YOrug‘lik oqimi Gaz razryadli chiroqlari uchun yorug‘lik oqimi, chiroqda nominal quvvatni tarqalishi bilan aniqlanadi, LCH ning to‘la yorug‘lik oqimi teng:
bu erda: - tashqariga chiqqan, birlamchi lyumenissensiyaning yorug‘lik oqimi.
- chiroq ichiga yo‘nalgan va bir necha bor qaytarilishi natijasida tashqariga chiqqan lyumenissensiyaning yorug‘lik oqimi.
- simobli razryadning kurinarli chiziklarining yorug‘lik oqimi.
Bu uchta kattalikning hammasi, lyuminofor qatlamining qaytarish va singdirish koeffitsientlariga bog‘liq (ya’ni uning qalinligiga) Kvantlaring katta energiyasi (-185 nm) ta’sirida, lyuminoforning sekin-asta emirilishi natijasida, lyuminessent chiroqlarning yorug‘lik oqimi, uning xizmat vaqti davrida o‘zgaradi.
GOST ga binoan, o‘rtacha yorug‘lik oqim, bu davrning oxirida, nominal qiymatning 60% dan kam bo‘lmasligi kerak.
YOrug‘lik parametriga ravshanlik ham kiradi Trubkani diametri bo‘yicha ravshanlik bir tekis emas, shuning uchun uning o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan yo‘nalishdagi ravshanlikning diametr bo‘yicha o‘rtachasini aniqlanadi. Trubka oxirlarida ravshanlikning kamayishi kuzatiladi.
Foydalanish (ishlatish) parametrlari YOrug‘lik uzatish darajash. Jadvalga asosan, (ma’lumotnomalar keltirilgan) lyuminessent chiroqlarning uzatish darajasi, chug‘lanma chiroqlarnikiga qaraganda ancha yuqori.
O‘rtacha yonish davri (muddati). Lyuminessent chiroqlarlar uchun bu kattalik -10000 soatni tashkil qiladi, bu o‘rtacha yonish davridan ancha katta.
Har bir chiroqning yonish muddati 4000 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. LCH ning yonish davriga, foydalanish sharoiti ancha ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, tarmoqdagi kuchlanishning, chiroq tez-tez ulanishi, atrof-muhit haroratining LCH ning yonish davrini ancha qisqartiradi.
YOrug‘lik va elektrik parametrlarning, manba tarmog‘ikuchlanshiiga va tashqi muhit sharoitiga bog‘liqligi Ulanishning har qanday sxemalarida lyuminessent chiroqlar parametrlari chug‘lanma chiroqlarga qaraganda, manba tarmog‘ining kuchlanishiga ancha kam bog‘liq. Lekin shunga qaramasdan, tarmoq kuchlanishning tebranishi, lyuminessent chiroqlarning ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Kuchlanish past bo‘lsa, chiroq yonmaydi, ya’ni katoddan oksid kuchli sochilishi natijasida yonish kechikadi.
Kuchlanish oshganda, chiroqdagi simob bug‘larining bosimi, oshadi, energiyani o‘zgarish samarasi kamayadi, hamda yonish davri ham kamayadi.
Lyuminessent chiroqlarning ishlashi uchun optimal harorat 20-25°S bo‘lishi kerak. Haroratning pasayishi yoki oshishi, chiroqning issiqlik bo‘ladi muvozanatini buzadi va uning samaradorligining kamaytiradi. Masalan 0°S ga yaqin bo‘lgan kichik haroratda, odatdagi sxemlarda ishlovchi lampalarning yonishi qiyinlashadi.
Nazorat savollari: 1. Lyuminessent chirog‘i qanday elektrik parametri bilan ifodalanadi?
2. Lyuminessent chirog‘ining yorug‘lik parametrlarini sanab o‘ting?
3. Lyuminessent chirog‘ining ulanish sxemasini tushuntiring?
4. Stater nima uchun kerak?
5. Kondensatorlar nima maqsadda o‘rnatilgan?