Mahalliy hokimiyat organlari ma’muriy-huquqiy munosabat sub’ekti sifatida: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XX1-bobida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining tizimini belgilagan. Unga binoan mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari viloyatlar, tumanlar va shaharlarda tashkil qilinadi. Tumanlarga bo‘ysunadigan va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda davlat hokimiyati vakillik organlari tashkil qilinmaydi. Jumladan, Toshkent shahri tarkibidagi tumanlarda ham vakillik organlari tuzilmaydi. SHuningdek, shaharcha, ovul, qishloqlarda ham davlat hokimiyati vakillik organlari tuzilmaydi.
Hokimlar xalq deputatlari kengashlari sessiyasiga tayyorgarlik ishlariga rahbarlik qiladi, sessiya chaqiradi, sessiya haqida deputatlarni va aholini xabardor qiladi, sessiyaga rahbarlik qiladi hamda sessiyada qabul qilingan qarorlarni imzolaydi.
Amaldagi Konstitutsiya O‘zbekistonning quyi ma’muriy hududlarida davlat hokimiyatining vakillik organlari bo‘lishini nazarda tutmaydi.
Qishloq, shahar va ovullarda, shuningdek ularning tarkibidagi mahallalarda va shahar tarkibiga kiruvchi mahallalarda davlat hokimiyati organlari emas, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tuzilishi nazarda tutiladi. Bu bilan ko‘p vaqtlardan beri ta’kidlanib kelingan mahalliy hokimiyat organlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish tizimining etakchisidir, degan tushunchaga barham berildi.
Jamoat birlashmalari ma’muriy-huquqning sub’ekti sifatida:Davlat organlari va davlat xizmatchilaridan tashqari jamoat birlashmalari mamuriy huquqiy munosabatlarning sub’ektlari bo‘lishlari mumkin, ularning ostida Oliy Majlis tomonidan, 1991 iil 15 fevralda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasidagi jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya sohasidagi va turmushning boshqa sohalaridagi o‘zlarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini birgalikda amalga oshirish uchun birlashgan fuqarolarning erkin istaklari natijasida paydo bo‘lgan ixtiyoriy tuzilmalar tushuniladi.
Qonunga muvofiq siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar yoshlar va bolalar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar tashkilotlari, ilmiy, texnik, madaniy-oqartuv, jismoniy tarbiya, sport va boshqa jamiyatlar, ijodiy uyushmalar, fondlar, assosiatsiyalar va fuqarolarning boshida birlashmalari jamoatchilik birlashmalari deb tan olinadi.
Jamoat birlashmalari - bu xalqning o‘zini o‘zi boshqarish tizimi bo‘g‘inidir. Ular davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini tuzishda, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari qarorlarini ishlab chiqishda qatnashadilar. Davlat va jamoatchilik organlarida o‘z a’zolarining qonuniy manfaatlarini ifodalaydilar. Biroq mazkur faoliyat faqat Konstitutsiya doirasida amalga oshirilishi kerak. Jamoat birlashmalariga va ularning organlariga qonuniy va demokratik yo‘l bilan shakllangan hokimiyat organlari va boshqaruvi hamda vakolatli hokimiyat egalariga demokratiyaga qarshi kuch bilan taziyq o‘tkazish qonun bilan taqiqlanadi. Qonuniy faoliyat ko‘rsatayotgan hokimiyat boshqaruv organlari va mansabdor shaxslarga nisbatan taziyq o‘tkazish kabi har qanday urinishlar qonun bilan bartaraf etiladi.
Jamiyatning ahloqiy negizlarini umuminsoniy qadriyatlarni buzishga qaratilgan faoliyat, shuningdek, konstitutsion tizimni qonunga qarshi o‘zgartirish yoki hududlarning birligini buzish, jamiyatni bo‘linib ketishga olib keluvchi urushni, zo‘ravonlikni va shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi, ijtimoiy, irqiy, milliy va diniy adovatni avj oldiruvchi faoliyat taqiqlanadi. SHu sababli jamoa, harbiylashtirilgan va qurolli uyushmalar, shuningdek, diniy tusdagi partiyalar, uyushmalar tuzish qonun bilan taqiqlanadi.
Barcha jamoat birlashmalari o‘zlarining nizomlarida, boshqa huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan funksiyalarni bajara borib, Konstitutsiya va Respublikamizning boshqa qonunlari doirasida ishlaydilar.
Davlat jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini ta’minlaydi va Konstitutsiyaga muvofiq ular tomonidan vazifalarning bajarilishi uchun shart-sharoitlarni kafolatlaydi. Davlatning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda ruxsat etiladi.