12-mavzu. Xalqaro moliya munosabatlarida to’lov balansini boshqarish


Mamlakat iqtisodiyotining va xalqaro raqobatning bir tekis rivojlanmasligi



Yüklə 29,83 Kb.
səhifə5/7
tarix20.10.2023
ölçüsü29,83 Kb.
#158163
1   2   3   4   5   6   7
Xalqaro moliya munosabatlarida to’lov balansini boshqarish

Mamlakat iqtisodiyotining va xalqaro raqobatning bir tekis rivojlanmasligi. Ma’lum bir mamlakat to’lov balansining asosiy moddalari jahon iqtisodiyotidagi boshqa mamlakatlar bilan ushbu mamlakatning raqobat qilish kuchlari nisbatani o’zida aks ettiradi;
Iqtisodiyotdagi tsiklik tebranishlar. Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalari natijasi milliy iqtisodiyot holatiga ta’sir ko’rsatganidek, to’lov balansiga xo’jalik yurituvchi sub’ektlar xo’jalik faoliyatida o’sish, pasayish va tebranishlar o’z ta’sirini ko’rsatadi. Masalan, mamlakatda ishlab chiqarish hajmining ortishi elektr-energiya manbalariga, xom-ashyo va asbob uskunaga bo’lgan import talabini ko’payishiga sabab bo’ladi. Milliy iqtisodiyot jahon iqtisodiyotiga nisbatan sekin rivojlansa, ushbu mamlakatdan kapitalni chiqib ketishi sodir bo’ladi. Mamlakatda rivojlanish sur’atlari ortsa, yoki tezlashsa, foyda olish miqdori ham, foiz stavkalar ham oshadi, kapitalni chiqishi esa qisqaradi.
Davlatning chet eldagi xarajatlarining ortishi. Turli siyosiy va iqtisodiy maqsadlarni ko’zlagan hukumatning tashqi xarajatlari milliy iqtisodiyot uchun og’ir yuk hisoblanadi. Uning to’lov balansiga bilvosita ta’siri mamlakatning iqtisodiy o’sish, ishlab chiqarish sur’atlarining o’zgarishi, milliy iqtisodiyotning eksport tarmoqlaridan resurslarni olib qo’yish, epsportni kamayishi va h.k. orqali sodir bo’ladi.
Kapitalni kirishi va chiqib ketishi. Kapitalni chiqishi va kirib kelishi to’lov balansiga ikki tomonlama ta’sir qiladi.Xususan,kapitalni chiqishi uning passivini oshiradi.Bunda, eksport tarmoqlarini modernizatsiyalash uchun foydalanish mumkin bo’lgan mablag’larni o’ziga jalb etadi (ya’ni tortib oladi).Shuningdek, kapital eksporti ma’lum bir davrdan so’ng dividend va foiz, foyda ko’rinishida mamlakatga xorijiy valyutada mablag’larni kirib kelishini ta’minlaydi.
Xorijiy kapitallarni mamlakatga kirib kelishi importyor mamlakat to’lov balansiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki, tarmoqlarga xorijiy kapitalni kiritish natijasida tarmoqlarning iqtisodiy samaradorligi ortsa, undan olingan daromad tashqi qarzlarni so’ndirishga yo’naltiriladi. Aks holda esa, u to’lov balansiga salbiy ta’sir etishi mumkin.
Inflyatsiya. Inflyatsiya mamlakat to’lov balansiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Mamlakat ichida narxlarning ortishi mahalliy tovarlar raqobatbardoshligini kamaytiradi, ularning eksportini qiyinlashtiradi, tovarlar importini kuchaytiradi, chet elga kapitalning chiqib ketishi “qochishi” sodir bo’ladi.

Yüklə 29,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin