12-mavzu. Xalqaro moliya munosabatlarida to’lov balansini boshqarish



Yüklə 29,83 Kb.
səhifə1/7
tarix20.10.2023
ölçüsü29,83 Kb.
#158163
  1   2   3   4   5   6   7
Xalqaro moliya munosabatlarida to’lov balansini boshqarish


12-mavzu. Xalqaro moliya munosabatlarida to’lov balansini boshqarish
1. To’lov balansining iqtisodiy mohiyati va taqdim etish shakllari.
2. To’lov balansining tarkibi hamda ularga xos xususiyatlar.
3. To’lov balansi va unga davlat aralashuvi, xato va o’tkazib yuborishlar.
4 To’lov balansiga ta’sir etuvchi omillar va uni tartibga solishning asosiy usullari.

1.To’lov balansining iqtisodiy mohiyati va taqdim etish shakllari


To’lov balansi - bir mamlakatning boshqa malakatlarga mamluv bir davr moboynida haqiqatda o’tkazgan valyutaviy to’lovlari va tushumlari o’rtasidagi nisbatni, mamlakatning xalqaro pullar harakatini o’zida aks ettiruvchi hujjatdir. Agar to’lov balansida valyutaviy tushumlar to’lovlardan ortib ketsa, to’lov balansi aktiv, aksincha esa passiv hisoblanadi.
Joriy operatsiyalar balansi (xususan, tovarlar eksporti va importi o’rtasidagi nisbatni o’zida aks ettiruvchi savdo balansi, xizmatlarning sof eksportini, investitsiyalardan olingan daromadlarni va bir tomonlama pul o’tkazmalarini o’zida aks ettiruvchi “qo’rinmas” joriy operatsiyalar balansi) va kapital harakati balansi (mamlakatdan kapitalni chiqib ketishi va unga xorijiy kapitalni kirib kelishini o’zida aks ettiradi) to’lov balansining tarkibiy qismlaridan hisoblanadi.
To’lov balansi mamlakatning xalqaro iqtisodiy aloqalar kirishish, xalqaro to’lovga qobillik, jahon savdosiga qatnashish darajasini o’zida namoyon etuvchi muhim ko’rsatkich va vosita hisoblanadi. To’lov balansi tushunchasini dastlab Djeyms Denem- Styuart o’zining “Siyosiy iqtisod tamoyillari to’g’risida tadqiqot (Inquiry into the Principles of Political Economy)” (1767 yil) asarida foydalangan. Styuart to’lov balansini mustaqil tushuncha sifatida chet elda fuqorolarning xarajatlari, xorijga foiz to’lovlari, qarzning asosiy summasi va qarz bo’yicha to’lovlar, valyuta ko’rinishidagi qarzlarni boshqa mamlakatlarga taqdim etishdan tashkil topadi deb ko’rsatgan. Shunday qilib, dastlabki to’lov balansi faqat haqiqatda amalga oshirilgan xalqaro valyutaviy to’lovlarni o’zida aks ettirgan, biroq barcha intellektual, moliyaviy va moddiy aktivlar bilan bog’liq tashqi iqtisodiy operatsiyalar (rezidentlar va norezidentlar o’rtasidagi operatsiyalar)ni to’liq namoyon etmagan. Biroq hozirgi kundagi to’lov balansini tuzish
tartibi, mantiqiy va kontseptual asoslariga avvalgi to’lov balansi tayanch, negiz sifatida olingan.
Iqtisodiy bilimlar tarixida merkantilistlar davridan boshlab tashqi iqtisodiy operatsiyalar takomillashib bordi. Mamlakatga olin va xorijiy valyutalarning kirib kelishi aktiv kredit operatsiyalari deb qaralgan. Shuning uchun, to’lov balansining kredit qismida mamlakatning iqtisodiy boyligi (aktivlari), qimmatliklarning chiqib ketishi, uning o’rnini to’ldiruvchi valyutalarning mamlakatga kirib kelishi bilan bog’liq operatsiyalar “+” ishorasi bilan yozilgan. Debet qismida esa mamlakatning xorijiy aktivlarni sotib olishi o’rniga valyutalarni xarajati yozilgan bo’lib, unga “-” ishorasi qo’yilgan.
To’lov balansini tuzishda buxgaltegiyada qo’llaniladigan ikki yoqlama yozuv tamoyilidan foydalaniladi. Har bir xalqaro operatsiya debet va kredit ko’rinishida to’lov balansida aks etadi. Bunda, debetning jami qiymati balansning kredit qismini jami qiymatiga teng bo’lishi lozim. Tovarlar va xizmatlar eksporti, xorijdan kapitalni kirib kelishi xorijiy valyutani mamlakatga kirishini bildirgan holda, to’lov balansida “+” (plyus) ishorasi bilan ko’rsatiladi va balansining kredit summasi shakllantiriladi. Balansning debet qismi tovarlar va xizmatlar importi, xorijiy valyutada kapitalning chetga chiqib ketishi natijasida yuzaga keladi va u “-” (minus) ishorasi bilan ko’rsatiladi. To’lov balansida iqtisoditsy operatsiyalar bozor narxida ko’rsatiladi, ya’ni iqtisodiy boyliklar o’zaro almashtirilishidagi haqiqatdagi bahosi bo’yicha aks ettiriladi.
To’lov balansini taqdim etish shakllari va uning qoldig’i. To’lov balansini taqdim etish “neytral” va “tahliliy” ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Neytral shaklda taqdim etilgan to’lov balansi tovarlar, xizmatlar va joriy o’tkazmalar joriy operatsiyalarda to’planadi. Kapital o’tkazmalar, to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar, portfel investitsiyalar, moliyaviy hosila vositalar, boshqa investitsiyalar va zaxira aktivlari kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobida jamlanadi. Ushbu bo’limlar tengligini ta’minlash maqsadida “Sof xatolar va o’tkazib yuborishlar” moddasi qo’shiladi va umumiy natija nolga tenglashtiriladi.
Shu bilan bir qatorda, XVF to’lov balansini tuzishning muqobil shakli bo’lgan “tahliliy” shaklda to’lov balansini taqdim etishni ham mamlakatlarga tavsiya etadi. Bunda, tezkor ma’lumotlar umumlashtiriladi, qayta tasniflanadi, guruhlanadi. Bunda, mustaqil ravishda rezidentlar va norezidentlar tomonidan o’zaro amalga oshirilgan joriy va kapital harakati bilan bog’liq tashqi iqtisodiy operatsiyalar mamlakat xalqaro iqtisodiy munosabatlariga tenglashtirilgan holda, to’lov balansi aktiv yoki passiv bo’lishiga sabab bo’ladi. Barcha qolgan operatsiyalar, xususan davlatlar tomonidan amalga oshirilgan saldoni moliyalashtirish yoki undan foydalanish bilan bog’liq balanslashtiruvchi operatsiyalar to’lov balansini tartibga tartibga solish operatsiyalari etib belgilangan.
To’lov balansi qoldig’i mavjud bo’lmaydi, chunki to’lov balansining moddalarini (neytral taqdimotda) qoldig’i nolga tenglashtiriladi. Biroq, “sof eksport” qiymati mamlakat YaIMga kiritilgan bois joriy operatsiyalar qoldig’i to’lov balansi qoldig’i sifatida qayd etiladi. Joriy operatsiyalar hisobi qoldig’ini baholab, to’lov balansi defitsit (passiv) yoki profitsit (aktiv) deb aytish mumkin.

2.To’lov balansining tarkibi hamda ularga xos xususiyatlar


To’lov balansi tarkibi. To’lov balansini tuzishning turlicha uslubiyati mavjud bo’lib, hozirgi kunda Xalqaro valyuta fondi (XVF) taklif etgan metodika (uslubiyat)dan, ya’ni to’lov balansini moddalarining tasnifidan mamlakatlar amaliyotida keng ko’llaniladi. Mazkur uslubiyatda ob’ektiv reallik ko’proq ko’rinadi, xususan to’lov balansi ikkita yirik bo’limga ajratilgan. Bu, bitimlarning hisobini yuritishning ikki tomonlama xususiyatidan, ya’ni savdo va moliyaviy jihatidan kelib chiqan holda yaratilgan. Xususan, tovarlar va xizmatlar eksporti norezidentlar oldida rezidentlarning talablarini oshiradi (to’lov balansida “+” ishorasi bilan aks ettiriladi), bu esa, o’z navbatida norezidentlar oldidagi moliyaviy majburiyatlarning kamayishiga olib keladi (“-” ishorasi bilan belgilanadi). Har ikkita hisob-kitob yozuvlarining yig’indisi nolga teng bo’lishi lozim. Tovarlar va xizmatlar eksporti natijasida mamlakatda valyuta zaxiralari to’planib boradi va ular import operatsiyalari to’loviga xizmat qilishi mumkin.
Agar mamlakatda import operatsiyalari to’lovi uchun etarlicha valyuta zaxiralari mavjud bo’lmasa, u xorijdan qarz mablag’larini jalb etishi mumkin. Bu kabi qarz mablag’larini davlatlar o’zlarining tovarlar va xizmatlar eksportini doimiy oshirib borish orqali qoplashi mumkin. Bunday holatda, bitimning savdo qismi (tovarlar va xizmatlarning mamlakatga kirib kelishi) bo’yicha chet elliklar oldida so’ndirishni talab qiluvchi (“-” ishorasi bilan belgilanadigan) mamlakat qarzdorligining paydo bo’lishiga olib keladi. Mamlakatga norezidentlarning kreditlarini jalb etish esa mamlakatning chet elliklar oldida moliyaviy majburiyatlarini ortishiga sabab bo’ladi va “+” ishorasi bilan aks ettiriladi.
Mazkur holatni yanada yaqqolroq tasavvur etish uchun, haqiqatda mamlakatga kirib kelgan va chiqib ketgan valyutaviy tushum va to’lovlar nisbatini olish mumkin.
Mamlakatning to’lov balansi snoat korxonalari balansiga o’xshab emas, balki bank balansiga o’xshash xolda tuziladi. Masalan, O’zbekistondagi korxona 100 ming AQSh dollarlik mahsulotni eksport qilib, to’lovni uch oy davomida olishga sotib oluvchi bilan kelishgan. O’zbekiston to’lov balansida dastlab mazkur summa tovarlar eksporti sifatida balansining kredit qismida yoziladi va bu xorijdan to’lovni talab qilish huquqini beradi. So’ngra ushbu summa qisqa muddatli kapital sifatida to’lov balansinig debet qismida aks ettiriladi va u O’zbekistondan qisqa muddatli kapitalning chiqib ketishini anglatadi. Ya’ni O’zbekistonlik eksportyor xorijiy importyorga 3 oylik kredit bergan deb hisoblanadi. Bunda O’zbekistonning xorijdagi aktivlari ortadi va to’lov balansining kapital qismi debetlanadi. Mazkur operatsiyani quyidagi shaklda yozish mumkin:



Yüklə 29,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin