sub’ektlarining ijobiy harakatlari amalga oshirilishi yoki xuquqbuzarliklar sababli paydo bo‘lishi mumkin.
Tomonlardan biri ma’muriy-huquqiy munosabatlar majburiyatini bajarmagan hollpg‘arda yuridik ma’suliyat eng avvalo vakolatli boshqaruv organi timsolida davlat oldida paydo bo‘ladi, hatto ayrim hollarda munosabatlar tomoni o‘zi bo‘lgan shaxs timsolida paydo bo‘ladi. Davlat yong‘in nazorati organi, masalan, mansabdor shaxsga ilgari aniqlangan yong‘inga qarshi qoidalarning buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi yozma buyruqni belgilangan muddatda bajarmaganlik uchun jarima solishi mumkin.

Prezident ma’muriy-huquqiy munosabat sub’ekti sifatida.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasida davlat boshlig‘idir.
Prezidentning davlat markaziy organlari tizimida tutgan o‘rni davlat boshqaruvining shakliga bog‘liq. Agar mamlakatda davlat boshqaruvining parlamentar respublika turi o‘rnatilsa, bu holda Prezident faqat davlat boshlig‘i vazifasini bajaradi va u ijroiya hokimiyatiga rahbarlik qila olmaydi. SHuning uchun ham boshqaruvning prezidentlik respublika shaklida prezident davlat organlari tizimida markaziy o‘rinni egallaydi.
Respublika Prezidenti davlat va millatning mushtarak birligi ramzidir. Mazkur sifatda Prezident O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yahlitligini muhofaza etish, fuqarolarning huquq va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlariga rioya etilishining kafilidir. U davlat qonun chiqaruvchi va ijroiya organlarining bahamjihat ishlashini ta’minlaydi. Respublika Prezidenti davlat va ijroiya hokimiyatlarining boshlig‘i sifatida Respublika Konstitutsiya va qonunlariga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan Respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti: fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir; O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radi; mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston nomidan ish ko‘radi; muzokaralar olib boradi hamda O‘zbekiston Respublikasining shartnoma va bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya qilishni ta’minlaydi; o‘z huzurida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik hamda boshqa vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi; O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarni tayinlash uchun nomzodlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etadi; ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi; respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini ta’minlaydi; vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig‘iga kiritadi; Senat Raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdim etadi va lavozimidan ozod qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tasdiqlaydi va lavozimlaridan ozod qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlarini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga Konstitutsiyaviy sud raisi va sudyalari, Oliy sud raisi va sudyalari, Oliy xo‘jalik sudi raisi va sudyalari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi; viloyat, tumanlararo, tuman, shahar, harbiy va xo‘jalik sudlarining sudyalarini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod etadi; viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi. Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident o‘z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli; respublika davlat boshqaruv organlarining, shuningdek hokimlarning qabul qilgan hujjatlarini to‘xtatadi, bekor qiladi; O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va e’lon qiladi; qonunga o‘z e’tirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qo‘yish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli; O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati e’lon qiladi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tasdig‘iga kiritadi; favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashni ko‘zlab, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasii Oliy Majlisining palatalari tasdig‘iga kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi; O‘zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorlig‘i bilan mukofotlaydi, O‘zbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini beradi; O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni hal etadi; amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritadi va O‘zbekiston Respublikasining sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etadi; O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatini tuzadi. Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik shu masalalarga doir farmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi; ushbu Konstitutsiya va O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Prezident o‘z vakolatlarini bajarishni davlat idoralariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga haqli emas.


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin