122 barkamol shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar va ularni bartaraf etish uchun olib boriladigan ishlar



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix24.10.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#160258
1   2   3
barkamol-shaxs-rivojlanishiga-ta-sir-etuvchi-omillar-va-ularni-bartaraf-etish-uchun-olib-boriladigan-ishlar

124 
Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Demak, 
shaxs bilan jamiyat o’rtasida ham uzviy aloqa mavjud. 
SHunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit, inson 
o’rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro’y beradi, inson ularga faol ta’sir etadi va shu 
yo’l bilan hayoti va o’z tabiatini o’zgartiradi. 
SHaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri ham muhim. Bu tarbiya tizimi orqali amalga 
oshiriladi. 
Birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat 
va texnik faoliyat bilan bog’liq ko’nikma va malakalar hosil bo’ladi. 
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug’ma kamchiliklar ham o’zgartirilib, shaxs kamolga 
yetadi. 
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo’qotish mumkin. 
To’rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Demak Prezident 
I.A.Karmimovning quyidagi so’zlarini keltirishni joiz bilamiz «Yurtimizning ertangi 
kuni, taraqqiyoti uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir bo’lgan yetuk 
mutaxassis yoshlarimiz».SHunday ekan, yoshlarni tarbiyalab rivojlantirish bir-biriga 
ta’sir etadigan bu tarbiya tamoyilidir. 
Bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o’ringa ega bo’lib, tarbiya tufayli 
nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, 
degan xulosani chiqarish mumkin. Shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga 
yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa shaxsni yaratadi. Bu esa o’z navbatida inson faolligini 
namoyon etadi. SHaxs ma’lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. 
SHaxs rivojlanishining yosh va individual xususiyatlari. Bolalarning tarbiyasiga 
to’g’ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o’qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi 
davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Zero, bola 
organizmining o’sishi, rivojlanishi hamda psixik taraqqiy etishi turli yosh davrlarida 
turlicha kechadi. Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, Konstantin, Ushinskiy va 
Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o’tganlar. 


125 
Bolaning o’ziga xos xususiyatini hisobga olish juda qiyin. CHunki bir xil yoshdagi 
bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, ko’rish va eshitish 
qobiliyati, faolligi, anglash tezligi, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap 
yoki kamgapligi, serg’ayrat yoki g’ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, tartibsiz 
ishlashi, yig’inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati 
tizimining ta’siri bo’lib, o’qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zar 
Ta’lim-tarbiya yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda tashkil etiladi. Bu bola 
rivojlanishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. SHaxs, shuningdek, individual, shaxsiy, o’ziga xos 
xususiyatlarga ham ega bo’ladi. 
Shaxs deganda muayyan jamiyatning a’zosi tushuniladi. Odam shaxs bo‘lishi uchun 
ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o‘z xususiyati va sifatlari bilanboshqalardan farq qilishi 
lozim. Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo‘ladi. U o‘zining xarakteri 
qiziqishi va qobiliyati aqliy rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji, mehnat faoliyatiga 
munosabati bilan farqlanadi. Bular shaxsni o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, ana shu ruhiy 
xususiyatlari rivojlanib ma’lum bir bosqichga yetsagina u mukammal kamol topgan inson 
deyiladi. Shaxsning ijtimoiy voqe’likka, mehnatga, kishilarga, jamiyatga bo‘lgan 
munosabati turlicha,uning faollik darajasi va odob-axloq borasida yetukligi ham turlicha. 
Insonning shaxs sifatida rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta’siri kuchli 
bo‘ladimi? Yoki tabiiy omillar etakchi o‘rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta’siri yuqoridir? 
Ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat qanday? Fanda biologik yo‘nalish deb nomlangan 
nuqtai nazar etakchi o‘rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-
biologik omillarni yuqori qo‘yadi. Ular tug‘ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning 
hayotdagi o‘rnini belgilab bergan, deydilar.XVI asr falsafasida vujudga kelgan 
preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishida naslning roliga katta baho 
berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi. 
Tarbiya – inson kamolotiga ta'sir etuvchi tashqi va eng muhim omil hisoblanadi. 
“Tarbiya” arabcha so'z bo'lib, o'stirdi, rahbarlik qildi, isloh qildi degan ma'nolarni 
bildiradi. Islom ulamolaridan Rog'ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta'rif qiladi: 
“Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga o'tkaza borib, batamom nuqtasiga 


126 
yetkazishdir. Tarbiyaning ma'nolaridan biri, insonning diniy, fikriy va axloqiy 
quvvatlarini uyg'unlik va muvozanat ila o'stirishdir”. 
Tarbiyani insonga yetkazishda ota-onaning o'rni beqiyosligini Rasululloh (sollallohu 
alayhi va sallam) ta'kidlaydilar. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: 
“Nabiy (sollallohu alayhi va sallam): “Har bir tug'ilgan bola faqat fitrat (sof tabiat) bilan 
tug'iladi. Bas, ota-onasi uni yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi...”. Bu hadisi 
sharifdan irsiyat, ya'ni biologik omil insonni shakllanishida asosiy o'rin tutadi degan 
fikrni ilgari suruvchi G'arb faylasuf va oqimlarining fikrlari asossiz ekanini va tarbiyaning 
muhimligini bilib olamiz. 
O'rta Osiyolik mutafakkirlardan Forobiy va Abu Ali ibn Sino inson tarbiyasiga ta'sir 
etadigan omillar ahamiyatiga e'tibor berganlar. 
Forobiy inson kamolotida ta'lim-tarbiyaning muhimligini ta'kidlab: Munosib inson 
bo'lish uchun insonda ikki xil imkoniyat: ta'lim va tarbiya olish imkoniyati bor. Ta'lim 
olish orqali nazariy kamolotga erishiladi, tarbiya esa kishilar bilan muloqotda axloqiy 
qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yo'ldir...” deydi. Abu Ali 
ibn Sino oila tarbiyasida ota-onaning o'rniga alohida to'xtalib: “Bola tug'ilgach, avvalo, 
ota unga yaxshi nom qo'yishi, so'ng uni yaxshilab tarbiya qilishi kerak... Agar oilada 
tarbiyaning yaxshi usullaridan foydalanilsa, oila baxtli bo'ladi” degan fikrni ilgari suradi. 
Bolaning shakllanishida irsiyat (nasl)ning ahamiyati 
Bola shaxsining rivojlanishida naslning ta'siri deganda ota-onadan bolaga meros 
bo'lib o'tadigan jismoniy xususiyatlari (tananing tuzilishi, sochining, ko'zining, terining 
rangi, bo'y-basti) shuningdek, tananing vertikal holdagi harakati, tafakkur va nutq 
rivojlanishi, mehnat qilish qobiliyati, tug'ma holatda o'tadigan qobiliyatlar va xususiyatlar 
tushuniladi. Islom dinida naslga alohida e'tibor qaratiladi. Chunki nasl pokiza va ota-ona 
ma'rifatli, axloqli bo'lsa, bu xususiyatlar tug'ma holatda bolaga o'tadi va kelajakda komil 
insonga aylanadi. Agar ota-ona ma'rifatdan yiroq va axloqsiz bo'lsa, ulardan tug'iladigan 
farzand jamiyatga zarar keltirishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – 
yengilmas kuch” nomli asarida: “Bu yorug’ olamda har – bir odam o’zining mehribon ota 


127 
– onasiga, ustoz va muallimlariga nisbatan hamisha minnaddorlik tuyg’usi bilan 
yashaydi. Inson o’z umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasi, qayerda, 
qanday lavozimda ishlamasin, maktab dargohida olgan ta’lim tarbiyasi uning yetuk shaxs 
va malakali mutahasis bo’lib shakillanishida ulkan ahamiyatga ega ekani shubhasiz”. 
Lekin ota-onadan tug'ma holatda o'tadigan qobiliyat va xususiyatlar o'z holicha 
rivojlana olmaydi, go'yo u “mudroq” holda bo'lib, uning uyg'onishi – rivojlanishi uchun 
qulay muhit va muttasil tarbiya kerak. 
Bolaning shakllanishida muhitning ahamiyati 
Bola kamolotiga ta'sir etadigan omillardan biri tashqi muhit hisoblanadi. Muhit 
deganda kishiga tabiiy ta'sir etadigan tashqi voqealar majmui tushuniladi. Bunga tabiiy 
muhit, oila muhiti va ijtimoiy muhit kiradi. 
Tabiiy (geografik) muhit – insonning hayot tarziga, xarakteri va mehnat faoliyatiga 
ta'sir etadi. 
Masalan, shimolda istiqomat qilayotgan inson, janubda yashayotgan insondan nafaqat 
jismoniy ko'rinishi, shu bilan birga ruhiyati, dunyoqarashi va xususiyatlari bilan ham 
ajralib turadi. 
Oila muhiti – insonning shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Chunki bola ko'z 
ochib ota-onasini, qarindosh-urug'ini ko'radi. Uning jismoniy va ruhiy rivojlanish davri 
oila ta'sirida shakllanadi. Agar oilada islomiy muhit mavjud bo'lsa, bolaning axloqi go'zal 
va fazilatli bo'lib ulg'ayadi. 
Ijtimoiy muhit – ishlab chiqarish munosabatlari va ularni tartibga solib turadigan 
ijtimoiy qonun-qoidalar insonga alohida ta'sir ko'rsatadi. Ijtimoiy aloqa, ya'ni insonlararo 
o'zaro munosabatlar natijasida odam bolasi hayotga va mehnatga tayyorlanadi, kerakli 
tajriba va bilimlarni egallaydi..Jamiyatda ma'naviy muhit yaxshi, adolat ustuvor bo'lsa, 
inson faoliyatiga ijobiy ta'sir qilishi va aksincha bo'lsa, salbiy ta'sir ko'rsatadi.
“Fozil inson o’z davlatining barcha qonun qoidalarini yaxshi biladi unga amal qiladi, 
fikrlaydi, o’z kasbining ustasi, lozim bo’lganda Vatani uchun jon fido qiladi.” Abu Nasr 
Forobiy “Fozil odamlar shahri”. 



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin