Nanovirus avlodi. Tipik turi Subterranean clover stunt (SCSV) “virus karlikovosti podzemnogo klevera” (erosti bedani pakanalashishi virusi). Virionlari sferasimon, qobiqsiz, diametri 20 nm.
Viruslar o‘sishni to‘xatadi, o‘simliklarni pakanalashishiga olib keladi. Asosan shiralar yordamida tarqaladi. Bu avlodga banan tepa qismini shoxlanishi virusi kiradi va kokos barglarini chirishi virusi taxminan kiritiladi.
RNK tutuvchi viruslar Ikki zanjirli (iz)RNK-tutuvchi viruslar 3. Reoviridae oilasi Fijivirus avlodi (Tipik turi – Fidji kasalligi virusi).
Phytoreovirus(tipik turi – jaroxatli o‘sma virusi).
Oryzavirus (tipik virusi – (virus loxmatoy karlikovosti risa) (sholini chigallashgan, taralmagan (to‘zg‘igan) karlik virusi).
Reoviruslarga bu viruslardan tashqari qator hayvon viruslari kiradi.
Virionlari ikosaedrik formada bo‘lib diametri 60-80 nm, ichki “yadrosi” birqancha oqsil qavatlar bilan o‘ralgan. Tarqalishi sikadkalar (delfatsidami) va sikadkalar bilan persistent o‘tadi (latent davri hasharot tanasida ikki haftacha), ba’zi xollarda transovarial tarqaladi).
4.Partitiviridae oilasi Alhacriptovirus avlodi. (tipik turi– «kripticheskiy virus belogo klevera 1») (tipga xos tur –«oq bedaning kriptik virusi 1»). kryptos – skrty, o‘zbek tilida yashiringan so‘zga to‘g‘ri keladi. Demak, «oq bedani yashiringan virusi 1» yoki rus tilida «maskirovanny virus belogo klevera» deb atasa bo‘lsa kerak.
Betacriptovirus avlodi. (tipichny vid - kripticheskiy virus belogo klevera 2)( tipga xos tur – “oq bedaning kriptik -yashiringan virusi 2”).
O‘simlik viruslar oilasini bu avlodlariga yana Partitivirus va Chrysovirus avlodlariningzamburug‘ viruslari kiradi.
Virionlari ikosaedr tipida, qobiqsiz, diametri 30-40 nm. Samarali immunogen hisoblanadi. Diffuziya testlarida bitta pretsipitatsiya chizig‘ini hosil qiladi. Oiladagi fitoviruslar va zamburug‘ viruslari orasida serologik yaqinlik kuzatilmagan.
Viruslar o‘simlikda latent holatida bo‘ladi. Tarqatuvchilari noma’lum. O‘simlik kriptoviruslari embrionga tuxum hujayra va changlari orqali hujayralarni bo‘linishida tarqaladi (gulni) beriladi (o‘tadi) degan taxmin qilinadi. Asosiy virusni tarqalishi urug‘ orqali amalga oshadi.