12-mavzu. Xalqaro moliya munosabatlarida to’lov balansini boshqarish



Yüklə 29,83 Kb.
səhifə3/7
tarix20.10.2023
ölçüsü29,83 Kb.
#158163
1   2   3   4   5   6   7
Xalqaro moliya munosabatlarida to’lov balansini boshqarish

Tashqi iqtisodiy operatsiyalar

Kredit (+)

Debet (-)

Aktiv, mlrd. AQSh dollarida

-

10

Passiv,mlrd AQSh dollarida

10

-

Xalqaro iqtisodiy operatsiyalarni to’lov balansining debet yoki kredit qismida aks ettirishning umumiy qoidasi quyidagi jadvalda keltirilgan.

Operatsiya

Kredit (+)

Debet (-)

Tovarlar va xizmatlar

Tovarlar va xizmatlar eksporti

Tovarlar va xizmatlar importi

Investitsiyalardan daromadlar va mehnatga haq to’lash (ish haqi)

Norezidentlar dan tushgan (olingan) tushum

Norezidentlarga
to’lovlar

Bir tomonlama o’tkazmalar

Mablag’larni olish

Mablag’larni berish

Moliyaviy aktivlar bilan operatsiyalar

Uzoq va kisqa muddatli kreditlarni olish

Uzoq va kisqa muddatli kreditlarni berish

To’lov balansi ikkita yirik bo’limga bo’linadi, ya’ni joriy operatsiyalar hisobi (current account balance) bo’limi hamda kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobi (capital and financial account) bo’limi. XVF mamlakatlar to’lov balansini ikki xil ko’rinishda, ya’ni jamlangan va operatsiyalari batafsil, to’liq ko’rsatilgan holda e’lon qiladi.
To’lov balansi moddalarini XVFning davriy nashrlarida beriladigan to’liq tarkibi tuzilishi:



TO’LOV BALANSI

Summa

Balansning bo’lim va moddalari

DEBET

KREDIT

1

JORIY OPERATslYaLAR HISOBI







A

Savdo balansi







V

Xizmatlar balansi







S

Joriy o’tkazmalar







1 BO’LIM JAMI







2

KAPITAL VA MOLIYaVIY VOSITALAR BILAN










OPERATsIYaLAR HISOBI







A

Kapital bilan operatsiyalar hisobi







V

Moliyaviy hisob










1

To’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar










2

Portfel investitsiyalar










3

Boshqa investitsiyalar










4

Zaxira aktivlari







2 BO’LIM JAMI







YaKUNIY BALANS (1+2)






Joriy operatsiyalar hisobi. To’lov balansining ushbu bo’limi tovarlar, xizmatlar va bir tomonlama o’tkazmalar bilan bog’liq xalqaro bitimlari natijasida olingan mamlakatning sof daromadlari qiymatini qo’rsatadi va u quyidagicha hisoblanadi:



Joriy
operatsiyalar hisobi balansi

=

Eksportdan daromadlar

-

Importga xarajatlar

-

Chet elga sof o`tkazmalar

Chet elga sof o’tkazmalar firmalar, uy xo’jaliklari va hukumat tomonidan chet elga o’tkazmalardan ushbu mamlakat rezidentlariga xorijdan yuborilgan o’tkazmalarni chegimasiga teng.


To’lov balansining joriy operatsiyalar hisobining ijobiy qoldig’i va chet el aktivlari o’rtasidagi bog’liqlik quyidagi ko’rinishga ega:

Joriy operatsiyalar hisobining ijobiy qoldig’i

=

Chet elda aktivlarning sof ortishi



Chet elda aktivlarning sof ortishi - bu mahalliy rezidentlar egalik qiluvchi xorijdagi aktivlarining ushbu mamlakatda norezidentlar egalik qiluvchi mahalliy aktivlardan ortishi tushiniladi.


Shuningdek, joriy operatsiyalar hisobining taqchilligi chet eldagi aktivlarning sof kamayishini ifodalaydi. Ya’ni:

Joriy operatsiyalar hisobining taqchilligi

=

Chet eldagi aktivlarning sof kamayishi

Bunda mamlakat qarzdor hisoblanadi. Masalan, O’zbekiston yana chet elga sotish uchun aktivlarga ega. Biroq, biz sekinlik bilan chet eldan jalb etiladigan qarzlarni ko’paytirishimiz, kelajakda ularni asosiy qarz summasi bilan birga foiz to’lovi bilan qaytarishga majbur bo’lamiz. Natijada, har bir mamlakat to’lov balansidagi joriy operatsiyalar hisobi balansi o’zaro tenglashadi.


Joriy operatsiyalar balansidagi defitsit mamlakatning boshqa mamlakat oldidagi qarzdorini ortishini o’zida aks ettiradi. Agar mamlakat joriy operatsiyalar balansida defitsit yuzaga kelsa, u albatta mazkur taqchillikni har qanday yo’l bilan bo’lsa ham (boshqa bir mamlakatdan qarz olish, o’z valyuta zaxirasidan foydalangan holda va h.k.) to’lashi zarur.
To’lov balansida joriy operatsiyalar hisobidagi defitsit (taqchillik) quyidagi yo’llar orqali moliyalashtirilishi mumkin:
- chet elga ma’lum bir qism milliy aktivlarni sotish, ya’ni xorijiy mamlakatga to’g’ridan-to’g’ri yoki portfel investitsiya shaklida turli milliy aktivlari yoki mablag’larni qo’yish;
- chet el banklaridan, hukumatlaridan yoki xalqaro tashkilotlardan tashqi qarz olish yordamida;
- mamlakat Markaziy bankida saqlanayotgan rasmiy valyuta zaxiralaridan foydalanish orqali, ularni taqchillikni bartaraf etish uchun sarflash hisobiga.
Ba’zan, mamlakatlar joriy operatsiyalar hisobidagi taqchillikni moliyalashtirish imkoni qolmaganda, ya’ni moliyalashtirish uchun tashqi kredit olib bo’lmasa, mamlakat valyuta zaxirasi minimum darajaga etib qolgan bo’lsa, xorijga qilinadigan xarajatlarini qisqartirish yoki chet elga tovarlar va xizmatlarni sotish orqali daromadlarini oshirish yo’li bilan defitsitni bartaraf etadi.
Tashqi savdo balansi. To’lov balansining birinchi bo’limi bo’lgan joriy operatsiyalarning dastlabki moddasi mamlakatning tashqi savdo balansi hisoblanadi. XVF eksport va importni bir xil tartibda baholashni taklif etgan bo’lib, unga ko’ra eksport qiluvchi mamlakat chegarasidagi bahoda aniqlanadi. Shuning uchun, eksport va import baholash uchun FOB (free on board) baholardan foydalanish talab etiladi. CIF (Cost, Insurance and Freight) baholaridan esa, import operatsiyalarida kengfoydalaniladi va ba’zan ularga tegishli to’g’irlashlar ham kiritiladi.Bunday to’g’irlashlar AQSh, Germaniya, Frantsiya kabi mamlakatlar to’lov balanslarida bo’lib, 1990 yillarda mazkur mamlakatlar importining 3-4 foizi FOB narxlarida amalga oshirilgan. O’sha paytda Yaponiyaning tashqi savdosida dengiz orqali yuklarni o’tkazish qariyb 10%dan yuqori bo’lgan.
Bir tomonlama o’tkazmalar va xizmatlar balansi. Joriy operatsiyalar hisobining ikkinchi asosiy qismi xizmatlar balansi hisoblanadi. Xalqaro savdoda xizmatlar muhim ahamiyatga ega. Xizmatlar balansida transport xizmatlari, jumladan yuk yo’lovchilarni tashish, sug’urta, elektron, tele-kosmik, telegraf, telefon, pochta va boshqa turdagi aloqa xizmatlari, xalqaro turizm, ishlab chiqarish va ilmiy-texnik tajribalarni o’zaro almashish, ekspert xizmatlari, chet elda diplomatik, savdo va boshqa vakolatxonalarni saqlash, ma’lumotlar berish, ilmiy-ma’naviy va madaniy hamkorlik xizmatlari, reklama, yarmarka va turli yig’inlar uchun yig’imlar va h.k. bo’yicha to’lovlar va tushumlar aks etadi.
