ishlab chiqarish tarkibiga kirib, u jarayonni nazorat etish va kerak bo‗lganda ishlab chiqarish
parametrlarini tuzatish uchun mo‗ljallangan jarayondir. Bosqichma-bosqich korxona ichidagi
nazorat ishlab chiqarish reglamentiga texnologik jarayonlarning mosligini tekshirish va
parametrlardan chetlanishlarni o‗z vaqtida aniqlashni amalga oshiradi.
Tanlab nazoratni o‗tkazishda quyidagi vasifalar amalga oshiriladi:
•me'yoriy hujjat talablariga uskunalar tavsifi va nazorat-o‗lchov apparatlarining mos kelishi;
•texnologik jarayonlarning rioya etilishi va oraliq mahsulotlarning sifati;
•texnik hujjat talablariga xom ashyo va yordamchi mahsulotlarning mos kelishi;
•ish joylarida me'yoriy hujjatlarning mavjudligi va ularning xolati;
•ish joylari va sexlarning sanitar xolatlari.
Mazkur nazorat bevosita ishlab chiqarish sexlarida sex xodimlari, kerak bo’lsa sex yoki uchastka
Boshlig’i ishtirokida olib boriladi.
Nazoratlarning yana bir turi bu xodimlar nazoratidir. Bunda ularning belgilangan talab asosida
ishlab chiqarishdagi o’z kasbiga mosligi, gigienasi, texnologik kiymini kiya olish va undan
foydalana olishi kabi tomonlari nazorat etiladi.
Xodimlarning kvalifikasiyasiga qo’yilgan talablar korxonalarda ishlab chiqilgan kasbiy
Yo’riqnomalarda, gigienik talablar esa korxonadagi ichki farmoyishlarda belgilangan bo’ladi va ular
xodimlarga yetkaziladi.
Dostları ilə paylaş: |