Ikkinchi bosqichda nazorat yoki analitik tahlil texnologik jarayonning barcha bosqichlarida,
shuningdek tozalash va ajratib olish kabi jarayonlarda olib boriladi. Ushbu bosqichda yarim tayyor
mahsulot hosil bo‗ladi. Ushbu holatlarda sellektiv fizika-kimyoviy usullardan foydalanish
maqsadga muvofiqdir: xromatografiyaning barcha turlari, spektrofotometriya, polyarografiya,
potensiometrik titrlash va b. Mazkur nazoratning maqsadi keyinchalik ishlab chiqarishda tuzatish
mumkin bo‗lgan o‗lchamlarni aniqlashdir.
Nazoratning eng yuqori 3-darajasida tayyor mahsulotning sifati va sonini, shuningdek xom
ashyo va energiyaning sarf-harajatini ham aniqlash imkonini berishi lozim. Tahlillar MH (FM,
VFM, KFM) asosida olib boriladi va bunda usulning selektivligi hamda aniqligi ahamiyatga ega
bo‗ladi.
Ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida analitik nazoratni olib borish sifatni nazorat qilish
bo‗limi yoki texnik nazorat bo‗limi (SNQB) zimmasiga yuklatiladi. SNQB yuqori malakali
xodimlar, zamonaviy asbob-uskunalar to‗plami, reaktivlar, MH da keltirilgan analitik usullar va
bosqichli nazoratni o‗tkazish yo‗riqnomalari bilan ta'minlangan bo‗lishi kerak.
SNQB xodimlari tasdiqlangan yo‗riqnomalar aosida xom ashyo, yordamchi va qadoqlovchi
mahsulotlar, yarim tayyor va tayyor mahsulotlardan namuna oladilar va MH muvofiqligi bo‗yicha
kirish nazoratini olib boradilar.
SNQB tarkibi ishlab chiqarish xajmi va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Uning tarkibiga ko‗pincha nazorat tahlil (kontrol'no-analiticheskaya), biologik, toksikologik va
boshqa laboratoriyalar kiradi. SNQB korxona direktoriga bo‗ysunmaydigan erkin faoliyat
yurituvchi bo‗lim hisoblanadi (sifatni ta'minlash bo‗yicha Direktor). Bo‗lim korxona direktori
buyrug‗i asosida tuziladi va tarqatib yuboriladi. SNQB boshlig‗i korxona direktori buyrug‗i asosida
tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. SNQB bo‗limi boshlig‗i sifatida boshqaruv bo‗limida 3
yil faoliyat yuritgan, oliy ma'lumotli farmasevt, ximik-texnolog, biotexnolog va tibbiyot xodimlarini
tayinlash mumkin. SNQB boshlig‗i o‗z o‗rinbosariga ega va uning faoliyati SNQB boshlig‗i
tomonidan belgilab beriladi. O‗rinbosar va boshqa lavozimlarga xodimlar SNQB boshlig‗i
tavsiyasi va direktor buyrug‗i asosida ishga qabul qilinadi va lavozimidan ozod qilinadi. Bo‗lim o‗z
faoliyatida korxonaga va sifatni nazorat qilishga oid qonunlar, uslubiy qo‗llanmalar, bo‗yruqlar va
ishlab chiqarishdagi sifatni nazorat qilishga oid hujjatlar bilan ishlaydi.
3.2. Sifatni nazorat qilish bo‗limi faoliyatining tamoillari
Farmasevtika ishlab chiqarish korxonalarida yaxshi laboratoriya amaliyoti sifatni ta'minlash
tizimining eng asosiy bo‗limlaridan biri bo‗lib hisoblanadi, u GMP talablari asosida tashkil etilgan
va faoliyat ko‗rsatishi kerak. Korxonada sifatni ta'minlash tizimi faol ishlashi uchun sifatni nazorat
qilish bo‗limi (SNQB) va sifat nazorati laboratoriyasi tashkil etilgan bo‗lishi kerak. Sifatni nazorat
qilishga qo‗yilgan talablar sifat menejmenti tizimining bo‗linmas qismi bo‗lib hisoblanadi.
Korxonada sifatni nazorat qilish uchun tegishli tuzilish, shtat va hujjatlar mavjud bo‗lishi
kerak, chunonchi:
• instruksiyalar va ishlarni to‗g‗ri bajarish uchun SOJ (SOP)
• xizmat vazifasi bilan bog‗liq bo‗lgan instruksiyalar
• hujjatlar aylanishining tartib qoidalari
• uslubiy ta'minot.
Dostları ilə paylaş: |