Shuningdek, joriy operatsiyalar balansida bir tomonlama o’tkazmalar, xususan olingan daromadlar, ya’ni xorijga qo’yilgan investitsiyalardan olingan daromadlar yoki chet el investitsiyalariga to’lovlar ham asosiy rol o’ynaydi. To’lov balansining aynan ushbu moddasi mamlakatda xorijiy tadbirkorlikni rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Mamlakatdan tashqarida olingan daromadlarni investor o’z mamlakatiga o’tkaza olmasligi davlatga xorijiy investitsiyalarni kirib kelishiga keskin to’siq bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham, XVF ustavida alohida 8-kelishuv moddasi (2 (a), 3 va 4 qismlari) bo’lib, unga ko’ra o’ziga xalqaro operatsiyalar bo’yicha majburiyat oluvchi mamlakat XVF bilan kelishmasdan turib, joriy operatsiyalar bo’yicha to’lovlar va turli o’tkazmalarni amalga oshirishda diskriminatsion valyuta cheklovlarini o’rnatishi mumkin emas. XVF a’zosi bo’lgan jahondagi ko’plab mamlakatlar (hozirgi kunda 150dan ortiq mamlakatlar) XVFning 8-kelishuv moddasini qabul qilishgan. O’zbekiston esa, mazkur moddani 2003 yilda o’zida qo’llash bo’yicha majburiyat olgan, ya’ni qabul qilgan.
Joriy o’tkazmalarga turli ko’rinishdagi bir tomonlama o’tkazmalar, shuningdek, qaytarmaslik sharti bilan bilan beriladigan mablag’lar, to’lovlar ham qo’shiladi. Ularni ikki ko’rinishga bo’lish mumkin, ya’ni davlat operatsiyalari va shaxsiy maqsadlar uchun bir tomonlama o’tkazmalar. Davlat operatsiyalari bilan bog’liq bir tomonlama o’tkazmalarga bir mamlakatning boshqa bir mamlakatga iqtisodiy yordam tariqasida bergan subsidiyasi, yoki beg’araz yordami, xalqaro tashkilotlarning to’lovi, moliyaviy grantlari, foizsiz ajratmalari va.h.k. kiradi. Shaxsiy maqsadlarda foydalaniladigan operatsiyalar xorijdagi ishchilarning, mutaxassislarning, qarindoshlarning o’z vataniga, oilasiga shaxsiy extiyoj yoki boshqa turli maqsadlar uchun yuborgan mablag’lari bilan bog’liq faoliyatni o’z ichiga oladi.
Kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobi. To’lov balansining ikkinchi bo’limi kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobini o’zida aks ettirib, u turli shakldagi investitsiyalarning xalqaro harakatini, xususan aktivlarni sotishdan, masalan mahalliy aktsiyalarni, obligatsiyalarni, ko’chmas mulk va kompaniyalarni chet elga sotishdan olingan daromadlar, shuningdek, chet eldan rezidentlarning aktivlarni sotib olish uchun qilgan xarajatlarini hisobga oladi. Mazkur bo’limda jalb etilgan va berilgan savdo kreditlari va bo’nak(avans) to’lovlari, ssuda va qarzlar, naqd xorijiy valyuta, joriy operatsiyalar hisobidagi qoldiqlar va depozitlar, muddati o’tkazib yuborilgan qarzdorlik, hukumatlararo kelishuvlar asosida etkazib beriladigan tovarlar bo’yicha qarzdorlik, eksport mahsulotlari bo’yicha olinishi kutirayotgan kontagentning moliyaviy qarzdorligi, import operatsiyalariga berilgan bo’naklar bo’yicha qarzdorlik aks ettiriladi.

Kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobi

=

Aktivlarni sotishdan tushgan tushumlar

-

Xorijda aktivlarni sotib olish uchun qilingan xarajatlar

Mamlakatning aktivlari bilan bog’liq barcha xalqaro bitimlar (ularni sotish va sotib olish) kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobida o’z aksini topadi. Masalan, O’zbekiston chet elga qarz mablag’larini bersa, u o’z aktivlarini sotgan bo’ladi, ya’ni uni kelajakda sotib oluvchi asosiy qarzga qo’shimcha foiz to’lovi bilan qaytarib to’laydi. Mazkur operatsiya kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobining “kredit” qismida aks etadi.


Shuningdek, kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobida kapital transfert(o’tkazma)lar (mulkni asosiy kapitalga qaytarmaslik sharti bilan o’tkazish) ham yoziladi. Unga aeroport, kasalxona, yo’l qurilishi va h.k. kabi investitsion grantlar, hukumat tomonidan qarzdorlikni “so’ndirish” operatsiyalari kiradi.
Kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobi qoldig’i (saldosi) uzoq va qisqa muddatli kreditlarni olish va taqdim etishda namoyon bo’lib, ular aktivlar bilan barcha bitimlardan xorijiy valyutalarni sof tushimini ko’rsatadi. Kreditlarni taqdim etish chet el aktivlarini (aktsiya, obligatsiya, ko’chmas mulk va h.k.) sotib olishga qilingan xarajat hisoblansa, kreditlarni olish aktivlarni sotishdan kelgan tushim sifatida baholash mumkin.
Joriy operatsiyalar balansi moddalarini kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobidagi uzoq va qisqa muddatli kreditlarni olish va taqdim etish hamda kapital transfertlar orqali to’ldirish mustaqil rasmiy hisob-kitoblar balansini olish imkonini beradi.
Rasmiy hisob kitoblar balansi “Sof xatolar va o’tkazib yuborishlar” moddani o’zi ichiga olgan. Nazariy jihatdan olganda har bir bitim to’lov balansida debet va kredit ko’rinishida ikki marta aks etsa ham, amaliyotda mazkur talab ba’zan bajarilmay qoladi. Amalga oshirilgan bitimlar turli holatlar va ma’lumotlarni hisobga olgan holda har doim ham vaqt va sonli ko’rinishda ifodalab bo’lmaydi.
To’lov balansi ikki yoqlama yozuv tamoyili asosida nolga tenglashtiriladi. Bu esa, mamlakatning barcha qarzlari to’lanishi kerakligigini anglatadi. Shuning uchun, joriy operatsiyalar hisobidagi defitsit kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobidagi ijobiy qoldiqqa teng bo’lishi lozim. Agar rezidentlar chet elga mahsulotlar, xizmatlar va aktivlarni sotishdan olingan daromadlarga nisbatan xorijiy mahsulotlar, xizmatlar va aktivlarni sotib olishga ko’proq xarajat qilsalar, ya’ni rasmiy hisob-kitoblar balansi defitsit bilan chiqsa, ushbu taqchillikni (qarzdorlikni) so’ndirish Markaziy bank tomonidan rasmiy xorijiy valyuta zaxiralarini qisqartirish hisobiga amalga oshiriladi (agar Markaziy bank valyuta kursini tartibga solib turish majburiyati bo’lmasa).
To’lov balansida jami xorijdan tushgan valyutalar xorijga jami to’langan (o’tkazilgan) valyutalarga teng bo’lishi zarur. Agar to’lov balansida defitsit yoki profitsit yuzaga kelsa, mamlakat Markaziy banki tomonidan muvofiqlashtirilgan holda to’lab beriladi yoki sotib olinib rasmiy valyuta zaxiraga joylashtiriladi.
3.To’lov balansi va unga davlat aralashuvi, xato va o’tkazib yuborishlar
To’lov balansini yaxlit holda quyidagi tenglama orqali ifodalash mumkin:




Yüklə 29,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin