12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. Оng, mа’nаviyat vа ruhiyat. 4bilan 8ga qara


Insоn bilishining mоhiyati. Bilishning оb’еkti vа sub’еkti



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə50/96
tarix31.12.2021
ölçüsü0,82 Mb.
#49535
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   96
12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. О (1)

50.Insоn bilishining mоhiyati. Bilishning оb’еkti vа sub’еkti.

Bilish va uning shakllari. Bilishning mohiyati, shakllanish varivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini o‘rganish falsafa tarixida muhim o‘rin egallab kelmoqda. Inson o‘z bilimi tufayli borliq, tabiat, jamiyatni va nihoyat, o‘z-o‘zini o‘zgartiradi. Bilishga qaratilgan inson faoliyatini va uni amalga oshirishning eng samarali usullarini tadqiq etish falsafa tarixida muhim ahamiyatga ega.

Shu bois ham falsafaning bilish masalalari va muammolari bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi — «Gnoseologiya» vujudga keldi va u qadimgi lotincha «gnozis» — bilish va «logos» — fan, ilm ma’nolarini anglatadi.

Inson bilishi nihoyatda ko‘p qirrali, murakkab va ziddiyatli jarayondir. Gnoseologiya asosan, bilishning falsafiy muammolarini hal etish bilan shug‘ullanadi. Har bir tarixiy davr jamiyatning rivojlanish ehtiyojlaridan kelib chiqib, gnoseologiya oldiga yangi vazifalar qo‘yadi. Xususan, XVII asr o‘rtalarida yevropalik faylasuflar ilmiy bilishning ahamiyati, haqiqiy ilmiy bilishlar hosil qilishning usullarini o‘rganish, ilmiy haqiqat mezonini aniqlash bilan shug‘ullandilar. Tajribaga asoslangan bilimgina haqiqiy bilimdir, degan g‘oyani olg‘a surdilar.

XVIII asr mutafakkirlari ilmiy bilishda inson aqli imkoniyatlariga, ratsional bilishning hissiy bilishga nisbatan ustunligiga alohida urg‘u berdilar. Buyuk nemis faylasufi I. Kant bilish natijalarining haqiqiyligi xususida emas, balki insonning bilish qobiliyatlari haqida bahs yuritdi. Gnoseologiya oldida inson olamni bila oladimi, degan masala keskin qo‘yildi. Insonning bilish imkoniyatlariga shubha bilan qaraydigan faylasuflar agnostiklar deb ataldi.

Bilish nima? Bilish insonning tabiat, jamiyat va o‘zi to‘g‘risida bilimlar hosil qilishga qaratilgan aqliy, ma’naviy faoliyat turidir. Inson o‘zini qurshab turgan atrof-muhit to‘g‘risida bilim va tasavvurga ega bo‘lmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana olmaydi. Bilishning mahsuli, natijasi ilm bo‘lib, har qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro‘y beradi. Shuningdek, bilish insongagina xos bo‘lgan ma’naviy ehti

Bilishning ikki shakli: kundalik (empirik) bilish va nazariy (ilmiy) bilish bir-biridan farqlanadi.

Kundalik bilish usullari nihoyatda xilma-xil va o‘ziga xos bolib, bunday bilimlarni sistemalashtirish va umumlashgan holda keyingi avlodlarga berish ancha mushkuldir. Hozirgi zamon g‘arb sotsiologiyasida xalqlarning kundalik bilim hosil qilish usullarini o‘rganuvchi maxsus soha — etnometodologiya fani vujudga keldi. Gnoseologiya asosan nazariy bilish va uning rivojlanish xususiyatlarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Nazariy bilishning obyekti, subyekti va predmetini bir-biridan farqlash muhim.

Bilish obyekti. Tadqiqotchi-olim, faylasuf, san’atkor vaboshqalarning, umuman insonning bilimlar hosil qilish uchun ilmiy faoliyati qaratilgan narsa, hodisa, jarayon, munosabatlar bilish obyektlari hisoblanadi. Bilish obyektlari moddiy, ma’naviy, konkret, mavhum, tabiiy va ijtimoiy bolishi mumkin. Bilish obyektlari eng kichik zarralardan tortib ulkan galaktikagacha bolgan borliqni qamrab oladi. Bilish obyektlariga asoslanib, bilim sohalari tabiiy, ijtimoiy-gumanitar va texnik fanlarga ajratiladi.

Bilish subyekti. Bilish bilan shug‘ullanuvchi kishilar va butun insoniyat bilish subyekti hisoblanadi. Ayrim jlingan tadqiqotchiolimlar, ilmiy jamoalar, ilmiy tadqiqot institutlari ham alohida bilish subyektlaridir. Ilmiy faoliyat tabiat va jamiyat mohiyatinibilishgagina emas, balki insonning o‘ziga ham qaratilishi mumkin. Inson va butun insoniyat ayni bir vaqtda ham bilish obyekti, ham bilish subyekti sifatida namoyon bo‘ladi.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin