124
Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Demak,
shaxs bilan jamiyat o’rtasida ham uzviy aloqa mavjud.
SHunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit, inson
o’rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro’y beradi, inson ularga faol ta’sir etadi va shu
yo’l bilan hayoti va o’z tabiatini o’zgartiradi.
SHaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri ham muhim. Bu tarbiya tizimi orqali amalga
oshiriladi.
Birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat
va texnik faoliyat bilan bog’liq ko’nikma va malakalar hosil bo’ladi.
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug’ma kamchiliklar ham o’zgartirilib, shaxs kamolga
yetadi.
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo’qotish mumkin.
To’rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Demak Prezident
I.A.Karmimovning quyidagi so’zlarini keltirishni joiz bilamiz «Yurtimizning ertangi
kuni, taraqqiyoti uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir bo’lgan yetuk
mutaxassis yoshlarimiz».SHunday ekan, yoshlarni tarbiyalab rivojlantirish bir-biriga
ta’sir etadigan bu tarbiya tamoyilidir.
Bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o’ringa ega bo’lib, tarbiya tufayli
nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga qodir,
degan xulosani chiqarish mumkin. Shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga
yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa shaxsni yaratadi. Bu esa o’z navbatida inson faolligini
namoyon etadi. SHaxs ma’lum ijtimoiy tuzum mahsulidir.
SHaxs rivojlanishining yosh va individual xususiyatlari. Bolalarning tarbiyasiga
to’g’ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o’qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi
davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Zero, bola
organizmining o’sishi, rivojlanishi hamda psixik taraqqiy etishi turli yosh davrlarida
turlicha kechadi. Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, Konstantin, Ushinskiy va
Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o’tganlar.
125
Bolaning o’ziga xos xususiyatini hisobga olish juda qiyin. CHunki bir xil yoshdagi
bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, ko’rish va eshitish
qobiliyati, faolligi, anglash tezligi, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap
yoki kamgapligi, serg’ayrat yoki g’ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, tartibsiz
ishlashi, yig’inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati
tizimining ta’siri bo’lib, o’qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zar
Ta’lim-tarbiya yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda tashkil etiladi. Bu bola
rivojlanishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. SHaxs, shuningdek, individual, shaxsiy, o’ziga xos
xususiyatlarga ham ega bo’ladi.
Shaxs deganda muayyan jamiyatning a’zosi tushuniladi. Odam shaxs bo‘lishi uchun
ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o‘z xususiyati va sifatlari bilanboshqalardan farq qilishi
lozim. Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo‘ladi. U o‘zining xarakteri
qiziqishi va qobiliyati aqliy rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji, mehnat faoliyatiga
munosabati bilan farqlanadi. Bular shaxsni o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, ana shu ruhiy
xususiyatlari rivojlanib ma’lum bir bosqichga yetsagina u mukammal kamol topgan inson
deyiladi. Shaxsning ijtimoiy voqe’likka, mehnatga, kishilarga, jamiyatga bo‘lgan
munosabati turlicha,uning faollik darajasi va odob-axloq borasida yetukligi ham turlicha.
Insonning shaxs sifatida rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta’siri kuchli
bo‘ladimi? Yoki tabiiy omillar etakchi o‘rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta’siri yuqoridir?
Ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat qanday? Fanda biologik yo‘nalish deb nomlangan
nuqtai nazar etakchi o‘rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-
biologik omillarni yuqori qo‘yadi. Ular tug‘ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning
hayotdagi o‘rnini belgilab bergan, deydilar.XVI asr falsafasida vujudga kelgan
preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishida naslning roliga katta baho
berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi.
Tarbiya – inson kamolotiga ta'sir etuvchi tashqi va eng muhim omil hisoblanadi.
“Tarbiya” arabcha so'z bo'lib, o'stirdi, rahbarlik qildi, isloh qildi degan ma'nolarni
bildiradi. Islom ulamolaridan Rog'ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta'rif qiladi:
“Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga o'tkaza borib, batamom nuqtasiga
126
yetkazishdir. Tarbiyaning ma'nolaridan biri, insonning diniy, fikriy va axloqiy
quvvatlarini uyg'unlik va muvozanat ila o'stirishdir”.
Tarbiyani insonga yetkazishda ota-onaning o'rni beqiyosligini Rasululloh (sollallohu
alayhi va sallam) ta'kidlaydilar. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi:
“Nabiy (sollallohu alayhi va sallam): “Har bir tug'ilgan bola faqat fitrat (sof tabiat) bilan
tug'iladi. Bas, ota-onasi uni yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi...”. Bu hadisi
sharifdan irsiyat, ya'ni biologik omil insonni shakllanishida asosiy o'rin tutadi degan
fikrni ilgari suruvchi G'arb faylasuf va oqimlarining fikrlari asossiz ekanini va tarbiyaning
muhimligini bilib olamiz.
O'rta Osiyolik mutafakkirlardan Forobiy va Abu Ali ibn Sino inson tarbiyasiga ta'sir
etadigan omillar ahamiyatiga e'tibor berganlar.
Forobiy inson kamolotida ta'lim-tarbiyaning muhimligini ta'kidlab: Munosib inson
bo'lish uchun insonda ikki xil imkoniyat: ta'lim va tarbiya olish imkoniyati bor. Ta'lim
olish orqali nazariy kamolotga erishiladi, tarbiya esa kishilar bilan muloqotda axloqiy
qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yo'ldir...” deydi. Abu Ali
ibn Sino oila tarbiyasida ota-onaning o'rniga alohida to'xtalib: “Bola tug'ilgach, avvalo,
ota unga yaxshi nom qo'yishi, so'ng uni yaxshilab tarbiya qilishi kerak... Agar oilada
tarbiyaning yaxshi usullaridan foydalanilsa, oila baxtli bo'ladi” degan fikrni ilgari suradi.
Bolaning shakllanishida irsiyat (nasl)ning ahamiyati
Bola shaxsining rivojlanishida naslning ta'siri deganda ota-onadan bolaga meros
bo'lib o'tadigan jismoniy xususiyatlari (tananing tuzilishi, sochining, ko'zining, terining
rangi, bo'y-basti) shuningdek, tananing vertikal holdagi harakati, tafakkur va nutq
rivojlanishi, mehnat qilish qobiliyati, tug'ma holatda o'tadigan qobiliyatlar va xususiyatlar
tushuniladi. Islom dinida naslga alohida e'tibor qaratiladi. Chunki nasl pokiza va ota-ona
ma'rifatli, axloqli bo'lsa, bu xususiyatlar tug'ma holatda bolaga o'tadi va kelajakda komil
insonga aylanadi. Agar ota-ona ma'rifatdan yiroq va axloqsiz bo'lsa, ulardan tug'iladigan
farzand jamiyatga zarar keltirishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat –
yengilmas kuch” nomli asarida: “Bu yorug’ olamda har – bir odam o’zining mehribon ota
127
– onasiga, ustoz va muallimlariga nisbatan hamisha minnaddorlik tuyg’usi bilan
yashaydi. Inson o’z umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasi, qayerda,
qanday lavozimda ishlamasin, maktab dargohida olgan ta’lim tarbiyasi uning yetuk shaxs
va malakali mutahasis bo’lib shakillanishida ulkan ahamiyatga ega ekani shubhasiz”.
Lekin ota-onadan tug'ma holatda o'tadigan qobiliyat va xususiyatlar o'z holicha
rivojlana olmaydi, go'yo u “mudroq” holda bo'lib, uning uyg'onishi – rivojlanishi uchun
qulay muhit va muttasil tarbiya kerak.
Bolaning shakllanishida muhitning ahamiyati
Bola kamolotiga ta'sir etadigan omillardan biri tashqi muhit hisoblanadi. Muhit
deganda kishiga tabiiy ta'sir etadigan tashqi voqealar majmui tushuniladi. Bunga tabiiy
muhit, oila muhiti va ijtimoiy muhit kiradi.
Tabiiy (geografik) muhit – insonning hayot tarziga, xarakteri va mehnat faoliyatiga
ta'sir etadi.
Masalan, shimolda istiqomat qilayotgan inson, janubda yashayotgan insondan nafaqat
jismoniy ko'rinishi, shu bilan birga ruhiyati, dunyoqarashi va xususiyatlari bilan ham
ajralib turadi.
Oila muhiti – insonning shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Chunki bola ko'z
ochib ota-onasini, qarindosh-urug'ini ko'radi. Uning jismoniy va ruhiy rivojlanish davri
oila ta'sirida shakllanadi. Agar oilada islomiy muhit mavjud bo'lsa, bolaning axloqi go'zal
va fazilatli bo'lib ulg'ayadi.
Ijtimoiy muhit – ishlab chiqarish munosabatlari va ularni tartibga solib turadigan
ijtimoiy qonun-qoidalar insonga alohida ta'sir ko'rsatadi. Ijtimoiy aloqa, ya'ni insonlararo
o'zaro munosabatlar natijasida odam bolasi hayotga va mehnatga tayyorlanadi, kerakli
tajriba va bilimlarni egallaydi..Jamiyatda ma'naviy muhit yaxshi, adolat ustuvor bo'lsa,
inson faoliyatiga ijobiy ta'sir qilishi va aksincha bo'lsa, salbiy ta'sir ko'rsatadi.
“Fozil inson o’z davlatining barcha qonun qoidalarini yaxshi biladi unga amal qiladi,
fikrlaydi, o’z kasbining ustasi, lozim bo’lganda Vatani uchun jon fido qiladi.” Abu Nasr
Forobiy “Fozil odamlar shahri”.
|