Qaytarmaslik sharti bilan boshqa mamlakatlarga taqdim etiladigan iqtisodiy boyliklar (mahsulotlar, xizmatlar va moliyaviy aktivlar) to’lov balansi moddalarida ikki yoqlama yozuv tamoyili asosida qanday aks ettiriladi degan tabiiy savol paydo bo’ladi. Bu kabi operatsiyalar uchun to’lov balansida alohida “Bir tomonlama o’tkazmalar” moddasi mavjud. Masalan O’zbekiston boshqa mamlakatdan ijtimoiy yordam sifatida 10 mln.AQSh dollari miqdoridagi mahsulotlarni oldi. O’zbekiston to’lov balansida bu operatsiya quyidagi ko’rinishda aks ettiriladi:
Tashqi iqtisodiy operatsiyalar
|
Kredit (+)
|
Debet (-)
|
Ijtimoiy yordam (import), mln. AQSh dollarida
|
-
|
10
|
Bir tomonlama o’tkazmalar,mln AQSh dollarida
|
10
|
-
|
Shunday qilib, to’lov balansining kredit qismida mahalliy aktivlar (mahsulotlar, moddiy va moliyaviy boyliklar)ning chetga chiqib ketishi (kamayishi), aksincha esa, ya’ni xorijiy mamlakat aktivlari (mahsulotlar, moddiy va moliyaviy boyliklar)ning mamlakatga kirib kelishini (ortishini) ko’rsatadi. Passiv (majburiyatlar)ga nisbatan esa mazkur qonuniyat teskari amal qiladi. Masalan. O’zbekiston AQShdan 10 mlrd. AQSh dollari miqdorida mablag’ni qarzga oldi, O’zbekiston bu erda nafaqat aktivga ega bo’lmoqda, balki passiv (AQSh oldida majburiyat)ga ega bo’lmoqda. Bunda to’lov balansida aktivning hisobi debet, passivning hisobi esa kredit bo’ladi. Bu O’zbekiston to’lov balansida quyidagicha aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: |