12-mavzu. Avtomatik rostlagichlar tuzilishi va sinflanishi



Yüklə 13,52 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü13,52 Kb.
#202009
  1   2   3
12-mavzu. Avtomatik rostlagichlar tuzilishi va sinflanishi-fayllar.org


12-mavzu. Avtomatik rostlagichlar tuzilishi va sinflanishi




12-mavzu. Avtomatik rostlagichlar tuzilishi va sinflanishi 
Reja:
1. 
Rostlagichlarning sinflanishi.
2. 
Pozitsion rostlagich 
3. 
Proportsional rostlagich 

Tayanch so‘z va iboralar: klassifikatsiya, bevosita, bilvosita, pnevmatik elektrik, 
kombinirlashgan, energiya turi bo’yicha, rostlash qonuniyati bo’yicha. 

12.1. Rostlagichlarning sinflanishi 
Avtomatik rostlagichlar - bu har qanday parametrlarni ma'lum darajada
avtomatik ravishda ushlab turish yoki ularni qandaydir qonuniyatga muvofiq
o'zgartirish uchun mo'ljallangan qurilmalardir.
Rostlash qonuni bu rostlagichning chiqish qiymatini Δx kirish qiymatiga
bog'liqligidir.
y = f (Δx)
bu erda Δx - farq signalidir (boshqaruvchi kirish signali).
y - rostlovchi (boshqaruvchi chiqish signali).
Rostlagichlar quyidagicha sinflanadi:
1. Sozlanadigan parametr turiga ko'ra rostlagichlar quyidagilarga bo’linadi:
a) harorat;
b) bosim;
c) sath;
g) sarf;
e) va boshqalar.
2. Ish rejimiga ko'ra:
a) uzluksiz - bu rostlagichlar doimiy ravishda rostlash xususiyatiga ega;
b) uzlukli - bu rostlagichlar faqat sozlanadigan parametr ba'zi ekstremal qiymatlarga
erishgandan keyingina rostlovchi ta'sir ko'rsatadi.
3. Konstruktsiyasiga ko’ra:
a) agregat - maxsus yaratilgan agregat ko’rinishida;
b) asbobli - ular o'lchash asboblari yoki ikkilamchi o’lchash qurilmalari ichiga
o'rnatiladi;
c) apparatli - ikkita blokdan iborat: o'lchov va shakllantirish, ular umumiy korpusga
o'rnatilgan.
4. Ta’sir turiga ko’ra:
a) bevosita to'g'ridan-to'g'ri ta’sir etuvchi - bu rostlagichlar to'g'ridan-to'g'ri
datchikdan ma’lumot olib ishlaydi, ularning energiyasi hisobiga va bunday
rostlagichlarga qo'shimcha quvvat manbai zarur emas;
b) bilvosita (bilvosita) ta’sir etuvchi - bu rostlagichlar maxsus quvvat manbalari
hisobiga ishlaydi.



5. Foydalaniladigan energiya turiga ko’ra:


a) elektrik;
b) pnevmatik;
c) gidravlik;
g) kombinatsiyalangan.
6. Rostlash qonuniyatiga ko’ra:
a) Pozitsion (PZ);
b) Proportsional (P);
c) Integral (I);
d) Proporsional-integral (PI);
d) Proporsional-differentsial (PD);
f) Proporsional-integral-differentsial (PID).
Rostlagichni umumiy struktura sxemasi
12.1. rasm Rostlagichlarning umumiy ulanish sxemasi
Δx = x
j
– x
b

bu erda Δx - farq signali, boshqaruvchining kirish signali; x


j
- parametrning joriy
qiymati; x
b
- parametrning belgilangan qiymati;
RO - rostlash organi; BTO – boshqarishning texnologik ob'ekti;
D - datchik; TE - taqqoslash elementi;
TBE – tobshiriq beruvchi element; QK – quvvat kuchaytirgichi;
IM – ijrochi mexanizm.



Yüklə 13,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin