47.O’rtа аsrlаrdа Turkistоndа tаbiаtshunоchslik ilmlаri fаlsаfаsi. (IX-XII аsrlаr).
M.Хоrаzmiy, А.Fаrg’оniy, tоmоnidаn tаbiiy-ilmiy bilimlаrning tаrаqqiy ettirilishi.Fаrоbiyning fаlsаfiy qаrаshlаri.А.R.Bеruniyning tаbiiy-ilmiy, fаlsаfiy qаrаshlаri.
Dunyoviy ilmlar sohasida Muhammad al-Xorazmiy (783—850) va Ahmad al-Farg‘oniy (taxm. 797—865) butun musulmon Sharqi va jahonda tabiiy va aniq fanlar rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan buyuk allomalardir. Muhammad al-Xorazmiy arab xalifaligining poytaxti Bag‘dodda «Donishmandlik maskani» («Bayt ul-hikma») ga rahbarlik qilgan. Uning «Astronomiya jadvali», «Hind hisobi to‘g‘risida risola», «Quyosh soati to‘g‘risida risola», «Musiqa haqida risola», «Tiklash va qarshi qo‘yish hisobiga oid muxtasar kitob» kabi asarlarida algebra sohasiga asos solindi.
Abu Nasr Forobiy (873— 950) — musulmon Sharqida Arastudan keyin «ikkinchi ustoz» unvoniga muyassar bolgan yirik mutafakkir va alloma. Uning qalamiga 160 dan ziyod asar mansub bolib, ular asosan qadimgi yunon olimlari asarlaridagi tabiiy-ilmiy va falsafiy muammolar sharhlash hamda bu sohalarning dolzarb masalalarini tahlil qilishga baglshlangan. Mutafakkir olamni ikki kolinishda: «Vu- judi vojib» (Olloh) va «Vujudi mumkin» (barcha moddiy va ruhiy narsalar) misolida talqin qiladi, barcha narsalar «vujudi vojib» tufayli yashash huquqiga ega boladi. Ular o‘zaro bir-biri bilan sa- babiy tarzda boglanadi.Sababsiz oqibat bolmaganidek, oqibatsiz sabab ham bolmaydi, deydi Forobiy.
Abu Rayhon Beruniy (973—1048) deyarli barcha fan sohalarida ijod etgan buyuk qomusiy alloma va mashhur mutafakkirdir. U yaratgan 152 ta asardan 28 tasi bizgacha yetib kelgan.Uning tabiatni o‘rganishdagi xizmati kattadir. Alloma jismlarning o‘zaro tortishuvi, Quyosh va Oyning tutilishi, zarra, inersiya va sun’iy tanlanish, rivojlanish anomaliyasi, Yer qa’rida ro‘y beradigan geotektonik siljishlar, Yer qiyofasining tadrijiy tarzda o‘zgarib turishi, xilma-xil olamlar to‘g‘risida ilmiy bashoratlarni ilgari surgan. Uning falsafiy qarashlari tabiiy-ilmiy qarashlari ta’sirida shakllandi. U modda va zamon, qonuniyat, zaruriyat va tasodifi- yat, harakat va rivojlanish, ziddiyat, sabab va oqibat kabi falsafiy muammolarga katta e’tibor bergan.Tabiatshunoslikning rivojlanishi, ayniqsa, neyrofiziologiya, biologiya, eksprimental psixologiya sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar so‘ngi yillarda bizning ong tabiati haqidagi tasavvurlarimizni sezilarli darajada kengaytirdi. Shunga qaramay, sun'iy intellekt yaratish borasidagi ishlar, ―fikrlovchi mashinalar‖ning paydo bo‘lishi va ―axborot portlashi‖ va kompyuter inqilobining boshqa natijalari, xususan shaxmat o‘yinida jahon chempionlarini yutishga qodir superkompyuterlarning yaratilishi inson ongining mohiyati va imkoniyatlari haqidagi masala yangidan qo‘yilishiga sabab bo‘ldi. Xullas, ong muammosini echishga nisbatan har xil, ba'zan bir-birini istisno etuvchi nuqtai nazarlar va falsafiy yondashuvlar sonini aslo kamaytirgani yo‘q.
Dostları ilə paylaş: |