«13» 07 2022 Amaliyot joyi va korxona ichki tartib qoidalari bilan tanishish. Korxonada texnik vositalar bilan ishlashda gigienik normalar va xavfsizlik talablari



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/13
tarix15.09.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#143915
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
3-kurs Amaliyot HISOBOT

«11-13» 08 2022 
Kompyuter qurilmalari ishlashini yanada yaxshilash maqsadida tarmoq 
tizimi qayta tashkil qilindi. Interner tarmog‘ining imkoniyatlari mavzusida 
tushuntirish o‘tkazildi. Switch, hab va tarmoq kabellaridan ish jarayonlarida 
foydalanildi. 
Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini 
ta’lim jarayoniga kirib kelishi an’anaviy o’qitish usullariga qo’shimcha ravishda 
yangi o’qitish shakli- masofaviy o’qitish yaratilishiga omil bo’ldi. Masofaviy 
ta’limda talaba va o’qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan holda o’zaro maxsus 
yaratilgan o’quv kurslari, nazorat shakllari, elektron aloqa va Internetning 
boshqa 
texnologiyalari 
yordamida doimiy muloqotda bo’ladilar. Internet 
texnologiyasini qo’llashga asoslangan masofaviy o’qitish jahon axborot ta’lim 
tarmog’iga kirish imkonini beradi, integratsiya va o’zaro aloqa tamoyiliga ega 
bo’lgan muhim bir turkum yangi funksiyalarni bajaradi. Masofaviy o’qitish 
barcha ta’lim olish istagi bo’lganlarga o’z malakasini uzluksiz oshirish imkonini 
yaratadi. Bunday o’qitish jarayonida talaba interaktiv rejimda mustaqil 
o’quv-uslubiy materiallarni o’zlashtiradi, nazoratdan o’tadi, o’qituvchi bevosita 
rahbarligida nazorat ishlarini bajaradi. 
Hozirgi kunda masofadan turib o’qish ancha rivojlanib bormoqda. 
Chunki, masofaviy ta’limning turli afzalliklari bor. Shuning uchun ham 
“Matematika o’qitish metodikasi” balki, boshqa fanlarni ham o’qitishda talabalarga 
qulayliklari mavjud. 
Hub – bu bir kirish va bir qancha chiqishga ega bo‘lgan tarmoq qurilmasidir. 
Signal uzatish tezligi 10/100/1000 Mbit/s bo‘ladi. Agar tarmoqni OSI modeli 
bo‘yicha yetti pag‘onaga bo‘ladigan bo‘lsak, xab birinchi pag‘onaga to‘g‘ri keladi. 
Switch – bir qancha segmentni birlashtiruvchi tarmoq kommutatoridir. 
Kommutator OSI modelining 2 – pag‘onasiga mos keladi. Tarmoq administratori tili 
bilan Switch – bu kommutator, Bridge(most) deb ham ataladi. Signal uzatish tezligi 
10/100/1000 Mbit/s bo‘ladi. Shu bilan birga kommutatorlarni bir – biri bilan 
bog‘lash uchun alohida 2/10 Gbit/s tezlikdagi portlar xam mavjud bo‘lib, to‘liq 
dupleks rejimda ishlaydi. U ma’lumotni nusxasini barcha portlarga yubormaydi. 
Aksincha paketda qabul qiluvchining adresi bo‘yicha signalni jo‘natadi. 
Kommutator tarmoqdagi kompyuterlarning MAS adresini o‘zining xotirasidagi 
jadvalda bir qancha muddatga saqlab qoladi. Bu esa paketlarni uzatilish tezligi, 
ishonchliligi va xavfsizligini oshiradi. Kommutator bufer xotirasida qabul qilgan 
signalni saqlab turadi. Kommutatorlar boshqariluvchi va boshqarilmaydigan 
turlarga bo‘linadi.



Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin